Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




Download 1,78 Mb.
bet29/71
Sana13.05.2024
Hajmi1,78 Mb.
#230004
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71
Bog'liq
majmuaIvaRT2-semestr

Dars jihozi: Shaxsiy kompyuter, videoproyektor, Audiojihozlar, Kolonka, Akustik tizimlar va boshqalar;
Kutilayotgan natija: Mavzu yuzasidan bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘ladi.
Masalaning qo‘yilishi: Berilgan topshiriqni qo‘yilgan reja asosida bajarish va shu asosda hisobot tayyorlash.
Nazariy qism:
"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi faoliyati mamlakatimizda davlatning aholi va tadbirkorlik subektlari bilan elektron hamkorlik tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning strategik yo‘nalishlariniishlab chiqishga qaratilgan. Davlat organlarida foydalaniladigan ma'lumotlarbazasi va axborot resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va birlashtirish mexanizmini nazarda tutadigan ushbu tizimni shakllantirishga yagona texnologik yondashuvnita'minlaydigan mazkur markaz bu boradagi jahon tendensiyalari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil va tadqiq etadi, elektron hukumat" tizimini rivojlantirish jarayonida tadbirkorlik subektlari va aholiga vaqt va mablag‘ni tejagan holdasifatli davlat xizmatlari ko‘rsatish, yangi-yangi xizmatlarni elektron ravishga o‘tkazish kabi vaziflarni hal etadi.
Axborot xavfsizligini ta'minlash markazining asosiy maqsadi esa"elektron hukumat" tizimi ma'lumotlar bazasi, resurslari va axborot tizimlari kompleksining axborot xavfsizligini ta'minlash, davlat organlarining tegishli resurs va tizimlarining axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish, "elektron hukumat" tizimining axborot xavfsizligini ta'minlash sohasidagi me'yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish, shuningdek, milliy internet segmentini takomillashtirish borasida ishlarni amalga oshirishdan iborat.
2013 yilning 1 iyulida respublikamizda "elektron hukumat" tizimning eng muhim vositalaridan biri bo‘lgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirildi (www.my.gov.uz). Yagonaportalning shiori "Xizmatlar yangiqiyofada" deb nomlanib, uning ma'nosi real vaqt rejimida foydalanuvchilar uchun interaktiv davlat xizmatlarini yagona nuqta orqali taqdim etishni anglatadi.
Bugungi kunda Yagona portal orqali foydalanuvchilarga 220dan ortiq xizmatlar taqdim etilmoqda.
Yagona portal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013yil 14 fevraldagi PF-1920-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Obod turmushyili" Davlat dasturigahamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining" Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portal faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2012yil 30 dekabrdagi 378-son qaroriga asosan yaratilgan.
Yagona portalda tadbirkorlik sub'ektlari va aholi uchun yilboshidan 30 ta yangi xizmat va servislar ishga tushirildi.
Hozirda foydalanuvchilar, asosan tadbirkorlik sub'ektlari Yagona portal orqali quyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:

  • Tekshirishlar reja-jadvalidan elektron ko‘chirma olish;

  • Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axbort tizimida tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ma'lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;

  • Tadbirkorlik sub'ektlari uchun ularni gaz ta'minlash tarmoqlariga ulanishlari uchun texnikshartlarni taqdim etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish

  • "SMS-To‘lov"to‘lov tizimi orqali ba'zi turdagi xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;

  • Tadbirkorlik sub'ektlari uchun to‘lov terminallari bilan ta'minlash, mahalliy avtotransport vositalarini xarid etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish;

  • Faoliyatning ba'zi turlari uchun litsenziyalar va ruxsatnomalarni olish uchun arizalarni taqdim etish va h.k.

2014 yilning 1 oktyabrida Yagona portalda tadbirkorlik sub'ektining kabineti ishga tushirildi. Ushbu kabinet orqali tadbirkorliksub'ektlari turli soliq, statistikava boshqa turdagi hisobotlarni shakllantirishlari va yuborishlari, turli to‘lovlarni amalga oshirishlari, turli ma'lumotlarni olishlari va boshqa turdagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Respublikamizda "elektron hukumat"ni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, interaktiv davlat xizmatlarini takomillashtirish maqsadida vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub'ektlari uchun quyidagi xizmatlarni joriy etish uchunchora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirilgan:

  • Mutassadi tashkilotlar bilan birgalikda yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha materiallarni kelishish uchun elektron arizani taqdim etish, shuningdek qurilish sohasida ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ariza taqdim etish;

  • Ishlab chiqariluvchi va olib kirilayotgan mahsulotni Milliy sertifikatsiya tizimidan sertifikatdan o‘tkazish uchun elektron arizani taqdim etish;

  • tovarva mahsulotlarni vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) uchun ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish;

  • eksport bojxona rejimida tovarlarni joylashtirish uchun ruxsatnomani olish uchun elektron ariza taqdim etish va h.k.




Download 1,78 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71




Download 1,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

Download 1,78 Mb.