O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti s. Eshtemirov, F. M. Nazarov




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/173
Sana16.05.2024
Hajmi2,67 Mb.
#238775
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   173
Bog'liq
Tarixi 37 bet

 
Struktura va ularni e‟lon qilish 
C++ dasturlash tili tarkibida bir nechta turlarni birlashtirib bitta tur asosida 
ma‘lumotlar bazasini yaratish va ularni qayta ishlash imkoniyati keng yaratilgan. 
Bir nechta turlarni birlashtirish natijasida strukturalar hosil qilib C++ dasturlash tili 
tarkibida tashkilotlarga tegishli bo‗lgan bir nechta masalalarni hal etish imkoniyati 
mavjud.
Ta‘rif: C++ dasturlash tilida bir yoki bir nechta turlarni jamlanmasini 
birlashtirish struktura deb nomlanadi. 
Strukturalarni ba‘zi hollarda yozuvlar ham deb ataladi, strukturalar 
tarkibidagi turlarning har biri maydon deb nomlanadi. 


237 
Ta‘rif: Ob‘yektning bitta xususiyatini uzida saqlaydigan parameter maydon 
deb nomlanadi. 
Talaba haqida ma‘lumotlar strukturasi hosil qilinishda quyidagi maydonlar 
bo‗lishi mumkin: Talabani familyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan vaqti, telefoni, 
manzili va hakoza. Strukturalar maydonlardan tashkil topgan ekan, struktura 
tarkibidagi har bir maydon strukturani bitta parametrini o‗zida saqlaydi. Struktura 
maydoni uchun xotira hajmi, mayon uzunligiga teng bo‗ladi. Struktura maydoni 
qiymatlari ifodalarda ishlatilishi mumkin. C++ dasturlash tilida strukturalarni 
e‘lon qilishda 
struct 
xizmatchi so‗zidan foydalaniladi. Struktura e‘lon qilingandan 
so‗ng dastur tarkibida o‗zgaruvchilarni struktura nomi bilan e‘lon qilinadi.
C++ dasturlash tilida strukturalarni tasvirlashning umumiy ko‗rinishi 
quyidagicha ko‗rinishda bo‗ladi: 
struct  
{
 
_ _ _ _ _ _ _ 
 
}; 
Strukturalarni tasvirlashda struct xizmatchi so‗zidan keyin struktura nomi va 
fegurali qavsda uning maydonlari kiritilishi shart. Structura nomi masala 
mohiyatiga qarab tanlansa, maqsadga muvofiq. Masalan, talabalar haqida 
ma‘lumotlar bazasida struktura nomini talaba yoki supermarket mahsulotlari 
narxlari bazasida esa narx deb nomlash mumkin. Strukturalar tarkibidagi 
maydonlarni e‘lon qilish xuddi oddiy o‗zgaruvchilarni e‘lon qilishdek bajariladi va 
oxiri blok yopilishidan so‗ng, albatta, nuqtali vergul qo‗yilishi shart. 
Strukturalar yartish jarayonini tushunish uchun C++ dasturlash tilida 
talabalar haqida ma‘lumotlar bazasini struktura yordamida quyidagicha hosil 
qilinadi: 
Misol: 
Talabalar(familyasi, ismi, telefoni, reytingi, tug‘ilgan yili) haqida 
ma‘lumotlarga asosan c++ dasturlash tilida struktura hosil qiling.
 

#include  
using namespace std;
struct talaba 

char[20] fam; //familyani saqlovchi maydon 
char[20] ism; //ismni saqlovchi maydon 


238 
char[20] tel; //telefonni saqlovchi maydon 
int reyting; //reyting balini saqlovchi maydon 
int tugy; //tug‘ilgan vaqtini saqlovchi maydon 
}; 
int main()
{
return 0; 
}
Yuqoridagi masalada talaba haqida ma‘lumotlar strukturasini hosil qilishda 
struktura nomiga talaba deb nomlandi va uning maydonlari familyasi(fam), 
ismi(ism), telefoni(tel), reytingi(reyting), tug‘ilgan yili(tugy) ko‘rinishlarida 
tasvirlandi. Maydonlarni e‘lon qilishda dastur tarkibida qanday maqsadlarda 
foydalanishi e‘tiborga olinishi kerak. Agar dastur tarkibida maydonlar ustida hisob 
ishlari olib borilmasa, uning turini char yoki string turi ko‗rinishida e‘lon qilinsa, 
dastur bir muncha yengil ishlaydi. 

Download 2,67 Mb.
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   173




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti s. Eshtemirov, F. M. Nazarov

Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish