38
Nazorat savollari
1.
Raqobatli bozor nima? Mukammal
raqobatli bozor turlarini
qisqacha tasvirlang.
2.
Talab jadvali va talab egri chizigʻi nima va ular qanday bogʻliq?
Nima sababdan talab egri chizigʻi pastlashadi?
3.
Iste’molchi ta’bining oʻzgarishi talab egri chizigʻining harakatiga
qanday ta’sir koʻrsatadi? Narxning oʻzgarishi talab egri chizigʻiga
qanday ta’sir koʻrsatadi?
4.
Popeyening daromadi kamaydi va natijada u koʻproq ismaloq
sotib ola boshladi. Ismaloq past tovarmi yoki normal tovarmi?
Popeyening ismaloq uchun talab egri chizigʻi qanday boʻladi?
5.
Taklif jadvali va taklif egri chizigʻi nima va ular qanday bogʻliq?
Nima sababdan talab egri chizigʻi oʻsadi?
6.
Ishlab chiqarish texnologiyasining oʻzgarishi
taklif egri
chizigʻining oʻzgarishiga sabab boʻladimi? Narxning oʻzgarishi taklif
egri chizigʻining oʻzgarishiga sabab boʻladimi?
7.
Bozor muvozanatiga ta’rif bering. Bozor muvozanatiga ta’sir
etuvchi omillarni tasvirlang.
8.
Pivo va pitsa oʻrin toʻldiruvchilardir,
chunki ular birgalikda
rohatlanish uchun foydalaniladi. Pivo narxi oshsa,
pitsa uchun taklif,
talab, talab miqdori, taklif hajmi va narx qanday boʻladi?
9.
Narxning bozor iqtisodiyotidagi roli haqida tushuncha bering.
39
III BOB. BOZOR MUVOZANATINI TA’MINLASH
MODELLARI
3.1.
Bozor muvozanati tushunchasi va uni oʻrnatilishi
Muvozanat
– bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biron-bir
tashqi kuch ta’sir qilmasa, u oʻzining ushbu holatini saqlab qoladi.
Talab va taklif modelida talab
D
chizigʻi bilan taklif
S
chizigʻining
kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor
muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta’minlaydigan
narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga
koʻra shuni ta’kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida boʻlsa,
u holda, uning qatnashchilari tovar narxini
yoki tovar miqdorini
oʻzgartirishga hech narsa sabab boʻlmaydi.
Muvozanat narx
e
P
(3.11-rasm) deb, shunday narxga aytiladiki,
agar u bozorda taklif qilinadigan ne’mat
miqdori
S
Q
ni unga boʻlgan
talab miqdori unga boʻlgan talab miqdori
D
Q
ga tenglashtirsa, ya’ni
D
S
Q
Q
.
3.1-rasm.