|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
|
bet | 3/4 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #229245 |
Bog'liq menejment3.Firma daromadi
- ko‘rinishdagi shaklga o‘tadi. Bu resurslardan firmada tovarlar ishlab
- chiqariladi. Ular sotilgach, yana pul shaklidagi mablag‘ga aylanib, firmaga qaytib keladi.
- Shu tariqa firmaning aylanma mablag‘lari iqtisodiy faoliyat natijasida aylanib turadi. Shu xususiyati bois, bu mablag‘lar aylanma mablag‘lar deb
- ataladi. Firmaning aylanma mablag‘lariga misol qilib fermerning urug‘, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i va moylovchi mahsulotlarni keltirish mumkin.
- Asosiy mablag‘lar ham “aylanadi”. Ularning aylanish davri asosiy
- ishlab chiqarish vositalarining qancha vaqt ishlatilishiga, xizmat ko‘rsatish muddatiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, bino va inshootlarning ishlatilish muddati 20 yil, asbob-uskunalarniki esa 5—7 yil qilib belgilanadi. Bu muddat davomida ular eskirib, har yili boshlang‘ich narxining ma’lum bir qismi yaratilgan mahsulot narxiga o‘tib, arzonlashib boradi. Mana shu arzonlashish qiymati amortizatsiya qiymati deb ataladi. Mana shu
- arzonlashish qiymati mahsulot sotilgach, firmaga pul kirimi tarkibida
- qaytadi va firmadagi maxsus jamg‘armaga – amortizatsiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Firmaning umumiy pul kirimidan amortizatsiya jamg‘armasiga yo‘naltirilgan pul amortizatsiya ajratmasi deb ataladi
1. Firmaning sof foydasi. Firma foydasining barcha soliq va to‘lovlar to‘langanidan so‘ng qolgan qismi firmaning sof foydasi deb ataladi. Firmaning sof foydasi, odatda, uning ta’sischilari o‘rtasida taqsimlanadi. Lekin firma ta’sischilari sof foydaning hammasini o‘zaro taqsimlamasdan, uning ma’lum qismini firmaning keyingi faoliyatini pul mablag‘lari bilan ta’minlashga sarflashi mumkin. 2. Amortizatsiya jamg‘armasi. Bu jamg‘arma mablag‘lari faqat asosiy vositalar sotib olishga sarflanadi. 3. Nizom jamg‘armasi. U firma faoliyatining boshlang‘ich davrida ishlatiladi.
Odatda, yillik amortizatsiya ajratmasi bino yoki dastgohlar narxining ularni ishlatilish muddatiga bo‘lib topiladi. Asosiy mablag‘ — ishlab chiqarishda uzoq yil va ko‘p marta ishla tiladigan asosiy ishlab chiqarish vosi talarini so tib olishga mo‘ljallangan mablag‘. Aylanma mablag‘ — xom ashyo, har xil materiallarni sotib olishga va ishchi kuchini yollashga sarflanadigan mablag‘lar. Amortizatsiya ajratmasi — asosiy ishlab chiqarish vositalarining
eskirishi natijasida ular narxining ishlab chiqarilgan mahsulot narxiga o‘tgan qismi. Masalan, korxona binosining narxi 160 mln so‘m bo‘lib, undan foydalanish muddati 20 yil qilib belgilangan. Demak, har yili bino narxi 160 mln : 20 = 8 mln so‘mga arzonlashib, bu pul mahsulot narxiga o‘tadi va mahsulot sotilgach,amortizatsiya jamg‘armasida jamlab boriladi.
Firma faoliyati uchun pul mablag‘larini jalb etish biznesni moliyalashtirish deb ham ataladi
|
| |