O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi




Download 277 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi277 Kb.
#94865
Bog'liq
1 lab
mahsulot-sifatini-oshirish-va-boshqarish-tizimi

1- Tajriba ishi


Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok yuritkichlarining elektromexanik tavsiflarini o‘rganish

Ishni bajarishdan maqsad.


Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok yuritkichlarining tabiiy va sun’iy elektr mexanik tavsiflarini o‘rganish va ularni tajriba yo‘li bilan qurish.

Qisqacha nazariy ma’lumotlar.


Elektr yuritmalarining elektr mexanik xususiyatlari ularning mexanik tavsiflari orqali belgilanadi. Elektr yuritma aylanish tezligining, uning xarakatlantiruvchi momentiga bog‘liqligi mexanik tavsif deyiladi va shaklda ifolanadi.
Elektr yuritma ko‘rsatkichlarining nominal miqdorlari bilan ishlasa va zanjirida qo‘shimcha qarshilik bo‘lmasa mexanik tavsif tabiiy deyiladi.
Elektr yuritma ishlayotganda ko‘rsatkichlarning miqdorlari nominaldan farqli bo‘lsa yoki zanjirida qo‘shimcha qarshilik bo‘lsa mexanik tavsif sun’iy deyiladi.
Tabiiy mexanik tavsiflar qattiqlik bo‘yicha uchta turkumga bo‘linadi. Qattiqlik bu yuklama o‘zgarganda tezlikning o‘zgarish darajasini ko‘rsatadi.
Birinchi turkumga kiruvchi tavsif mutloq qattiq deyiladi, ya’ni yuklama oshganda tezlik o‘zgarmaydi. Sinxron yuritkichlarning mexanik tavsifi bu turkumga kiradi. (1 rasm. 1- grafik)

1-rasm. Mexanik tavsiflarning qattiqlik bo‘yicha turkumlanishi.

Ikkinchi turkumga kiruvchi mexanik tavsiflar qattiq deyiladi, ya’ni yuklama oshganda tezlik ozgina 15% gacha pasayishi mumkin. Mustaqil, parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok va asinxron yuritkichlarning mexanik tavsiflari bu turkumga kiradi. (1- rasm 2,3 grafiklar)


Uchinchi turkumga kiruvchi mexanik tavsif yumshoq deyiladi, ya’ni yuklama oshganda tezlik anchaga pasayadi. Ketma-ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok yuritkichlarining tavsiflari bu turkumga kiradi. (1-rasm 4- grafik)
Mustaqil va parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok yuritkichlarining elektromexanik xususiyatlari bir xil bo‘ladi va elektr sxemalari quyidagicha ko‘rsatiladi.



Mustaqil qo‘zg‘atishli Parallel qo‘zg‘atishli

Ularning mexanik tavsiflari qo‘yidagi tenglama bilan ifodalanadi.


(1)
Bu erda:
– aylanish tezligi.
U - yuritkichdagi kuchlanish.
F - yuritgichning magnit oqimi.
s - yuritkichning tuzilish ko‘rsatkichlariga bog‘liq
koeffitsient.
M - yuritkichning xarakatlantiruvchi momenti.
Rya - yakor cho‘lg‘amining qarshiligi.
Rq - qo‘shimcha qarshilik.
YUqorida aytilganga ko‘ra tenglamada U=Un, magnit oqimi qiymati F=Fn , va yakor zanjiridagi qo‘shimcha qarshilik Rq=0 bo‘lsa, yuritkichning mexanik tavsifi tabiiy bo‘ladi va uning grafigi qattiq ya’ni ozgina qiya to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi.(2 rasm)
Bunda - salt yurish tezligi
- tezlik pasayishi
YUritqichning xarakatlantiruvchi momenti uning cho‘lg‘amlaridagi tokka bog‘liq. Tezlikning tokka bog‘liqligi elektromexanik tavsifi deyiladi va quyidagi formula bilan ifodalanadi

Agar kuchlanishning, magnit oqimining qiymatlari o‘zgartirilsa yoki yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik ulansa sun’iy tavsiflarni olish mumkin.
Quchlanish qiymati o‘zgartirilsa, UN>U1>U2>U3 - tabiiy mexanik tavsifga nisbatan, ω0 salt yurish tezligi o‘zgaradi, Δω tezlik pasayishi o‘zgarmaydi. Bunda tabiiy mexanik tavsifga parallel sun’iy mexanik tavsiflar hosil bo‘ladi.
Ularning qattiqligi o‘zgarmaydi. (3- rasm)

2-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atilishli o‘zgarmas tok yuritkichining tabiiy mexanik tavsifi.



