4
vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish koʻp jihatdan mamlakatimiz
milliy iqtisodiyotining birlamchi boʻgʻini hisoblangan firmalar faoliyati,
iste’molchilar xatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari
holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish,
ularni rivojlantirish
omillaridan samarali foydalanish yoʻllarini oʻrganish kabi jarayonlarni
tadqiq qilishga bogʻliqdir.
Shunday
jarayonlarni
tadqiq
qiluvchi
fan
sifatida
“Mikroiqtisodiyot” fani qatnashadi. Talabalarga mazkur fan
xususiyatlari doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar
va ularning natijalarini aks ettiruvchi materiallar, qoidalar va xulosalarni
puxta oʻzlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari
hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash fanni oʻrganish oldida turgan
asosiy vazifalaridan biridir
“Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanini oʻqitishning maqsadi
bakalavriat yoʻnalishlarida ta’lim oluvchi talabalarda
alohida firmalar
faoliyati, iste’molchilar xatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar
bozorlari holatini alohida olingan holda tahlil etish, ular dinamikasini
qiyosiy taqqoslash, davlatning firmalar faoliyatiga bogʻliq
siyosatini
muvofiqlashtirgan holda qoʻllash va bu boradagi strategiyani toʻgʻri
asoslay olish koʻnikmasini shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda mazkur oʻquv
qoʻllanma talabalarga mikroiqtisodiyotdan turli mavzular, ularga oid
masalalarni hal etish uchun koʻnikmalarni shakllantirishda muhim
ahamiyatga egadir.
Bu
oʻquv qoʻllanmani tayyorlashda jahonnning yetakchi
universitetlarida keng miqyosda foydalanib
kelinayotgan adabiyotlar
G.Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N.Gregory Mankiw
“Principles of Microeconomics”) hamda R.Pindayk va Rubinfeldning
“Mikroiqtisodiyot” kitobidan foydalanilgan va ulardagi asosiy mavzular
ushbu oʻquv qoʻllanmaning asosini tashkil etgan. Mazkur oʻquv
qoʻllanmadan barcha qiziquvchilar: talabalar, dars olib boruvchi
professor-oʻqituvchilar foydalanishlari mumkin