Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot




Download 1.23 Mb.
bet7/286
Sana20.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#89090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   286
Bog'liq
Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot-hozir.org (1)
1-mavzu
Raqobat nima?
Muzqaymoq savdosi, iqtisodiyotdagi koʻpchilik bozorlarga oʻxshab, yuqori raqobat qobiliyatiga ega. Har bir xaridor bir necha sotuvchilar ichidan tanlash mumkinligini biladi va har bir sotuvchi uning mahsuloti boshqa sotuvchilarning mahsulotlari bilan bir xilligini anglaydi. Natijada, har bir muzqaymoq narxi va soni birgina xaridor yoki sotuvchi bilan aniqlanmaydi. Aksincha, har bir muzqaymoq narxi va soni barcha sotuvchilar va xaridorlarning oʻzaro ta’siri bilan aniqlanadi.
Iqtisodchilar raqobatdosh bozor iborasini oʻzida koʻplab sotuvchi va xaridorlarni jamlagan bozorni tavsif etish uchun ishlatadilar. Har bir sotuvchining narx bilan nazorat qilishi cheklangan, chunki boshqa sotuvchilar ham shunga oʻxshash boʻlgan mahsulot bilan savdo qilishadi. Sotuvchida narxni pasaytirishga asosli sabab yoʻq, ammo u kishi narxni birdan koʻtarsa, xaridorlar mahsulotni boshqa joyda xarid qiladilar. Taqqoslab aytganda, biron-bir xaridor narxga oʻz ta’sirini koʻrsata olmaydi, chunki ulardan har biri arzimas sonda mahsulotni xarid qiladi.
Bu bobda biz shartli ravishda barcha bozorlarni raqobatdosh deb hisoblaymiz. Bu yuqori shaklga erishish uchun bozor ikkita xususiyatga ega boʻlishi kerak: 1) savdoga taklif qilingan mahsulotlar bir xil boʻlishi shart; 2) sotuvchi va xaridorlarni soni shunchalik koʻp boʻlishi kerakki, ular narxga hech qanday ta’sir koʻrsatishlari kerak emas. Har bir sotuvchi va xaridor mutlaqo raqobatdosh bozor oʻrnatgan narxni qabul qilishga majbur boʻlgani uchun, ular narxga oʻz ta’sirini koʻrsatmaydigan, iqtisodiyot subyektlari deb koʻriladi. Bozor narxiga xaridorlar xohlagan narsasini sotib oladilar, sotuvchilar esa xohlagan narsasini sotadilar.
Ba’zi bir bozorlarni mutlaqo raqobatdosh deb hisoblash maqsadga muvofiqdir. Masalan, bozorda minglab bugʻdoy sotuvchilari va uning minglab xaridorlari mavjud. Ular jiddiy ravishda narxga oʻz ta’sirini koʻrsatmasligini hisobga olgan holda, bozorning har bir ishtirokchisi narxni qanday boʻlsa shundayligicha qabul qilishga majbur.
Ammo, barcha tovar va xizmatlar ham raqobatdosh bozor sharoitda sotilmaydi. Ba’zi bozorlarda faqat bitta sotuvchi mavjud va u narxni aniqlaydi. Bunday sotuvchi monopolist deb nomlanadi. Misol uchun, sizning mahalliy kabel telekompaniyasi monopolist boʻlishi mumkin. Sizning shahringizda istiqomat qiluvchilar shu xizmatni taqdim qiladigan faqat bitta kabel telekompaniyasi mavjud boʻlgani uchun uni tanlashlari mumkin. Lekin boshqa bozorlar mutlaqo raqobatdosh bozor va monopoliya orasida joylashgan.
Dunyo bozorlari koʻp koʻrinishga ega boʻlganiga qaramay, barcha bozorlarni mutlaqo raqobatdosh bozor deb hisoblash qulay soddalashtirishdir. Mutlaqo raqobatdosh bozorni tahlil qilish osondir, chunki uning har bir ishtirokchisi bozor sharoitida narxni qanday shakllantirsa, shunday qabul qiladi. Shuni aytib oʻtish lozimki, har bir bozorni qaysidir ma’noda raqobatdosh deb hisoblasa boʻladi, shu yoʻlda biz mutlaqo raqobat sharoitida talab va taklifni oʻrganishdan kelib chiqqan xulosalarni murakkabroq bozorlarga ham qoʻllashimiz mumkin.
2.2.Talab
Biz bozorlarni oʻrganishni xaridorlarning oʻzini tutishini oʻrganib chiqishdan boshlaymiz. Diqqatimizni muzqaymoq savdosiga qaratamiz.

Download 1.23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   286




Download 1.23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

Download 1.23 Mb.