3-rasm. Kuchlanish o‘zgargandagi sun’iy mexanik tavsiflar.


Magnit oqimi qiymatlari o‘zgartirilsa FN>F1>F2>F3 - tabiiy mexanik tavsifga nisbatan ham ω0 - salt yurish tezligi xam Δω - tezlik pasayishi o‘zgaradi. Unda qiyaligi xar hil sun’iy mexanik tavsiflar olinadi. ( 4 rasm).



4 – rasm. Magnit oqimi o‘zgargandagi sun’iy mexanik tavsiflar.


Elektromexanik tavsiflar esa bir Iq nuqtasida kesishadi. (5-rasm)





5 rasm. Magnit oqimi o‘zgargandagi sun’iy elektromexanik tavsiflar.


YAkor zanjiriga qo‘shimcha qarshiliklar ulansa RYAQ1Q2Q3 - ω0- salt yurish tezligi o‘zgarmaydi, Δω - tezlik pasayishi kattalashib boradi. Bir nuqtadan chiquvchi qiyaligi ortib boruvchi, ya’ni yumshoqlashib boruvchi mexanik tavsiflar olinadi.(6-rasm)



6 – rasm. Qo‘shimcha qarshiliklar ulangandagi sun’iy mexanik tavsiflar.


Elektr yuritma muayyan ish bajarayotganda uning ko‘rsatkichlari tabiiy mexanik tavsifda joylashgan bo‘lishi kerak. Sun’iy mexanik tavsiflar ishga tushirish, tezlikni rostlash jarayonlarini bajarishda qo‘llaniladi.


Tajriba ishini bajarish rejasi


1.Tajriba ishi bajariladigan stendning tuzilishi bilan tanishish.


2.Tajriba stendini ish bajarishga tayyorlash.
3.Elektr yuritkichning tabiiy elektromexanik tavsifini qurish.
4.Elektr yuritkichning yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik ulangandagi sun’iy elektromexanik tavsiflarini qurish.
5.Bajarilgan ishning hisobotini tuzish.

Tajriba ishini bajarish tartibi va uslubi.


1. Tajriba ishi bajariladigan stendning tuzilishi.


Tajriba ishi 1-stendda bajariladi. Stendning oldi tomonida, panelda boshqarish va himoya apparatlari, o‘lchash asboblari, signal lampalari o‘rnatilgan va tajriba qurilmasining elektr sxemasi chizilgan (7- rasm). O‘rganilayotgan yuritkich, yuklama mashinasi, yuklama reostati qarshiliklari va qo‘shimcha qarshiliklar stend ortiga o‘rnatilgan. Qo‘shimcha qarshiliklar 1R= 4,8 Om, 2R= 2,4 Om, 3R= 1,2 Om qiymatlarga teng.
O‘rganilayotgan yuritkich va yuklama mashinasi P-32 rusumli o‘zgarmas tok yuritkichlari bo‘lib, engil ketma-ket qo‘zg‘atish cho‘lg‘amiga ega. Bu cho‘lg‘am ish bajarishda ishtirok etmaydi.
YUritkichlarning pasport ko‘rsatkichlari:



  • Nominal quvvat, kVt......................................................................................................4,5

  • Nominal kuchlanish, V..................................................................................................220

  • Nominal tok, A...............................................................................................................24

  • Nominal tezlik, ................................................................................................3000

  • YAkor cho‘lg‘ami qarshiligi, Om.....................................................................................0,58

  • Nominal qo‘zg‘atish toki, A............................................................................................0,7

Aylanish tezligini chegaralash maqsadida yuritkichning tavsiflari pasaytirilgan kuchlanishda (220 V o‘rniga 110 V da) olinadi.


