131
nuqtalarni afzal koʻradi. Berilgan afzalliklaridan Sem isteʼmolning
optimal kombinatsiyasini tanlab byudjet sigʻimi eng yuqori befarqlik
egri chizigʻidagi nuqtani tanlaydi. Bu optimumda, Sem yoshligida $
50,000 isteʼmol qiladi va keksaligida 55000 $ iste’mol qiladi.
Endi foiz stavkasi 10 foizdan 20 foizga oshganda nima sodir
boʻlishini koʻrib chiqamiz. 7.16-rasm ikki mumkin natijalarini
koʻrsatadi. Har ikki holatda ham byudjet sigʻimi tashqariga siljiydi va tik
boʻladi. Yangi yuqori foiz stavkasida Sem yoshligida voz kechgan
isteʼmol har bir dollar uchun qariganida koʻproq isteʼmol oladi.
Ikkala qism Semning turli afzalliklari bergan natijalarini koʻrsatadi.
Har ikki holatda ham, qariganda isteʼmol oshadi. Hali foiz stavkasi
oʻzgarishiga yoshlikdagi isteʼmolning javobi ikki holda farq qiladi. (a)
qismda Sem yoshligida yuqori foiz stavkasiga javoban kam isteʼmol
qiladi. (b) qismda Sem yoshligida koʻp iste’mol bilan javob beradi.
Semning jamgʻarmasi yoshlikdagi daromadi minus yoshlikdagi
isteʼmol miqdori orqali hisoblanadi. (a) qismda foiz stavkasi oshsa
yoshlikdagi isteʼmol tushadi, shuning uchun jamgʻarma koʻtarilishi
kerak. (b) qismda Sem yoshligida koʻp iste’mol qiladi, shuning uchun
jamgʻarma tushadi.