20
tanlashlari mumkin. Lekin boshqa bozorlar mutlaqo raqobatdosh bozor
va monopoliya orasida joylashgan.
Dunyo bozorlari koʻp koʻrinishga ega boʻlganiga qaramay, barcha
bozorlarni
mutlaqo
raqobatdosh
bozor
deb
hisoblash
qulay
soddalashtirishdir. Mutlaqo raqobatdosh
bozorni tahlil qilish osondir,
chunki uning har bir ishtirokchisi bozor sharoitida narxni qanday
shakllantirsa, shunday qabul qiladi. Shuni aytib oʻtish lozimki, har bir
bozorni qaysidir ma’noda raqobatdosh deb hisoblasa boʻladi, shu yoʻlda
biz mutlaqo raqobat sharoitida talab va taklifni oʻrganishdan
kelib
chiqqan xulosalarni murakkabroq bozorlarga ham qoʻllashimiz mumkin.
2.2.Talab
Biz bozorlarni oʻrganishni xaridorlarning oʻzini tutishini oʻrganib
chiqishdan boshlaymiz. Diqqatimizni muzqaymoq savdosiga qaratamiz.