• Analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida o„rganiladi. Sintez
  • Tushunchaning mazmuni
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/59
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,17 Mb.
    #245620
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
    Bog'liq
    Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

    Taqqoslash
    yordamida predmetlar o„zaro solishtirilib, ularning 
    o„xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual 
    belgilari aniqlanadi. Taqqoslash analizni taqozo qiladi. Chunki predmetlarni 
    yaxlit holda solishtirib bo„lmaydi. Ular u yoki bu xossasiga ko„ra 
    taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim.
    Analiz
    yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga 
    ajratilib, har qaysisi alohida o„rganiladi. 
    Sintez
    analizga teskari usul bo„lib, u analiz davomida ajratilgan qismlar, 
    tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun holiga keltirishdan 
    iborat. Sintez bo„lmasa predmet haqida yaxlit fikr hosil qilib bo„lmaydi. 
    Analiz va sintez uzviy bog„liqdir.
    Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan 
    aniqlangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, 
    nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa 
    abstraksiyalash
    yordamida 
    amalga oshiriladi. 
    Umumlashtirishda
    predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim 
    xususiyatlariga ko„ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa bitta 
    tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati 
    yaratiladi. 
    Tushunchalar so„z va so„z birikmalari yordamida ifoda qilinadi. 
    Masalan “talaba”, “universitet,”, “muhandislik texnologiyalari fakulteti”, 
    “Toshkent davlat texnika universiteti”. Lekin bundan tushuncha va so„z 
    aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bitta tushuncha har 
    xil tillarda, ba‟zan bir tilda ham turli xil so„zlar bilan ifoda qilinadi. 
    Tilimizdagi omonim va sinonim hodisalari so„z va tushunchaning nisbiy 
    mustaqil holda mavjudligidan dalolat beradi. 
    Tushuncha o„zining mazmuni va hajmiga ega. 
    Tushunchaning 
    mazmuni
    ni unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari yig„indisi 
    tashkil etadi. Masalan, “fan” tushunchasining mazmunini fanning muhim 
    belgilari, ya‟ni uning amaliyot bilan aloqada ekanligi, predmetlarning 
    birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, prinsiplar shaklidagi obyektiv 
    chin (haqiqiy) bilimlar sistemasidan iborat bo„lishi, dunyoqarashning 
    shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi. 

    Download 1,17 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish