Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/366
Sana17.05.2024
Hajmi7,53 Mb.
#240249
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   366
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

Talab va taklifdagi 
oʻzgarish 
(a) Baho oʻsishi, miqdor oʻsishi
(b) Baho oʻsishi, miqdor kamayishi
Talabdagi
yuqori oʻsish 
Taklifdagi
kichik
kamayish 
Yangi 
muvozanat 
holat 
Dastlabki 
muvozanat holat 
Talabdagi
kichik oʻsish 
Taklifdagi
yuqori
kamayish 
Yangi 
muvozanat 
holat 
Dastlabki 
muvozanat holat 


36 
va taklif usullaridan qanday foydalanish kerakligini tushunganlikka 
ishonch hosil qilish uchun bu jadvalga bir nechta ma’lumotlar kiriting va 
nima sababdan jadval prognozlarni oʻz ichiga qamrab olishini 
tushintirib bera olishingizga ishonchingiz komil boʻlsin. 
Mos rasmda agarda pomidor narxi oshsa, pitsa uchun bozorda 
qanday oʻzgarish boʻlishini koʻrsating. Boshqa bir rasmda agarda 
gamburger narxi tushsa, pitsa uchun bozorda qanday oʻzgarish boʻlishini 
koʻrsating. 
Bizning qarorlarimiz muzqaymoq bozorini oʻz ichiga olgan holda 
chiqarilgan boʻlsada, bu dars boshqa koʻpchilik bozorlar uchun ham 
oʻrinlidir. Siz qachon boʻlsa ham doʻkonga xarid qilgani borganingizda, 
siz biror tovar uchun talab bildirasiz. Siz qachon boʻlsa ham ish 
qidirganingizda, siz mehnat xizmatiga talab bildirasiz. Chunki talab va 
taklif shunday tarqalgan iqtisodiy hodisa, talab va taklif modeli tahlil 
uchun kuchli qurol. Biz bu modeldan kelgusi boblarda takroran 
foydalanamiz. 
Oʻnta iqtisodiy tamoyillardan biri, ya’ni bozorlar iqtisodiy 
faoliyatni tartibga solib turishning yaxshi yoʻli ekanligi 1-bobda 
muhokama qilingan edi. Bozorning oqibati yaxshi yoki yomon 
ekanligini hal qilishga hali erta ekanligiga qaramasdan, biz ushbu 
bobdan bozorning qanday qilib ishlashini koʻrishni boshladik. Har 
qanday iqtisodiy tizimda cheklangan resurslar raqobatchilar oʻrtasida 
taqsimlanishi zarur. Bozor iqtisodiyotining tayanchi talab va taklifning 
oʻzaro bir-birini toʻldirib turishidir. Talab va taklif iqtisodiyotdagi 
koʻplab turli xil tovar va xizmatlarning 


37 
narxini aniqlab beradi, narxlar bir tomondan resurslarni taqsimlash 
uchun yoʻl hisoblanadi.
Misol uchun, sohil yerining taqsimlanishini olaylik. Ushbu yerning 
cheklanganligi sababli hamma ham bu qimmat sohil yerida rohatlana 
olmaydi. Bu resurslarni kim oladi? Javob kimda xohish va toʻlash uchun 
yetarli puli boʻlsa oʻsha kishi. Sohil yeriga boʻlgan talab va taklifning 
balansi uning narxini tartibga solib turadi. Shu sababli bozor 
iqtisodiyotida narxlar cheklangan resurslarni tartibga soib turish uchun 
mexanizm hisoblanadi.
Shunga oʻxshash, narxlar kim har bir tovardan qancha ishlab 
chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Masalan, firmalarni olaylik. Bizga 
ovqat yashash uchun kerak, odamlarning firmada ishlashi bu muhim. 
Kim fermer va kim fermer emasligi qanchalik muhim? Erkin jamiyatda, 
bu qarorni qabul qilish uchun hukumat rejalashtirish agentliklari yoʻq. 
Buning oʻrniga, ishchilarni firmaga taqsimlash millionlab ishchilarning 
ish qaroriga bogʻliq. Bu markazlashmagan tizim juda yaxshi ishlaydi, 
chunki bu qarorlar marxga bogʻliq. Oziq-ovqat narxlari va firma 
ishchilarining maoshi (mehnat narxi) yetarlicha insonlar fermerlikni 
tanlash uchun tartibga solib turiladi. 
Agarda biror shaxs bozor iqtisodiyotini harakatini biror marta 
koʻrmagan boʻlsa, barcha gʻoyalar oʻrinsiz boʻlib koʻrinishi mumkin. 
Iqtisodiyot 
koʻpchilik 
guruh 
odamlarining 
birgalikda 
faoliyat 
yuritishidir. Millionlab insonlarning xohish va turli xil qobiliyatlari bilan 
bogʻliq harakatlarini nima muvofiqlashtiradi? Nima orqali biror narsaga 
boʻlgan ehtiyoj bilan qondiriladi? Javobi bir soʻzda, ya’ni 
narx.
Agar 
Adam Smitning mashhur nazariyasiga koʻra koʻrinmas qoʻl bozor 
iqtisodiyotini boshqarsa, unda narx tizimi bu iqtisodiy orkestrga 
dirijyorlik qiluvchi oʻsha koʻrinmas qoʻldir. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   366




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish