• 15-ma’ruza. Qidiruv usul va algoritmlarini tadqiq qilish Reja
  • Kalitli so’zlar
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 18,84 Mb.
    bet69/163
    Sana16.01.2024
    Hajmi18,84 Mb.
    #138868
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   163
    Bog'liq
    O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

    Nazorat savollar.

    1. Heap tree tuzilmasi nima?

    2. Heap tree ustida amal bajarish algoritmlari qanday?

    3. Heap treeni tashkil etishning “pastdan-tepaga” usuli va samaradorligi qanday?

    4. Heap treeni tashkil etishning “yuqoridan-pastga” usuli va samaradorligi qanday?



    Adabiyotlar.

    1. AdamDrozdek. Data structure and algorithms in C++. Fourth edition. 2013. Chapter 6.9. 268-276 betlar.

    2. Ma’ruza matnlari. Carnegie Mellon University – CORTINA. 2010. 15-121 Introduction to Data Structures,

    http://www.cs.cmu.edu/~tcortina/15-121sp10/lectures.html http://www.cs.cmu.edu/~tcortina/15-121sp10/Unit06B.pdf

    1. Algorithms and data structures in C/C++ by Alex Allian. http://www.cprogramming.com/tutorial/computersciencetheory/heap.html

    15-ma’ruza. Qidiruv usul va algoritmlarini tadqiq qilish
    Reja:

    1. Ketma-ket qidiruv

    2. Indeksli ketma-ket qidiruv

    3. Ketma-ket qidiruvni samaradorligi

    4. Indeksli ketma-ket qidiruvni samaradorligi

    5. Qidiruvni mukammallashtirish usullari

    6. Topilgan elementni ro’yxat boshiga qo’yish orqali jadvalni qayta tartiblash

    7. Transpozisiya usuli

    8. Mukammal qidiruv daraxti

    9. Binar qidiruv (teng ikkiga bo’lish usuli)

    Kalitli so’zlar: qidiruv, jadval, fayl, kalit, noyob kalit, ikkilamchi kalit, tashqi kalit, ichki kalit, ketma-ket qidiruv, indeksli ketma-ket qidiruv, qidiruv samaradorligi, jadvalni qayta tartiblash, transpozisiya, binar qidiruv, mukammal daraxt.
    Ma’lumki, axborot texnologiyalari jadal suratlar bilan
    EXMda ma’lumotlarni qayta ishlashda qidiruv asosiy amallardan biri bo’lib hisoblanadi. Uning vazifasi berilgan argument bo’yicha massiv ma’lumotlari ichidan mazkur argumentga mos ma’lumotlarni topishdan iborat.
    Ixtiyoriy ma’lumotlar majmuasi jadval yoki fayl deb ataladi. Ixtiyoriy ma’lumot (yoki tuzilma elementi) boshqa ma’lumotdan biror bir belgisi orqali farq qiladi. Mazkur belgi kalit deb ataladi. Kalit noyob bo’lishi, ya’ni mazkur kalitga ega ma’lumot jadvalda yagona bo’lishi mumkin. Bunday noyob kalitga boshlang’ich (birinchi) kalit deyiladi. Ikkinchi kalit bir jadvalda takrorlansada u orqali xam qidiruvni amalga oshirish mumkin. Ma’lumotlar kalitini bir joyga yig’ish (boshqa jadvalga) yoki yozuv sifatida ifodalab bitta maydonga kalitlarni yozish mumkin. Agar kalitlar ma’lumotlar jadvalidan ajratib olinib alohida fayl sifatida saqlansa, u holda bunday kalitlar tashqi kalitlar deyiladi. Aks holda, ya’ni yozuvning bir maydoni sifatida jadvalda saqlansa ichki kalit deyiladi.
    Kalitni berilgan argument bilan mosligini aniqlovchi algoritmga berilgan argument bo’yicha qidiruv deb ataladi. Qidiruv algoritmi vazifasi kerakli ma’lumotni jadvalda topish yoki yo’qligi aniqlashdan iboratdir. Agar kerakli ma’lumot yo’q bo’lsa, u holda ikkita ishni amalga oshirish mumkin:

    1. ma’lumot yo’qligini indikasiya (belgilash) qilish

    2. jadvalga ma’lumotni qo’yish.

    Faraz qilaylik, k – kalitlar massivi. Har bir k(i) uchun r(i) – ma’lumot mavjud. Key – qidiruv argumenti. Unga rec - informasion yozuv mos qo’yiladi. Jadvaldagi ma’lumotlarning tuzilmasiga qarab qidiruvni bir necha turlari mavjud.

    Download 18,84 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   163




    Download 18,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 18,84 Mb.