8.7. Muqobil (alternativ) belgi dispersiyasi Alternativ - o‘zagi lotincha «alter» - ikkitadan biriga asoslangan - frantsuzcha «alternative» so‘z bo‘lib, bir-birini o‘zaro inkor qiluvchi imkoniyatlardan yoki yo‘llardan har biri degan lug‘aviy ma’noga ega. Alternativ belgi deb o‘rganilayotgan to‘plam birliklarining bir qismida uchraydigan, boshqa qismida esa uchramaydigan xossalar ataladi. Masalan, iste’molchilarning bir qismi ayni tovarni iste’mol qilishga moyil, boshqa qismi moyil emas.
Alternativ belgi qiymatlari bunday xossaga ega bo‘lgan birliklar uchun «1» (bir) barcha ega bo‘lmaganlar uchun esa «0» (nol) deb ifodalanadi. Umumiy to‘plamda alternativ belgi kuzatilgan birliklar salmog‘i «R», kuzatilmaganlari esa «q» orqali belgilanadi, ularning yig‘indisi birga teng, ya’ni p+q=1 13).
Demak, alternativ belgining o‘rtacha qiymati unga ega bo‘lgan birliklarning to‘plamdagi salmog‘iga tengdir. Bu belgi uchun dispersiya demak, (8.8)