|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya institutiBog'liq O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi tNazorat savollari
1.
Muvozanatlik tushunchasi.
2.
Bozor muvozanati.
3.
Muvozanat narx.
4.
Bozorning muvozanat holatini tiklash xususiyati.
5.
Bozor muvozanatining oʻzgarishi va unga ta’sir qiluvchi
omillar.
6.
Davlat tomonidan maksimal narxning oʻrnatilishi.
7.
Norasmiy bozor va uning vujudga kelishi.
8.
Tovarning norasmiy bozordagi narxi.
9.
Bozorda tovar ortiqchaligi va norasmiy bozor.
10.
Iste’molchi yutugʻi va ishlab chiqaruvchi yutugʻi.
11.
Tovar tanqisligi sohasi.
12.
Ortiqcha mahsulotni ifodalovchi soha.
47
IV BOB. TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIKLIGI
5
4.1. Talab elastikligi
Biz 3-boʻlimda talab tushunchasini koʻrib chiqqanimizda xaridorlar
odatda tovar narxi pastroq, ularning daromadlari yuqoriroq, oʻrin
bosuvchi tovarlar narxi balandroq, bir-birining oʻrnini toʻldiruvchi
tovarlarning narxi pastroq boʻlganda koʻproq tovar xarid qilishadi.
Bizning tovarlarga boʻlgan talabimiz narxga bogʻliq yoki boʻlmasligi
mumkin. Biz oʻzgarish oʻlchamiga bogʻliq boʻlmagan talab qilingan
miqdor koʻchish yoʻnalishlarini muhokama qilamiz. Bu oʻzgaruvchan
miqdorlardagi oʻzgarishlarga qancha iste’molchilar javob berishini
oʻlchash uchun iqtisodchilar elastiklik tushunchasidan foydalanishadi.
Talabning narx elastikligi va uning omillari
Talab qonuni tovar narxining tushishi talab qilinadigan miqdorning
oshishiga olib kelishini ifodalaydi. Talabning narx elastikligi – talab
qilinadigan miqdor qancha boʻlganda narx oʻzgarishiga javob berishini
oʻlchaydi. Agar talab qilinadigan miqdor narx oʻzgarishiga katta
miqdorda ta’sir qilsa, tovar uchun talab elastik deyiladi. Agar talab
qilinadigan miqdor narx oʻzgarishiga kichik miqdorda ta’sir qilsa, talab
noelastik deyiladi.
Har qanday tovar uchun talabning narx elastikligi narx oshganda
iste’molchilar kamroq tovar sotib olishga qay darajada tayyor
ekanliklarini oʻlchaydi. Elastiklik iste’molchi afzal koʻradigan iqtisodiy,
ijtimoiy va psixologik kuchlarga ta’sir etadi. Tajribaga asoslangan holda
talabning narx elastikligini qanday omillar belgilab berishi haqidagi
ba’zi umumiy qoidalarni koʻrib chiqamiz.
5
Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.)
kitobining V bobi asosida tayyorlangan
.
89-111 bet
|
| |