• Simlarni oval’ ulagich (gilg’za)da ustma–ust qo’yib presslash yo’li bilan ulash eng oddiy usul hisoblanadi, bu usul kesimlari 16–50 mm 2
  • Kuchlanishi 1 kV gacha bo’lgan havo liniyalarini montaj qilishda ishlatiladigan simlarning tavsiflari




    Download 0,62 Mb.
    bet43/104
    Sana07.12.2023
    Hajmi0,62 Mb.
    #113156
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-hozir.org

    Kuchlanishi 1 kV gacha bo’lgan havo liniyalarini montaj qilishda ishlatiladigan simlarning tavsiflari
    Eslatma.1. Simlarning markalaridagi belgilar: A–alyuminiy, AS–po’lat–alyuminiy, PSO–bir simli po’lat, PS–oddiy po’lat, ko’p simli po’lat; PMS–ko’p simli, mis qoplangan po’lat.

    2. Jadvalda kuchlanishi 1 kV gacha bo’lgan havo liniyalarida eng ko’p ishlatiladigan simlarning tavsiflari keltirilgan.


    Ovalsimon ulagich (gilg’za)da ulash usuli ko’p simli alyuminiy simlarni ulashda qo’llaniladi. Ulash uchun simlarni ularning kesimlariga qarab tanlangan ulagich (gilg’za)ga kiritiladi va ularning bir–birining qarshisiga, simlarning uchlari ulagich (gilg’za)ning qarshi tomonidagi (chiqish) teshigidan chiqadigan qilib itariladi, so’ngra ulagich (gilg’za) presslanadi, simlarning bo’sh uchlari esa sirtmoqda uchma–uch payvandlanadi. Simlarni ikkita ulagich (gilg’za)da birga presslab ulash usuli asosan, kesimlari 70 mm2 va undan katta bo’lgan ko’p simli alyuminiy simlarni montaj qilishda qo’llaniladi. Ulagich (gilg’za)lar presslash mexanizmlarida presslanadi.
    Simlarni oldindan uchma–uch payvandlab oval’ ulagich (gilg’za)larda ulab, keyin ulagich (gilg’za) va simlarni quymasi bilan birga presslash yo’li bilan ulash usuli ko’pincha III va IV darajali muz qoplash rayonlarida joylashgan va liniya simlariga katta shamol kuchlari tahsir qilish mumkin bo’lgan, tayanchlarning oraliqlari katta bo’lganda, ularning o’rtasida havo liniyalarining ko’p simli simlarini montaj qilishda qo’llaniladi.
    Simlarni oval’ ulagich (gilg’za)da ustma–ust qo’yib presslash yo’li bilan ulash eng oddiy usul hisoblanadi, bu usul kesimlari 16–50 mm2 li ko’p simli simlarni montaj qilishda qo’llaniladi. Ulagichlar bir xil metaldan ishlangan bo’lishi kerak: mis ulagichlar (SOM)–mis simlar uchun; alyuminiy ulagichlar (SOA)–alyuminiy simlar uchun; po’lat ulagichlar (SOS)–po’lat simlar uchun.
    Ochiq ko’p tomirli simlarni boltli qismlar yordamida ham tutashtirish mumkin. Boltli qismlar bilan simlarni faqat tayanchlarda va simlarda mexanik yuklama tahsir etmaslik sharti bilan ulashga yo’l qo’yiladi.

    Download 0,62 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104




    Download 0,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kuchlanishi 1 kV gacha bo’lgan havo liniyalarini montaj qilishda ishlatiladigan simlarning tavsiflari

    Download 0,62 Mb.