Kirish.  Dissertatsiya ishining dolzarbligi va zaruriyati




Download 269,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana19.02.2024
Hajmi269,08 Kb.
#158644
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kirish qismi (1)

Kirish. 
Dissertatsiya ishining dolzarbligi va zaruriyati. Hozirgu kunda 
Jahonda qishloq xo‟jaligidagi suvning sho„rlanish darajalariga birlamchi ishlov 
berish jarayonida ularning dastlabki sho„rlanish darajasini aniqlash jarayonlari 
uchun kam energiya iste‟mol qiluvchi usullar va texnik vositalarni yaratish 
dolzarb hisoblanadi. Suvning sho„rlanish darajasini aniqlashda ularning elektr 
o„tkazuvchanlik jarayonida energiya tejamkor texnologiyalar va texnik 
vositalardan foydalanish hamda joriy etish etakchi o„rinni egalamoqda.Mazkur 
sohada rivojlangan xorijiy davlatlarda jumladan, Amerika Qo„shma SHtatlari, 
Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Braziliya, Rossiya va boshqa 
davlatlarda ma‟lum bir yutuqlarga erishilgan bo„lib, ularda suvning sho„rlanish 
darajasidagi elektr o„tkazuvchanligi borasidagi energiya tejamkor texnologiyalar 
va texnik vositalarni takomillashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. 
Jahonda suvning sho„rlanish darajasini aniqlashning dastlabki qayta 
ishlash jarayonida ularning elektr o„tkazuvchanlik jarayonining maqbul 
texnologik ko„rsatkichlarini tanlash va uskunaning ishrejimlarini asoslash, 
mahsulotning sifatli tayyorlanishini ta‟minlashning samarali metodikalari va 
ilmiy texnikaviy echimlarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini 
olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo„nalishda, jumladan 
sho„rlanish 
darajasini 
yuqori 
aniqlikda 
belgilash 
uchun 
elektr 
o„tkazuvchanligini yuqori chastotali diodlarlar asosida energiya sarfini 
kamaytirish, sho„rlanish darajasini belgilovchi signallarni dinamik kuchlanish 
kuchaytirgichi orqali amalga oshirish, ularni qayta ishlash jarayonining energiya 
samaradorligini oshirish asosiy vazifalardan hisoblanadi. 
Markaziy Osiyo davlatlari ichida O‟zbekiston rivojlanish darajasi alohida 
ko‟rsatkichlarga ega va yaqin kelajakda O‟zbekiston Respublikasi hududida 
iqtisodiyot talablari asosida aholi va ishlab chiqarishning suvga bo‟lgan talab va 
ehtiyojlari keskin oshishi prognoz qilinadi. Demak, zamonaviy talablarga javob 
beradigan suv qabul qilish, tayyorlash va iste‟molchilarga etkazib berish 



texnologiyalari, ularni jamiyat rivojlanishi uchun xizmat qilishi o‟ta muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Bu masala yechimida suv manbalari va ulardan suv olish inshootlari 
asosiy hal qiluvchi manba hisoblanadi. Yor osti manbalaridan suv olish inshooti 
hisoblangan artesian quduqlar va ularni ishlash samaradorligini ta‟minlashda 
yuqori texnologiyalarni joriy qilish maqsadga muofiqligi shak-shubhasizdir. 
Chunki ularda boshlang‟ich kapital qo‟yilmalar mavjud bo‟lib, ularni 
samaradorligi va uzoq muddatli uzluksiz ishlashi aynan shunday tadbirlarga 
bog‟liq. 
O‟zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti 
boyliklari, suv, o‟simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar 
umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat 
muhofazasidadir” deb alohida ta‟kidlangan.
Konstitutsiyaning 54-moddasida “Mulkdor mulkiga o‟z hohishicha egalik 
qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik 
muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning 
huquqlarini hamda qonun bilan qo‟riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart” 
– deb alohida ko‟rsatilgan. 
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti ma‟lum darajada O„zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2015 yil 15 dekabrdagi №PQ-1442 “O„zbekiston Respublikasi 
indust-riyasini rivojlantirishning ustuvor yo„nalishlari to„g„risida”gi Qarori, 
2017 yil 7 fevraldagi №PF-4947“O„zbekiston Respublikasini 2017-2021 
yillarda rivojlan-tirishning beshta ustuvor yo„nalishlari bo„yicha Harakatlar 
Strategiyasini amalga oshirish bo„yicha chora-tadbirlar haqida”gi Farmonida va 
2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son “Qishloq xo„jaligida er va suv resurslaridan 
samarali foydalanish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Farmoni, shuningdek ushbu 
sohada qabul qilingan boshqa me‟yoriy-huquqiy hujjatlarda ko„zda tutilgan 
vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. 

Download 269,08 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 269,08 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish.  Dissertatsiya ishining dolzarbligi va zaruriyati

Download 269,08 Kb.
Pdf ko'rish