• Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi.
  • Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati




    Download 269,08 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/6
    Sana19.02.2024
    Hajmi269,08 Kb.
    #158644
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Kirish qismi (1)

    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot 
    natijalarining ilmiy ahamiyati suvni yumshatishda elektr kontakli ishlov 
    berish, ishlov berilgan suvning sifat darajasini oshirish imkonini beruvchi 
    energiya tejamkor elektrotexnologiya ishlab chiqish, yuqori chastotali diod 
    qurilmalari asosida suvni yumshatish dinamikasi aniqlangan, yuqori 
    chastotali diod qurilmalarida suvni yumshatishning standart talablari 
    darajasida amalga oshirilgan metodikasi yaratilganligi bilan izohlanadi 
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati qishloq aholi punkti 
    ehtiyojlari uchun suvni tozalash bo'yicha taklif etilayotgan texnologik 
    echimlar iste'molchini yuqori sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashda energiya 
    tejamkor texnologiya samaradorligini moliyaviy baholashning natijalari 
    olinganligi bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Respublikamizning chekka 
    viloyatlarida 
    Qoraqalpog‟iston Respublikasining Beruniy, To‟rtko‟l 
    tumanlarida qishloq aholi punkti ehtiyojlari uchun suvni tozalash bo'yicha 
    taklif etilayotgan texnologik echimlar iste'molchini yuqori sifatli ichimlik 


    11 
    suvi bilan ta'minlangan. (“TIQXMMI” MTU bilan qishloq aholi punktida 
    faoliyat yuritayotgan fermer xo‟jaliklari bilan tuzilgan shartnoma).
    Innovatsion rivojlanish vazirligidan olingan № 044 raqamli “Suv va 
    tuproqning sho‟rligini aniqlab beruvchi konduktometrni ishlab chiqish” 
    nomli startap loyiha ilimiy-tadqiqot ishlarini bajarishda foydalanildi.
    (Innovatsion rivojlanish vazirligi ma‟lumotnomasi). Tadqiqotdan olingan 
    natijalar ichimlik suvini yumshatishda temir, marganets, vodorod sulfidi va 
    qattiqlik tuzlari yuqori bo'lgan yer osti manbalaridan kichik aholi punktlarini 
    suv bilan ta'minlash imkonini berdi. 
    Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 8 ta ilmiy-
    amaliy konferensiyalarda, jumladan 2 ta xalqaro, 6 ta respublika ilmiy-amaliy 
    konferensiyalarda muhokamadan o‟tkazilgan.
    Tadqiqot natijalarining e‟lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi 
    bo‟yicha jami 15 ta ilmiy ish, shulardan, O‟zbekiston Respublikasi Oliy 
    attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy natijalarini chop 
    etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, jumladan 5 tasi respublika 
    va 1 tasi xalqaro ilmiy jurnallarda, hamda 1 ta monografiya nashr etilgan. 
    Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi. Dissertatsiya tarkibi kirish, 
    to‟rtta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati hamda ilovalardan 
    iborat. Dissertatsiyaning hajmi 120 sahifa matnda bayon qilingan.

    Download 269,08 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 269,08 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati

    Download 269,08 Kb.
    Pdf ko'rish