|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 75/163 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 18,84 Mb. | | #138868 |
Bog'liq O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi tNazorat savollari
Qidiruv vazifasi nimadan iborat?
Noyob kalit deganda nimani tushunasiz?
Ro’yxatda berilgan kalitli element yo’q bo’lganda qaysi amal bajariladi?
Ketma-ket qidiruv va indeksli ketma-ket qidiruvlarning farqi nimadan iborat?
Ulardan qaysi biri samaraliroq va nima sababdan?
Jadvalni qayta tartiblashning qanday usullarini bilasiz?
Topilgan elementni boshiga qo’yish usulining transpozisiya usulidan asosiy farqlari nimalardan iborat?
Mazkur usullar ma’lumotlar qanday ko’rinishda berilganda tezroq ishlaydi?
Ular qanday ro’yxatlarda ishlaydi, ya’ni tartiblangan yoki ixtiyoriy?
Binar qidiruvning mazmun va mohiyati nimadan iborat?
Qanday qilib binar daraxtni chetlab o’tish mumkin?
Binar qidiruvni massivda ishlatish mumkinmi?
Agar bo’sh bo’lmagan daraxtda ildiz o’chiriladigan bo’lsa, u holda uning o’rniga qaysi element o’tadi?
Adabiyotlar.
Adam Drozdek. Data structure and algorithms in C++. Fourth edition. 2013. Chapter 9.
16,17-ma’ruza. Saralashning sodda algoritmlari.
Saralashning yaxshilangan algoritmlari
(4 soat)
Reja:
Saralash tushunchasi, uning turlari.
To’g’ridan to’g’ri qo’shish orqali saralash.
To’g’ridan to’g’ri tanlash orqali saralash.
To’g’ridan to’g’ri almashtirish orqali saralash.
Saralashning yaxshilangan usullari.
Kalitli so’zlar: saralash, ichki saralash, tashqi saralash, regulyarlik, saralash samaradorligi, qo’shish orqali saralash, tanlash orqali saralash, almashtirish orqali saralash (pufaksimon saralash), tez saralash, shell saralashi..
Saralash – bu berilgan to’plam elementlarini biror bir tartibda joylashtirish jarayonidir. Saralashni maqsadi tartiblangan to’plamda kerakli elementni topishni osonlashtirishdan iborat. Saralash dasturlarni translyasiya qilinayotganda, ma’lumotlar majmuasini tashqi xotirada tashkil qilinayotganda, kutubxonalar, kataloglar, ma’lumotlar bazasi yaratilayotganda tadbiq qilinadi. Ma’lumki, saralashning turli hil algoritmlari mavjud. Sababi, bitta masalani saralash uchun juda ko’plab turli hil algoritmlardan foydalanish mumkin. Berilgan masalani hal qilishda ba’zilari mukammal bo’lishi mumkin. Shuning uchun saralash masalasida algoritmlarni qiyosiy tahlilini o’tkazish zarurati paydo bo’ladi.
|
| |