• 10-Mavzu:Sochni bo’yashdagi qoidalar Reja
  • Stilist Sanobar QUDRATOVA tavsiyalari asosida
  • Mustaxkamlash uchun savollar
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi toyloq tuman 2-son kasb-hunar maktabi




    Download 5,05 Mb.
    bet42/42
    Sana17.05.2024
    Hajmi5,05 Mb.
    #239366
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
    Bog'liq
    Erkaklar va ayollar sartaroshi to\'plam

    Mashg`ulot yakuni
    Yakuniy bosqicha o`quvchilarga berilgan topshiriqlarni qabul qilib olish va kamchiliklari bo`lgan o`quvchilarga amaliy yordam berish va baholarni e`lon qilish.
    Amaliy qilingan ishlarni kelgusi faoliyatidagi o’rni va ishlatilishi bilan tanishtirish.
    Kelgusi mashg’ulot mavzusi, Uyga vazifa

    O`quvchilarni baxolari bilan tanishtirish.
    Toshiqirni yozib olish.

    10-Mavzu:Sochni bo’yashdagi qoidalar
    Reja:
    1.Sochni bo'yashdagi qoidalar
    2.Sochni oziqlantirish.
    Ruhshunoslar fikricha, ayol kishining soch rangini o`zgartirishi yangilikka intilish ifodasi ekan. Chindan ham, bo`yoq soch tolalarimizni zararlashiga qaramay, u tashqi ko`rinishimizga maftunkorlik baxsh etadi. Bilamizki, sochni uy sharoitida mustaqil bo`yash mumkin. Ammo sartarosh yordamisiz bu borada bir qancha kamchiliklarga yo`l qo`yishimiz ham bor gap. Shu bois bugun sizga Stilist Sanobar QUDRATOVA tavsiyalari asosida sochni to`g`ri bo`yash qoidalarini o`rgatmoqchimiz.
    1. Tayyorgarlikni bir oy avvaldan boshlash lozim. Sochni bo`yagunimizga qadar oziqlantiruvchi niqoblar bilan vitaminlarga to`yintirsangiz u kamroq zarar ko`radi.
    2. Bo`yoqni to`g`ri tanlash darkor. Ko`pchilik bo`yoq qadog`idagi suratga tayanadi. Shu rangga bo`yasam, mening ham sochim xuddi shunday bo`ladi, degan fikrga borish noto`g`ri. Yaxshisi, sochingizning asl rangini hisobga oling. Masalan, tim qora sochlar boshqa rangni o`zlashtira olmaydi. Ularni ochartirish uchun avval tabiiy rangni “yuvish” (“kuydirish”) kerak. Keyin esa bo`yoqda istalgan rangni berish mumkin.
    3. Nam sochni bo`yash oson, ammo samarasiz. Rang yaxshi chiqishi uchun bo`yashdan avval sochni obdon quriting.
    4. Cochni qismlarga bo`lib bo`yasangiz, rang bir xil bo`ladi. Bo`yoqni ildizlardan boshlab surtish kerak.
    5. Bo`yashda sochlar toza emas, kirlangan bo`lishi kerak, degan gapga tayanib, ba`zi go`zallik saloni mutaxassislari bo`yashdan bir necha kun avval sochni shampun bilan yuvmaslikni maslahat berishadi. Ammo bu noto`g`ri! Shunchaki bir-ikki kun avval yuvilgan sochga bo`yoq surtilsa, bosh terisini qoplab olgan yog`lar tufayli soch ildizi kamroq zarar ko`radi.
    6. Sochni bo`yagach, oradan ikki-uch kun o`tmay turib, yuvmaslik kerakligi haqiqat. Nega deganda, rang soch tolalariga singib olishi uchun imkon berish kerak.
    7. Bo`yoqni yuvib tashlashda suvning iliqligiga ahamiyat berish kerak. Issiq suv soch rangini xiralashtiradi, shuningdek, bosh terisini zararlaydi.
    8. Sochni yuvgach, oynaga qaraganingizda rang istaganingizdan to`qroq ko`rinishi tabiiy. Bunga namlik sabab bo`lishi mumkin. Quritib ko`ring. Hamon ko`nglingiz to`lmayotgan bo`lsa, tezda shampun va kondisioner bilan sochni yuving.
    9. Sochingizning yangi rangi yoqmayotgan bo`lsa, darhol boshqa bo`yoq bilan tajriba o`tkazishga tushmang. Aks holda bosh terisiga qattiq zarar etadi. Hech bo`lmasa, ikki hafta sabr qilib, bu vaqt ichida sochingizni oziqlantirish bilan shug`ullaning.
    10. Istalgan rang uzoq saqlanishi uchun doimiy ravishda bo`yalgan sochlarga mo`ljallangan maxsus shampun, balzam va kondisionerlardan foydalangan ma`qul.
    11. Bo`yoqdan yuvilgan sochlarni fen bilan emas, tabiiy quritishga harakat qiling. Fen bo`yoq bergan elastiklik va yaltiroq jiloga putur etkazadi. Shuningdek, bo`yalgan sochlarni doimo fenda quritib yurish ham rangning tez o`zgarishiga olib keladi.
    12. Yangi nomdagi bo`yoqni ishlatishdan avval uni bosh terisining kichik bir qismida qo`llab ko`rib, allergik reaksiyalarga ta`sirchanlikni tekshirish kerak.
    13. Soch rangi to`q bo`lishi uchun bo`yoqni instruksiyada ko`rsatilgan muddatdan uzoq vaqt ushlab turish foydasiz bo`libgina qolmay, bosh terisi uchun koni zarar hamdir.
    14. Sochlaringiz uzun bo`lsa, hech ikkilanmay, bo`yoqdan 2 ta xarid qiling. Uni ko`paytirish uchun shampun yoki boshqa suyuqlik qo`shish mumkin emas.
    15. Bo`yalgan soch parvarishga muhtoj bo`lib qoladi. Sochingiz rangini o`zgartirish barobarida uning mustahkamligi va sog`lomligini saqlab qolish niyatida bo`lsangiz, endi tabiiy mahsulotlardan tez-tez niqob tayyorlab turing. Masalan, tuxum, asal, limon, qatiq, bodom yog`i qo`shib tayyorlangan niqob bo`yalgan soch uchun juda foydalidir. 


    Mustaxkamlash uchun savollar

    1.Sochlarni bo’yashdan oldin qanday vositalardan foydalaniladi


    2.soch bo’yashda ishlatiladigan asbob nomini ayting
    3.Oqargan sochlarni qanday bo’yash mumkin
    Download 5,05 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




    Download 5,05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi toyloq tuman 2-son kasb-hunar maktabi

    Download 5,05 Mb.