|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 53/163 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 18,84 Mb. | | #138868 |
Bog'liq O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi tNazorat savollari
Rekursiya nima?
Daraxt nima? Uning o’ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
To’liq daraxt deganda nimani tushunasiz?
Daraxt ko’ruvi nimadan iborat?
Har qanday daraxtni binar ko’rinishga keltirish mumkinmi?
Daraxt tuguni qanday hosil qilinadi?
Daraxtda qanday amallarni bajarish mumkin?
Adabiyotlar
Adam Drozdek. Data structure and algorithms in C++. Fourth edition. 2013. Chapter 6.
11–mavzu. Graflar va ularni tasvirlash usullari
Reja:
1. Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari
2. Graflarni ifodalash usullari
3. Graflarda ko'rik o'tkazish
Kalit so’zlar: graflar, yo’naltirilgan garflar, yo’naltirilmagan graflar, kuchli bog’langanlik, ko’rikdan ot’kazish algoritmi, qo’shnilik matrisasi.
1. Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari
Matematik nazariyada va informatikada graf — bu tugunlar(uchlar)dan iborat bo'lgan bo'sh bo'lmagan to'plam va tugunlarni birlashtiruvchi yoylar majmuidir.
Graf - bu murakkab chiziqsiz ko'pbog'lamli dinamik tuzilma bo'lib, murakkab ob'ektlarning xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi.
Ob'ektlar tugun yoki graf uzellari ko'rinishida va munosabatlar yoy yoki yo'naltirilgan qirralar kabi ifodalanadi.
«Graf» tushunchasini birinchi marotaba 1936 yil vengriya matematigi Denni Kyonig kiritgan. Lekin graflar nazariyasi bo'yicha 1-ish Leonard Eylerga tegishli bo'lgan va u 1736 yilda bajarilgan edi.
XVIII asrda mashhur shvetsariyalik matematik, mexanik va fizik Leonard Eyler (1707-1783 yy) Kyonigsberg ko’prigi haqidagi masalani yechish uchun birinchi marta graf tushunchasidan foydalanadi.
1.-rasm. Eski Kyonigsberg shahri sxemasi
Graflar nazariyasi diskret matematika fanining bir bo’limi bo’lib, unda masalalar yechimlari chizmalar shaklida izlanadi. Keyingi paytlarda turli xil diskret xususiyatlarga ega bo‘lgan xisoblash qurilmalarini loyihalashda graflarning ahamiyati yanada oshdi.
(V, E) sonlar juftligiga graf deyiladi, bu yerda V – ixtiyoriy bo`sh bo`lmagan to`plam, E esa ning qism to`plami , bunda V to`plam elementlarining tartiblanmagan juftliklari to`plami.
V – to`plam elementlari grafning uchlari deyiladi.
E – to`plam elementlari esa grafning qirralari deyiladi.
Agar V chekli bo`lsa, graf chekli deyiladi, aks holda cheksiz graf deyiladi.
Yo'l (path) – bu bironta tugundan boshqa bir tugungacha bo'lgan yonma-yon joylashgan tugunlar ketma-ketligidir.
|
| |