32
kelajakka ishonch, hamda sotuvchilar soni ikkala oʻq bilan ham
oʻlchanmaganligi sababli, bulardan biridagi oʻzgarish taklif chizigʻining
oʻzgarishiga olib keladi.
2.4.Talab va taklif birgalikda
Talab va taklif
alohida tahlil qilingach, biz endi ularni bozorda
sotiladigan tovar narxi va miqdoriga ta’sirini
aniqlash maqsadida
birgalikda koʻramiz.
Muvozanat
8-rasmda bozor taklifi egri chizigi va bozor talabi egri chiziqlari
birgalikda tasvirlangan. Talab va taklif
egri chiziqlari bir nuqtada
kesishganiga e’tibor berish lozim. Bu nuqta