|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
|
bet | 77/96 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 4,69 Mb. | | #14042 |
«Центр» - Markaz bog’lovchisi __
«Квадрант» - Kvadrant bog’lovchisi __
«Касательная» - Urinma bog’lovchisi __
«Нормаль» - Perpendikular bog’lovchisi __
«Параллельно» - Parallel bog’lovchisi __
«Точка вставки» - Qo’yish nuqtasi bog’lovchisi __
«Узел» - Nuqta bog’lovchisi __
«Ближайшая» - Yaqin nuqta bog’lovchisi __
«Ничего» - Hech narsa __
«Режим привязки» - Bog’lash rejimi __
Ushbu panel buyruqlari faoliyat ko’rsatishi uchun ekranda ob’yekt (ob’yektlar) mavjud va Chizish yoki Tahrirlash panelidan biron bir buyruq tanlangan bo’lishi lozim. Chizish yoki Tahrirlash panelidagi biron bir buyruq tanlangandan so’ng Ob’yekt bog’lovchisi paneldagi buyruqlarga murojaat etish mumkin. Barcha bog’lovchi buyruqlarni qo’llanish tartibi bir xil bo’lganligi uchun har bir bog’lovchi xususiyatiga to’xtalib o’tirmasdan ularni qo’llanishini umumiy misollarda ko’rib o’tamiz va ayrimlari batafsil yoritiladi.
Paneldagi bog’lovchi buyruqlarni qo’llashdan oldin dastlab ularni parametrlarini o’rnatib olish lozim. Ushbu parametrlar bir marta o’rnatilsa, har safar AutoCAD dasturini ishga tushirganda parametrlar saqlanib qolaveradi. Parametrlar Ob’yekt bog’lovchisi panelidagi «Режимы привязки» - Bog’lanish rejimlari buyrug’i bilan kiritiladi.
|
| |