|
qanday narxda sotish, kim uchun ishlab chiqarish, qaysi bozorga yetkazish
|
bet | 2/4 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #229245 |
Bog'liq menejmentqanday narxda sotish, kim uchun ishlab chiqarish, qaysi bozorga yetkazish
va sotish lozim degan savollarga javob topishdir. Marketing tadqiqotlari,
asosan, to‘rt: mahsulotni (bozorni) o‘rganish, narxlash, reklama qilish,
bozorda o‘rnashish bosqichlariga bo‘linadi.
Firmaga nom tanlash farzandga ism qoʻyishdek gap. Mas’uliyat bilan yondashmasa boʻlmaydi. Chunki u korхonaning yuzi hisoblanadi, tovar va хizmatlarning хaridorgirligini oshirishda хizmati katta. Ayniqsa, hozirda mamlakatimizda talay tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat yuritayotganini inobatga oladigan boʻlsak, bir-birini takrorlamaydigan nomlar topish ancha qiyinchilik tugʻdirishini anglash mushkul emas
Kompaniya haqida tasavvur hosil qiladigan ilk ma’lumot bu albatta uning nomi. Agar u jarangdor, jozibador boʻlmasa, hech kimning yodida qolmaydi. Ba’zida firmaning egasi miyasiga kelib qolgan ilk soʻzdan firma nomini “yasab yuborgandek” tasavvur qoldiradi. Ayniqsa, YaTTlar nom tanlashga koʻp ham bosh qotirib oʻtirishmaydi: “Abdurayim hoji bobo tekstil”, “Xoʻja Anvar Karim oʻgʻli” va hokazo.Ammo kompaniya nomini sinchkovlik bilan oʻylaydigan va hatto ishlab chiqarayotgan mahsulotiga munosib nom topish uchun oylab vaqt sarflaydiganlar ham bor. Yirik kompaniyalar brend yoki mahsulotga nom berish uchun koʻpincha reklama kompaniyalariga murojaat etishadi. Yurtimizda roʻyхatdan oʻtgan aksariyat reklama kompaniyalari ham “neyming” – nom tanlab berish хizmatini taqdim etishmoqda. Bizning maslahat esa oʻzi mustaqil ravishda nom tanlashga qaror qilganlar uchun asqatadi.
Ma ’lumki , har qanday firma uchun iq tisodiy faoliya tni amalga
oshirishda mablag‘ kerak bo‘ladi. Odatda, firmaning mablag‘i firma egalarining pul mablag‘laridan tarkib topadi.
Firma mablag‘lari ishlatilishiga, nimalar sotib olinishiga qarab ikki turga bo‘linadi. Bino va inshootlar, asbob va uskunalar sotib olishga sarflangan mablag‘lar asosiy mablag‘lar (asosiy kapital) deb yuritiladi.
Asosiy mablag‘ — ishlab chiqarishda uzoq yil va ko‘p marta ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish vositalarini sotib olishga mo‘ljallangan mablag‘.
Masalan, fermerning traktor, kombayn sotib olish uchun yoki dala shiyponi qurish uchun ajratgan mablag‘lari asosiy mablag‘larga misol bo‘la oladi.
- Xom ashyo, yoqilg‘i, energiya, har xil materiallar sotib olishga va
- ishchi kuchini yollashga sarflanadigan mablag‘lar aylanma mablag‘lar
- (aylanma kapital) deb yuritiladi. Aylanma mablag‘ ishlab chiqarishda
- ishlatiladigan resurslar sotib olish uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan
- iborat bo‘ladi. Firma aylanma mablag‘iga resurslar bozoridan xom
- ashyo, turli xil materiallar sotib oladi va ishchi kuchini yollaydi. Bu
- bilan firmaning aylanma mablag‘i pul ko‘rinishidagi shakldan moddiy
|
| |