YUritkichning aylanish tezligini o‘lchash uchun, uning o‘qiga taxogenerator o‘rnatilgan. Taxogenerator aylanish tezligini o‘lchash asbobi taxometrga ulangan.
YUklama mashinasi tajriba shunda statik moment xosil qilish uchun qo‘llaniladi, ya’ni ishchi mexanizm vazifasini bajaradi. U o‘rganilayotgan yuritkich bilan yarim muftalar vositasida ulangan. Tavsiflarni olishda almashtirib ulash holatida ishlaydi. (Dinamik tormozlash tavsiflarini olishda yuritkich holatida ishlaydi. Almashtirib ulash tavsiflarini olishda, almashtirib ulash holatida ishlaydi) – 2 ish uchun.
Tajriba qurilmasida qo‘llanilgan elektr uskunalar, elektr sxemada quyidagicha belgilangan.(7-rasm)



7-rasm. Tajriba qurilmasining elektr sxemasi


QF1, QF2, QF3 - avtomat o‘chirgichlar


SA1 - tumbler
SA2 - paketli pereklyuchatel
SA3, SA4, SA5-paketli vыklyuchatellar
RV1, RV2-voltmetrlar
Rn - taxometr
YUM, LYUM - yuklama mashinasi
M, LM - o‘rganilayotgan yuritkich
VR - taxogenerator
RYU - yuklama reostati
1R, 2R, 3R - qushimcha qarshiliklar
4R, 5R - rostlovchi reostatlar
SHu bilan birga apparatlarning holatlari quyidagicha belgilangan:
UL - ulangan holat
UZ - uzilgan holat
YU - yuritkich holati
AU - almashtirib ulash holati
DT - dinamik tormozlash holati
Tajriba ishi stendining tuzilishini, elektr sxemani va yuritkichning ko‘rsatkichlarini ishni boshlashdan oldin diqqat bilan o‘rganib chiqish lozim.
2. Tajriba stendini ish bajarishga tayyorlash.
Tajriba stendi elektr tarmoqqa taqsimlovchi shkaf orqali ulanadi.
2.1 Stend oldi tomonidagi 1- va 2- klemmalar ulab qo‘yiladi.
2.2. Stendga, qo‘zg‘atish cho‘lg‘amlari 300V, yuklama mashinasi uchun 220V, o‘rganilayotgan yuritkich uchun 110V kuchlanishli o‘zgarmas tokini uzatish uchun shkafdagi 1, 2, 6, 11 – avtomatlar ulanadi.
2.3. Stenddagi tegishli signal lampalari yonadi.

3. Elektr yuritkichning tabiiy elektromexanik tavsifini qurish.


Tabiiy elektromexanik tavsifini qurish quyidagi tartibda bajariladi:
Quyidagi shaklda tajriba ishi ko‘rsatkichlari jadvali tuziladi.





RA1

RV1

Rn

RA2

RV2

n(n)

Rq

O‘lchov birligi

A

V



A

V



Om

1.
2.
3.
4.



















0
0
0
0

3.1. SA1 tumbleri AU xolatiga, SA2 pereklyuchatel YU xolatiga o‘tkaziladi.


3.2. YUM yuklama mashinasi zanjiridagi Ryu reostati dastlabki to‘liq qarshilik xolatiga qo‘yiladi.
3.3. QF3 avtomati ulanadi. 4R va 5R reostatlari bilan LYUM, LM qo‘zg‘atish cho‘lg‘amlarida 0,7 A tok o‘rnatiladi (RA3 va RA4 ampermetrlarining yuqori shkalarida 35 bo‘lak bo‘ladi).
3.4. SA3, SA4, SA5 vыklyuchatellari Uz xolatiga o‘tkaziladi.
3.5. QF1, QF2 avtomatlari ulanib, YUM yuklama mashinasi va M yuritkich ishga tushiriladi.
3.6. SA3, SA4, SA5 vыklyuchatellari Ul xolatiga o‘tkazilib, yuritkichni tabiiy mexanik tavsifini olishga tayyor qilinadi. Bunda yuritkich zanjiridagi qo‘shimcha qarshilik Rq=0 bo‘ladi.
3.7. RYU reostati qarshiligini kamaytirib, YUM yuklama mashinasining toki oshira boriladi, ya’ni yuritkichga qo‘yilgan yuklama oshiriladi. Bunda 4-5 nuqta olinadi (RA1, RV1, RA1, RV2, Rn o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlari olinib jadvalga yoziladi). RA1 va RA2 ampermetr ko‘rsatkichlari YUM va M yuritkichlarning nominal toki qiymatlaridan oshmasligi lozim.
3.8. RYU reostati dastlabki holatiga keltiriladi.
Jadvaldagi n(n) ya’ni tezlikning nominal kuchlanishga muvofiq miqdori qo‘yidagi ifoda orqali hisoblanadi:

bu erda:
Un - M yuritkichning nominal kuchlanishi;
n, U, I - tajriba yo‘li bilan olingan M yuritkichning aylanish tezligi, kuchlanishi va toki miqdorlari.
Jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlarga asosan yuritkichning tabiiy elektromexanik tavsifi grafigi koordinata tizimining I kvadrantasida quriladi. Abssissa o‘qida M yuritkichning toki miqdorlari (ampermetr, RA2 ko‘rsatkichlari), ordinata oqida n(n) tezligi miqdorlari belgilanadi.

