O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi




Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/38
Sana09.09.2022
Hajmi5 Mb.
#25722
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Bog'liq
arxitektura-tarixi kutubxonachi.uz.pdf
psixologiya va sport psixologiyasi, Benzin, Omaddiyor Umarov Ilmiy Tadqiqot Metodologiyasi, Savollar-10mavzu
SALB-GUMBAZLI IBODATXONALAR 
Vizantiya arxitekturasi rivojlanishining o‘rta va so‘nggi davrlarida qurilish ko‘lami 
pasayadi va mahobatli bino hamda inshootlar qurilishi to‘xtaydi. Vizantiya davlatining turli 
qismlarida mahalliy arxitekturaviy uslublar ishlatiladi. Ammo ibodatxonalar qurilishi 
uchun yagona salb-gumbazli struktura keng tarqaladi. 
Bunday ibodatxonalarning plan tuzilishi salb shaklida bo‘lib, gumbaz salbning 
markaziga o‘rnatilgan. Gumbaz baland doira ustiga va yelkanli ravoqlar yordamida to‘rt 
alohida turgan ustunlarga tayanadi. Bunday ibodatxona tarh tuzilishida uchta nefdan 
(xonadan) tashkil topgan va asosiy gumbaz sharq tomonidan yarim aylana apsidaga ega. 
Asosiy gumbazdan tashqari, ba‘zan yon neflar ustiga ham gumbazlar qo‘yilib, uch yoki 
besh gumbazli ibodatxonalar qurilgan. 
Shunday ibodatxonalardan eng birinchisi IX asr o‘rtalarida Konstantinopolda 
qurilgan, hozirda u joyda Qalandarjome‘ masjidi joylashgan. Salb-gumbazli 
ibodatxonalardan eng ulkani — bu IX asrda Venetsiya shahrida qurilgan San-Магко 
ibodatxonasidir. Bu ibodatxona 
yecrumida
5 salb-gumbaz tizimi birlashtirilgan va bu bino 
ustida 5 ta gumbaz qurilgan. 
Fesalonika shahrida qurilgan Apostol ibodatxonasi (XIII - XIV asrlar) ham 5 
gumbazga ega va kompozitsion jihatdan asosiy gumbaz boshqalariga nisbatan balandroq 
qilib joylashtirilgan. 
Salb-gumbazli ibodatxonalar qurilishi Kavkazorti davlatlari va Sharqiy Yevropa - 
slavyan xalqlari arxitekturasida VI asrdan boshlab keng tarqaladi. 
 


32 
KAVKAZORTI VA QADIMGI RUS ARXITEKTURASI 
Kavkazorti davlatlari — Armaniston va Gurjistonda IV asrdan boshlab feodal 
munosabatlari shakllangan va bu davlatlar Vizantiya imperiyasiga siyosiy jihatdan tobe 
bo‘lgan. 
Armaniston va Gurjiston arxitekturasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu 
xususiyatlar Vizantiya arxitekturasiga ham o‘z ta‘sirini ko‘rsatgan. Armanistonda 
«Glxatun» va Gurjistonda «Darbozi» deb nomlangan xalq turarjoy imoratlari markaziy 
gumbazli turda qurilib, yog‘och yopilmasiga ega bo‘lgan. 
Ibodatxonalar odatda tabiiy toshdan qurilib, ustki yopilmasi sakkiz qirrali doira va 
uning ustiga gumbaz shaklida qurilgan. Ravoq va gumbazlar konstruksiyalari V - VI 
asrlardan boshlab keng qo‘llanilgan. 
IX – XI asrlardan salb-gumbazli ibodatxonalar qurilishi bilan yelkanli ravoqlardan 
ham keng foydalanilgan. 
XI asrdan boshlab Armaniston va Gurjiston arxitekturasida gumbazosti 
konstruksiyasi sifatida o‘zaro kesishuvchi ravoqlar qo‘llanilgan. Kvadrat shaklidagi planda 
4 o‘zaro kesishuvchi ravoq, aylana shaklidagi planda 6 o‘zaro kesishuvchi ravoqdan 
foydalanilgan. 
Gurjistonning Msxeti shahridagi Djvari ibodatxonasi markaziy kompozitsiya asosida 
590—604-yillarda qurilgan. Tepalikda joylashgan ibodatxona o‘zining ko‘p qirrali 
gumbazi bilan ajralib turadi. 
Armanistonning Echmiadzin shahridagi Ripsime ibodatxonasi ham markaziy 
kompozitsiya asosida 618-yili qurilib tugallangan. Tekislikda joylashgan bu ibodatxona 
o‘zining mahobatli peshtoqi va baland 8 qirrali gumbazi bilan ajralib turadi. 
Gurjistonning Sromi shahridagi ibodatxona 626-634-yillarda qurilib, salb-gumbazli 
kompozitsiyaga ega. Bu ibodatxona markaziy qismi 8 qirrali piramida shaklli gumbaz 
bilan, yon qismlari esa kichik o‘zaro kesishuvchi gumbazlar bilan yopilgan. 
Armaniston hududida IX - XI asrlarda Bagratiylar davlati shakllanadi va Ani shahri 
poytaxt qilib olinadi. Ani shahrida 989 -1001-yillarda qurilgan ibodatxona gumbazli 
bazilika turida qurilgan. 


