O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 18,84 Mb.
bet54/163
Sana16.01.2024
Hajmi18,84 Mb.
#138868
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   163
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

Tugun, uch (vertex, node)
Qirra (edge, link)

Qo'shni tugunlar (adjacent vertices)

Yo'l: (10, 8, 3, 5)

2.-rasm. Grafning asosiy alomatlari
Grafning uchlari va qirralari to`plamini mos ravishda va kabi belgilanadi. ushbu to’plamda uchlar berilgan bo’ladi. to’plamida esa qirallarning qushni uchlar juftligi bilan aniqlanadi.
Masalan:

Bu xolda grafning grafik ko’rinishi quyidagicha bo’ladi (3.-rasm):

3.-rasm. Grafga misol
Qirra ikkita uch bilan aniqlanadi. Umumiy uchga ega bo`lgan ikkita qirra qo`shni hisoblanadi. Agar grafning ikkita uchi qirra bilan tutashtirilgan bo`lsa, bu uchlar qo`shni uchlar deyiladi. Grafning bir uchdan chiqqan ikki qirrasi qo`shni qirralar deyiladi. Agar grafda boshi va oxiri bitta tugunda tutashadigan qirra mavjud bo'lsa, unga ilmoqli qirra deyiladi.


4.-rasm. Qirra tushunchasi
Agar grafda takroriy (karrali) qirralar mavjud bo`lsa, bunday grafga multigraf deyiladi. Agar grafda karrali qirralar bilan birga uchni o`z-o`zi bilan tutashtiruvchi ilmoqlar ham mavjud bo`lsa, bunday grafga psevdograf deyiladi (5.-rasm).

5.-rasm. A) multigraf; B) psevdograf
Ixtiyoriy tugundan boshqa bironta tugunga murojaat mavjud va murojaat ikki tomonlama bo’lsa, bu holda bunday graf yo’naltirilmagan graf (graph) deyiladi (6.-rasm. A).
Agar graf tugunlari o'zaro bog'langan bo'lsa, lekin bu yoylar orqali munosabat faqat bir tomonlama bo'lsa, u xolda bunday graflar yo'naltirilgan graflar (oriented graph) deyiladi (6.-rasm. B).

6.-rasm. A) yo’naltirilmagan graf; B) yo’naltirilgan graf
Og’irlikka (vaznga) ega bo’lgan graf (weighted graph) – bu qirralari (yo’ylari) og’irliklari bilan berilgan graf hisoblandi. (i,j) qirraning og’irligi wij kabi belgilanadi (7.-rasm).

7.-rasm. Og’irlikka ega bo’lgan graf
Agar V to`plamning quvvati n ga teng bo`lsa, n soni grafning tartibi deyiladi. Agar V to`plamning quvvati n ga teng bo`lsa, E to`plamning quvvati m ga teng bo`lsa, graf (n, m) graf deyiladi.

Download 18,84 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   163




Download 18,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 18,84 Mb.