24
keltirishimiz mumkin. Daromadingiz tushganda
mashina haydash yoki
taksi minishdan koʻra avtobusga chiqishni ma’qul koʻrasiz.
Oʻrin bosuvchi tovarlar narxi.
Faraz qiling muzlatilgan
yogurtning narxi tushdi. Talab qonuniga koʻra
siz muzlatilgan yogurt
sotib olasiz. Ayni shu paytda siz muzqaymoq kamroq xarid qilasiz.
Chunki muzgaymoq va muzlatilgan yogurt birdek sovuq, shirin, kremli,
ular sizning ehtiyojingizni birdek qondiradi. Bir mahsulot narxining
tushishi boshqa bir mahsulotga boʻlgan
talabni kamaytiradi va bu
tovarlar
oʻrin bosuvchi tovarlar
deyiladi. Oʻrin
bosuvchi tovarlar
asosan bir joydan xarid qilinadigan tovarlar hisoblanadi, masalan, hot-
dog va gamburger, sviter va koʻylak, kino chiptasi va video ijarasi.
Faraz qiling suyuq shokoladning narxi tushdi. Talab qonuniga koʻra
siz undan koʻproq sotib olasiz. Shu sababli siz koʻproq muzqaymoq ham
sotib olasiz, chunki muzqaymoq va suyuq shokolad birga iste’mol
qilinadi. Bir mahsulot narxining tushishi boshqa bir mahsulotga boʻlgan
talabni
oshiradi, bu mahsulotlar