|
O’lchov transformatorlarini yig’ish va sozlash
|
bet | 101/104 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #113156 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-hozir.orgO’lchov transformatorlarini yig’ish va sozlash
| | | |
|
O’lchov transformatorlarini yig’ish va sozlash.
O’lchash transformatorlarini o’rnatishdan oldin montaj oldi tartibidan o’tkaziladi; ularni pasport qiymatlarini loyixadagi bilan solishtirish; farfor izolyatorlarini yaroqligini tekshirish; havo xaydash qurilmalarini berkitgichlarini olib tanlash; moyni darajasini va uni oqib kelayotganligini tekshirish; elektr mustaxkamlikka moyni tekshirish; yuqori va past kuchlanish chulg’amlarini izolyatsiyasini qarshiligini bir-biriga va korpusga nisbatan o’lchash; chulg’amlarni sozligini va transformatsiyalash koeffitsienti tekshirish; tok transformatorlarini qutblilikka tekshirish va ikkilamchi chulg’am chiqishlarni markalashga to’g’ri kelishligini tekshirish.
Moy to’ldirilgan o’lchov transformatorining chiquvchi qismini bakdan ko’rish uchun ajratib olish, agarda uning ichki detallarida shikastlanganligiga ko’rsatilgan bo’lsa; Ajratib olish jarayoni quruq, toza xonada bo’lishi va uni moysiz 12 soatdan ortiq turmasliliga erishish.
| | |
O’lchov kuchlanish transformator
|
Transformatorlarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
|
|
Transformatorlarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
Tok transformatorlarini ikkilamchi chulg’amlariga ulangan zanjirlarni (simlarni) uzish qatoiyan mann qilinadi.
Agar bu zanjirni uzish zaruriyati tug’ilgan taqdirda, avval uzish kerak bo’lgan yerdan oldinroq joyga (tok transformatori tarafga qarab) tok tarnsformatori tomonini maxsus ulagich bilan qisqa tutashtirib qo’yilishi shart. Maxsus ulagich bilan qisqa tutashtirishni bajarayotganda dastasi izolyatsiyalangan asbobdan foydalanish zarur.
Tok transformatorlarida yoki uning ikkilamchi chulg’amlariga ulangan zanjirlarda ish bajarilganda quyidagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish talab qilinadi:
tok transformatorlarini ikkilamchi chulg’ami, unga ulanishi kerak bo’lgan zanjirlardagi montaj ishlari tamom bo’lgunga qadar, qisqa tutashtirib qo’yilishi shart. Montaj qilingan zanjirlari tok transformatorlarini ikkilamchi chulg’amiga ulangandan keyin qisqa tutashtirgich yaqinroqdagi qisqichlar yig’imiga ko’chirilishi va u faqat xama montaj ishlari batamom bitirilib, montaj qilingan zanjirlarni to’g’ri ulanganligini tekshirib chiqilgandan keyingina olib tashlanishi zarur;
tok transformatorlrini ikkilamchi chulg’amiga o’lchov asboblari ulangandan keyingina, uni birlamchi chulg’amga qutblarni tekshirish uchun impul’s beriladi.Tok transformatorlarini birlamchi chulg’amini montaj va kavsharlash ishlarini bajarish uchun tok o’tkazuvchi sifatida qo’llash qatoiyyan mann etiladi.
|
|
| |