4. Elektr yuritkichning yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik ulangandagi sun’iy elektromexanik tavsiflarini qurish.


Sun’iy elektromexanik tavsifini qurish yuqoridagi 3.8-banddagi dastlabki holatdan boshlab, qo‘yidagi tartibda bajariladi:
YUqorida keltirilgan shakldagi jadval tuziladi.



RA1

RV1

Rn

RA2

RV2

n(n)

Rq

O‘lchov birligi

A

V



A

V



Om

1.
2.
3.
4.



















4.8
4.8
4.8
4.8

1.
2.
3.
4.



















7.2
7.2
7.2
7.2

1.
2.
3.
4.



















8.4
8.4
8.4
8.4

Jadvalda ko‘rsatilgandek uch hil miqdordagi qo‘shimcha qarshiliklar ulanib, yuritkichning sun’iy tavsiflari quriladi.


4.1. Rq=4,8 Om qo‘shimcha qarshilik SA3 vыklyuchateleni Uz holatiga o‘tkazib, ulanadi. Bunda SA4 va SA5lar Ul xolatida qoladi.
4.2. RYU reostati qarshiligini kamaytirib YUM yuklama mashinasining toki oshira boriladi, ya’ni yuritkichga qo‘yilgan yuklama oshiriladi. Bunda 4-5 nuqta olinadi. (RA1, RV1, RA1, RV2, RV2,RK o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlari olinib jadvalga yoziladi). RA1 va RA2 ampermetrlarning ko‘rsatkichlari YUM va M yuritkichlarning nominal toklari qiymatlaridan oshmasligi lozim.
4.3. RYU reostati dastlabki holatiga keltiriladi.
4.4. Rq=7,2 Om qo‘shimcha qarshilik ulash uchun, endi SA4 vыklyuchateli ham Uz xolatiga o‘tkaziladi. SA5 Ul holatida qoladi. Bundan keyin tajriba yuqorida 4.2. bandda ko‘rsatilgan tartibda bajariladi va bunda aylanish tezligini 0 gacha pasaytirilmaslik lozim. So‘ng yana RYU dastlabki holatga keltiriladi.
4.5. Rq= 8,4 Om qo‘shimcha qarshilik ulash uchun, endi SA5 vыklyuchateli ham Uz holatiga o‘tkaziladi va tajriba 4.4. bandda ko‘rsatilganga amal qilgan xolda bajariladi.
RYU dastlabki holatga keltirilgandan so‘ng, stend qo‘yidagi tartibda o‘chiriladi.
4.6. QF1 va QF2 avtomatlari uziladi.
4.7. 4R va 5R reostatlari orqali LYUM va LM qo‘zg‘atish cho‘lg‘amlarining toklari minimal miqdorga keltirilib QF3 avtomati uziladi.
4.8. Taqsimlovchi shkafdagi 11,6,2 va 1 – avtomatlar o‘ziladi.
Sun’iy elektromexanik tavsiflarni qurish uchun ham n(n) qiymatlari yuqoridagi formula orqali hisoblanadi.
Sun’iy tavsiflarning grafiklari xam tabiiy tavsif bilan birga koordinata tizimining I kvadrantasida quriladi.

5. Bajarilgan ishning xisoboti.


Xisobga sarvaraq yoziladi. Xisobotning mazmuni qo‘yidagilardan iborat bo‘ladi.
1. Ishning nomlanishi.
2. Ishni bajarishdan maqsad.
3. Elektr yuritkichlarning elektr sxemasi.
4. Tajriba qurilmasining elektr sxemasi
5. Tajriba ishi ko‘rsatkichlari jadvallari.
6. Elektr yuritkichning qurilgan tabiiy va sun’iy elektromexanik tavsiflari grafiklari.
Download 277 Kb.




Download 277 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi

Download 277 Kb.