• Chekishga boʻlgan talab miqdorini kamaytirishning ikki yoʻli
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/366
    Sana17.05.2024
    Hajmi7,53 Mb.
    #240249
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   366
    Bog'liq
    O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

    Xaridorlar soni. 
    Avvalgi omillarga qoʻshimcha tarzda xaridorlar 
    xatti-harakatiga ta’sir qiliuvchi omillar bir nechta boʻlib, bozor talabi 
    xaridorlar 
    soniga 
    bevosita 
    bogʻliq. 
    Agar 
    Piter 
    muzqaymoq 
    iste’molchilari Katerina va Nikolasga qoʻshilganda edi bozordagi talab 
    miqdori oshgan va bozor talabi oʻsgan boʻlardi.
    Xulosa. 
    Talab egri chizigʻi boshqa oʻzgaruvchilar oʻzgarmas 
    boʻlganda ushbu tovarning bahosini oʻzgarishi talab miqdorining 
    oʻzgarishiga 
    qanchalik 
    ta’sir 
    etishini 
    ifodalaydi. 
    Boshqa 
    oʻzgaruvchilardan birortasi oʻzgarganda talab egri chizigʻi ham 
    oʻzgaradi. 1-jadvalda oʻzgaruvchilar mahsulot sotib oluvchilar soniga 
    qanchalik ta’sir etishi keltirib oʻtilgan. Agar siz talab egri chizigʻining 
    siljish yoki siljimasligi boʻyicha muammoga duch kelsangiz, 2-
    boʻlimning ilovasi sizga yordam beradi. Ikkala oʻqdagi tegishli 
    oʻzgaruvchida oʻzgarish boʻlganda oʻq joyidan siljiydi. Chunki narx 
    vertikal oʻqda joylashadi, narxdagi oʻzgarish talab egri chizigʻi boylab 
    boʻladigan oʻzgarishni koʻrsatadi. Daromad esa faqat bitta tegishli 
    oʻqdagi oʻzgaruvchi oʻzgarganda siljiydi.


    26 
    Chekishga boʻlgan talab miqdorini kamaytirishning ikki yoʻli 
    Jamiyatdagi siyosatchilar insonlar chekishining hajmini kamaytirishga 
    koʻp harakat qilishadi. Ushbu maqsadga erishishning ikkita yoʻli bor. 
    Birinchisi, sigareta va tamaki mahsulotlariga boʻlgan talab egri 
    chizigʻini oʻzgartirish kerak. Ya’ni istalgan turdagi sigaretalar haqida 
    ommaviy axborot vositalaridan, televideniyedan chekishni taqiqlaydigan 
    koʻrsatuvlarni qoʻyish, sigareta qutilariga yozish kerak. Agar bu 
    muvaffaqiyatli boʻlsa, sigaretalarga boʻlgan talab egri chizigʻi 4 rasm (a) 
    qismdagidek chapga siljiydi. 
    Muqobil yoʻllardan biri siyosatchilar sigaretalar narxini oshirishi 
    kerak. Agar hukumat sigaret ishlab chiqarishga katta soliq joriy qilsa, 
    masalan, soliqlar hisobiga sigaretalar narxini oshirish kerak. Yuqori 
    darajadagi narx chekuvchilarni ular chekadigan sigaretalar miqdorini 
    kamaytirishga undaydi. Shu sababdan, bu talabni oshirmaydi. Buning 
    oʻrniga 4-jadvaldagi (b) qismdagi kabi miqdorni kamaytiradi.
    Narxni qanchaga oʻzgartirsak, chekish hajmi kamayadi va 
    qanchaga? Iqtisodchilar sigareta narxida qancha oʻzgarish boʻlishi 
    kerakligi yuzasidan izlanish olib bordilar. Ular aniqlashdiki, narxning
    Agar sigaret qutisidagi ogohlantirish chekuvchilarni kamroq chekishga ishontirsa, talab 
    egri chizigʻi chapga siljiydi. (a) qismda talab egri chizigʻi D1dan D2ga siljiydi. Bir paketi 
    2$ boʻlsa, talab miqdori kuniga 20ta sigaretdan 10ta sigaretga tushadi. Natijada oʻzgarish 
    A nuqtadan B nuqtaga tushadi. Agar sigaret narxiga soliq oshsa, talab egri chizigʻi 
    oʻzgarmaydi. Bunda talab egri chizigʻida turli nuqtalarda oʻzgarishlarni koʻrishimiz 
    mumkin. (b) qismda narx 2$dan 4$ga oshganda talab miqdori kuniga 20ta sigaretdan 
    12taga pasayadi. Natijada oʻzgarish A nuqtadan C nuqtaga koʻchadi. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   366




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish