5
I BOB. MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI,
MAQSADI VA VAZIFALARI
1.1. Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash
Bizga ma’lumki, iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan
mikroiqtisodiyot
jamiyatdagi cheklangan resurslardan alohida xoʻjalik
yurituvchi subyektlar va alohida isteʼmolchilar qay darajada
foydalanishini oʻrganadi. Koʻpchilik jamiyatlarda, resurslar millionlab
isteʼmolchilar va ishlab chiqaruvchilarning
birgalikdagi harakatlari
yordamida taqsimlanadi. Shuning uchun ham mikroiqtisodiyotning
vazifasi alohida olingan subyektlar tomonidan qaror qabul qilish
jarayoni va oʻzaro xatti-harakatlarini oʻrganishdir: ular qancha
ishlaydilar, ular nima sotib oladilar, ular qancha tejab qoladilar va ular
qancha sarmoyalarini investitsiya qiladilar.
Shu sababdan ham
jamiyatning resurslarini boshqarish muhimdir, chunki bu resurslar
cheklangan. Cheklanganlikning ma’nosi jamiyatdagi resurslar taqchil
boʻlganligi uchun, jamiyat odamlar xohlaganday hamma tovar va
xizmatlar bilan ta’minlay olmaydi. Uy xoʻjaligi oʻzining har bir a’zosiga
ular xohlagan har bir narsani bera olmagani kabi, jamiyat ham oʻzining
har bir a’zosini ular intilayotgan darajadagi hayot tarzining yuqori
darajasi bilan ta’minlay olmaydi
2
.
Resurslarni
cheklanganligi inson, oila, jamiyat oldiga tanlov
muammosini qoʻyadi:
-
nima va qanday miqdorda ishlab chiqarish?
-
qanday texnika va texnologiyani qoʻllash?
-
ishlab chiqarilgan mahsulot kim tomonidan iste’mol qilinadi?
Aynan shuning uchun mikroiqtisodiyot fanining e’tibor markazida –
ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning cheklanganlik muammolarini
va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash yoʻllarini oʻrganish turadi.
Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklanganlik
2
N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 8 bet
6
muammosini har qanday hal etilishi tanlash holatini, ya’ni insonlarning
turli ehtiyojlarini qondiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish
uchun bir resursni ishlatish mumkin emasligini koʻzda tutadi. Bunda
inson har doim ham “barchasi yoki hech narsa” xilidagi qarorni qabul
qilmaydi. Koʻpincha inson bir iqtisodiy ne’matning ma’lum
miqdorini
olish uchun boshqasining ma’lum miqdoridan voz kechadi. Bunday
tanlov murosali deb ataladi. Murosali tanlov asosida muqobil qiymat
tamoyili yotadi.
Muqobil qiymat – bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat
qimmati bilan oʻlchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir.
Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi
iqtisodiy ne’matlarni tanlash, boshqa ehtiyojni qondiruvchi iqtisodiy
ne’matlardan voz kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud boʻlgan
3 metr mato boʻlagidan yo koʻylak, yoki kamzul tikish mumkin. Mato
miqdorining cheklanganligi uchun ham sizda ham koʻylak, ham kamzul
tikish imkoni yoʻq. Bu vaziyatda tanlash kerak boʻladi. Bu tanlov yo
koʻylakdan, yoki kamzuldan voz kechishni koʻzda tutadi. Koʻylakni
tanlash qarori kamzulga ega boʻlishdan voz kechishni bildiradi, ya’ni
yangi koʻylakning qimmati kamzulga ega boʻlib, olish mumkin boʻlgan
foyda va quvonchlarga teng. Unda koʻylakning muqobil qiymati borligi
aytiladi – bu kamzul. Agar kamzul tanlansa –
uning muqobil qiymati
koʻylak boʻladi.
Mikroiqtisodiyot fani iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish va
taqsimlash jarayonlarini oʻrganib, ularni oqilona ishlatish tamoyiliga
asoslanadi.
Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni
eng kam resurslarni sarflab, oʻzining eng koʻp ehtiyojlarini qondirishi
haqidagi fikrdir. Bu koʻplab yoʻllar ichidan inson cheklangan
resurslardan yaxshiroq
foydalanishga intilib, eng yaxshisini tanlashini
bildiradi.
Agar resurslar mutloq cheklangan boʻlganida edi, tanlov qilish
imkoni boʻlmas edi. Agar cheklanganlik boʻlmaganida, unda tanlov ham
kerak boʻlmasdi. Tanlash muammosi cheksiz, chunki biz bitta qaror
bilan cheklanmasdan, ularning koʻpiga egamiz.
Tanlov resurslardan
7
foydalanishning eng yaxshi yoʻllari oʻrtasida boradi va resurslardan
foydalanishning eng yaxshi yoʻli kam xarajat qilib eng yuqori natijaga
erishish yoʻli boʻladi.
Har qanday fan singari mikroiqtisodiyot fani ham kuzatilayotgan
voqealarni tushuntirish bilan shugʻullanadi. Masalan, ishlab chiqarishda
iste’mol etiladigan xomashyo narxi oʻzgarganda firmalar nima sababdan
ishchilarni ishdan boʻshatish yoki ishga qabul qilishga intiladilar? Agar
xomashyo 10 % ga qimmatlashsa, firma ularning qanchasini boʻshatish
yoki qabul qilishi talab qilinadi? Shu haqidagi fikrlar mikroiqtisodiyotda
tushuntiriladi.
Mikroiqtisodiyot bu taxminni ma’lum miqdorda tovar ishlab
chiqarish
maqsadida firma, ish kuchi, kapital qoʻyilmalar hajmi va
xomashyoning rejalashtirishini tushuntirib berish uchun qoʻllaydi.
Mikroiqtisodiyot ishlab chiqarishning asosiy omillari boʻlgan ish kuchi,
kapital va xomashyo narxlarining oʻzgarishiga, va shuningdek, boʻlgʻusi
oʻz mahsulotining narxiga koʻra firma ishlab chiqarishni qanday
rejalashtirishini izohlab beradi.