33 
Jamoa binolari qurilishi monastir komplekslari shakllanishi bilan bog‘liq holda 
rivojlanadi. Monastir komplekslari maktab, kutubxona, mehmonxona va boshqa 
imoratlardan tashkil topgan. Masalan, XI -XIII asrlarda qurilgan Sanati monastiri va Axpat 
monastiri ibodatxonasi o‘zaro kesishuvchi ravoqlar asosida qurilgan gumbazi bilan ajralib 
turadi. ХI asrda shoh David boshchiligida Gurjistonda mustaqil feodal davlatiga asos 
solindi. Shu davrda eng katta ibodatxonalar va boshqa jamoat binolari qurilishi amalga 
oshirildi. Masalan, Kutaisi shahrida 1003-yilda qurilgan Bagrat ibodatxonasi, Mileti 
shahrida 1010-1029-yillarda qurilgan Sveti ibodatxonasi, Kutaisi yaqinidagi Gelati 
monastiri (1106— 1125-y. da qurilgan) va boshqalar. Ayniqsa, Msxetidagi Sveti 
ibodatxonasi badiiy jihatlari bilan ajralib turadi. 
Gurjiston va Armaniston arxitekturasida ibodatxonalar asosan toshdan qurilgan. 
Ibodatxonalar gumbazlari ichki tomondan yarim sfera shaklida bo‘lib, sakkiz qirrali doira 
ustiga o‘rnatilgan. Devorlar va gumbazlar asosan yo‘nib ishlov berilgan toshlar — tufdan 
qurilgan. 
Gurjiston va Armaniston arxitekturasida binolar zilzilabardoshligiga katta e‘tibor 
berilgan. Binolar hajm-fazoviy yechimlari kompakt shaklga ega bo‘lib, binolar yuqori 
qismlari yengil konstruksiyalarda bajarilgan. Devorlar oralig‘i zilzilabardosh kamarlar 
bilan kuchaytirilgan. 
Kompozitsion jihatdan Gurjiston va Armaniston arxitekturasida bino va inshootlar 
badiiy ifodalanish vositalarining tabiiyligi va konstruktiv qismlarning haqqoniy 
ko‘rsatilishi bilan ajralib turadi. 
Yuqorida ta‘kidlanganidek, ibodatxonalar markaziy kompozitsiya asosida qurilgan. 
Bu kompozitsiya asosida ibodatxonaning markaziy qismida gumbaz o‘rnatilgan va 
salb shaklida to‘rt ustun qurilgan. Bino tashqi ko‘rinishida gumbaz asosiy badiiy 
ifodalanish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Binolarning mutanosib shakllari konstruktiv 
jihatdan haqqoniy ifodalangan yirik toshlar bilan uyg‘unlashgan. 
Gurjiston va Armaniston arxitekturasida salb-gumbazli kompozitsion tuzilishga ega 
ibodatxonalarning ikki turi keng tarqaladi. Birinchi turdagi binolarda gumbaz kvadrat 
shaklli asosga o‘rnatiladi. Ikkinchi turdagi binolarda gumbaz alohida turgan ustunlarga 


34 
o‘rnatiladi. Gurjistondagi Samsevrisi ibodatxonasi va Armanistondagi Kamravor 
ibodatxonasi birinchi turdagi binolarga taalluqli. 
Gurjistonning Sromi shahrida 626 - 634-yillarda qurilgan ibodatxona ikkinchi turdagi 
binolarga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu ibodatxona tashqi ko‘rinishida bino salb shaklidagi 
tuzilishi va gumbazosti fazo yaqqol ifodalangan. Badiiy va konstruktiv elementlar 
uyg‘unlashtirilishi ustalik bilan bajarilgan bu bino tashqi tabiiy muhit bilan ham 
uyg‘unlashgan. 
XII asr boshlarida David boshchiligida yagona Gurjiston davlati tashkil topadi va 
arxitekturaning rivojlanishi uchun yaxshi sharoit vujudga keladi. Bu davrda Kutaisi 
shahrida Bagrat cherkovi (1003-y.), Samtavisi shahrida cherkov (1030-y.), Gelati monastiri 
(1106-1125 у.у.) qurilgan. 
IX - XI asrlarda Armaniston hududida Bagratiylar davlati tashkil topadi Bu davrda 
qurilgan imoratlardan Ani shahridagi ibodatxona (989 -1001-y.y.) va Axpat shahridagi 
monastir (1209-y.) alohida ajralib turadi. 

Download 5 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Download 5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi

Download 5 Mb.
Pdf ko'rish