33
chunki,
bu narxda, bozorda hamma qoniqadi: xaridorlar istagan
miqdorlaridagi barcha mahsulotlarini xarid qiladilar, sotuvchilar esa
istagan miqdorlaridagi barcha mahsulotlarini sotadilar.
Xaridor va sotuvchilar harakati bozorni
tabiiy ravishda talab va
taklif muvozanati tomon harakatlantiradi. Sababini aniqlash uchun bozor
narxi muvozanatli narxga teng boʻlmagan holatda nima boʻlishini koʻrib
chiqishi lozim.
Dastlab tasavvur qiling, bozor narxi muvozanatli narxdan yuqori 9-
shakl (a). Narx $2.50 boʻlganda taklif qilinadigan mahsulot miqdori ( 10
dona muzqaymoq) mahsulotga boʻlgan talab miqdoridan (4 dona
muzqaymoq) oshadi. Bu yerda mahsulot ortiqchaligi paydo boladi:
sotuvchilar mazkur narxda barcha mahsulotlarini sota olmaydilar.
Qoldiq ba’zan taklif ortiqchaligi holati sifatida qaraladi. Qachonki
muzqaymoq bozorida mahsulot ortiqchaligi kuzatilsa, muzqaymoq
sotuvchilari muzlatkichlari ular sotishni
xohlaydigan ammo sota
olmaydigan muzqaymoqlar bilan toʻladi. Ular mahsulot ortiqchaligiga
mahsulot narxini pasaytirish orqali javob qaytaradi. Narxlarning tushishi
mahsulotga boʻlgan talab miqdorini oshiradi va taklif miqdorini
kamaytiradi. Narxlar tushishi bozor muvozanatga erishguncha davom
etadi.
Endi faraz qiling bozor narxi muvozanat narxidan quyi holatda 9
rasm (b). Bu holatda bir dona muzqaymoq uchun narx $1.50 va
mahsulotga boʻlgan talab miqdori taklif miqdoridan oshadi. Bu
holatda
tovar taqchilligi kelib chiqadi: Talabgorlar mazkur narxda istagan
mahsulotlarini barchasini xarid qila olmaydilar.
Muzqaymoq bozorida taqchillik sodir boʻlganda, xaridorlar oz
miqdordagi muzqaymoqlardan birini xarid qilish uchun uzoq navbatda
turishlariga toʻgʻri keladi. Koʻp xaridorlar oz mahsulot ortidan quvishi,
taqchillikka sotuvchilar savdo hajmini yoʻqotmagan
holda narxni
koʻtarish orqali javob qaytaradi. Narx oʻsishi tufayli talab miqdori
tushadi, taklif miqdori oshadi va bozor yana qayta muvozanat nuqtaga
qarab harakatlanadi.
34
Shunday qilib sotuvchilar va xaridorlar harakati bozor narxini
avtomatik tarzda muvozanatli narx tomon suradi.
Bozor muvozanatli
narxga erishishi bilanoq, barcha sotuvchi va xaridorlar qoniqadi va
narxda yuqoriga va pastga bosim mavjud boʻlmaydi. Qanchalik tez
muvozanatga erishish va qanchalik tez narx oʻzgarishiga qarab,
bozordan bozor farq qiladi. Koʻplab
erkin bozorlarda mahsulot
ortiqchaligi vaqtinchalik holat hisoblanib, narxlar muvozanatli
darajasiga qarab harakatlanadi. Chindan, bu hodisa keng tarqalgan
boʻlib,