• Mavzu: Auditning kasb etikasi va uning asosiy prinsiplari Auditning kasb etikasi va uning asosiy prinsiplari Reja
  • – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog’liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi toshkent moliya instituti sbha 81-guruh talabasi nagashibayev temur sabit uli




    Download 293,08 Kb.
    bet1/6
    Sana14.12.2023
    Hajmi293,08 Kb.
    #119025
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    auditning kasb etikasi va prinsiplari leksiya


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI


    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI




    SBHA 81-GURUH TALABASI
    NAGASHIBAYEV TEMUR SABIT ULI

    AUDIT” fanidan



    MUSTAQIL ISHI
    Tekshiruvchi: Avlakulov A.

    Mavzu: Auditning kasb etikasi va uning asosiy prinsiplari
    Auditning kasb etikasi va uning asosiy prinsiplari
    Reja:

    1. Auditor etikasi (axloqi)

    2. Auditorlik tamoyillari


    Kirish:
    «Audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog’liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida
    tadqiq etilishidir». Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.


    1) Auditor etikasi (axloqi). Yuzaki qaraganda unchalik tanish va odatiy bo’lmagan so’z birikmasi. Masalan, pedagog yoki vrach etikasi, odatda, hammaga tanish va hech kimni hayratlantirmaydi. Bular kasb etikasining turlari bo’lib, kishilarning kasbiy faoliyatlaridan kelib chiqadi va ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ma’naviy-ahloqiy jihatlarini tavsiflaydi. Barcha axloqiy talablar umuminsoniy negizga ega bo’lishiga qaramasdan, ayrim kasb turlari uchun ularning o’ziga xos ahloqiy me’yorlari shakllangan. Bunday kasb egalari
    sohani ham nazariy, ham uslubiy, ham amaliy jihatdan yuksak professional darajada bilishlari bilan birga, shakllangan, me’yoriy-huquqiy asosga ega ahloqiy jihatlari bilan ham boshqalardan ajralib turadi. Auditorlik ham mana shunday murakkab kasblar qatoriga kiradi.
    Shu boisdan, mamlakatimizda «O’zbekiston auditorlarining kasbga oid ahloq kodeksi »
    ishlab chiqilib, O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi (O’BAMA
    tomonidan-26.08.2005y.) va O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP tomonidan- 25.06.2005y.)
    amaliyotga tadbiq etildi.
    Yuqorida ta’kidlanganidek, vrach etikasi, Gippokrat qasamyodi bizga qadimdan tanish
    tushunchalar. Auditor bajaradigan ishlarni esa vrach vazifalari bilan qiyoslash mumkin.
    Farqi shundaki, vrach bajaradigan xayrli ish inson organizmi bilan bog’liq bo’lsa, auditor
    faoliyati «korxona organizmi» ustida, unga aniq «tashhis» qo’yib, moliyaviy sog’lomlashtirish ustida olib boriladi.
    Lekin, ayrim hollarda auditordan «vaziyatni tushunish», «yuz-xotir qilish», «ko’zni chirt yumish» kabilar talab qilinadi. Bunday hollarda qanday yo’l tutish kerakligi «O’zbekiston auditorlarining kasb etikasi kodeksi» loyihasida bayon etilgan.
    Kodeks 18 ta moddadan iborat bo’lib, auditorlar oldiga qo’yiladigan ahloqiy talablar mazmuni haqida ushbu moddalar orqali tasavvurga ega bo’lish mumkin:
    1-modda. Vijdonlilik va obektivlik.
    2-modda. Ahloqiy nizolarni hal etish.
    3-modda. Professional kompetentlilik.
    4-modda. Maxfiylik.
    5-modda. Soliq amaliyoti.
    6-modda. Xalqaro faoliyat.
    7-modda. Omma uchun axborotni taqdim etish.
    8-modda. Mustaqillik.
    9-modda. Kasbiy layoqatlilik va auditor bo’lmagan shaxslardan foydalanishga bog’liq
    majburiyatlar.
    10-modda. Shartnoma bo’yicha va komission to’lovlar.
    11-modda. Auditor amaliyotiga muvofiq kelmaydigan faoliyat.
    12-modda. Boshqa auditorlar bilan munosabatlar. Yangi xodimlarni qabul qilish.
    13-modda. Reklama va xizmatlarni taklif qilish.
    14-modda. Manfaatlar nizosi.
    15-modda. Hamkasblarni qo’llab-quvvatlash.
    16-modda. Professional kompetentlilik.
    17-modda. Axborotlarni taqdim etish.
    18-modda. Intizomiy choralar.

    Auditorlik kasbining axloqiy me’yorlari uning tarixiy taraqqiyoti yo’lida shakllangan: mustaqillik, kompetentlilik (puxta bilimga egalik), halollik, vijdonlilik, haqqoniylik va maxfiylik (sir saqlash) kabi xalqaro printsiplari negizida shakllangan. Ushbu printsiplar mazkur loyihaning yuqorida keltirilgan moddalarida o’z ifodasini topgan. Shu boisdan, bularga batafsilroq to’xtalib o’tamiz.


    Loyihada malakali auditorlarning kasbga oid ahloqiy me’yorlari mujassamlashgan,
    auditorlik hamjamiyati muhitida qaror topgan ahloq-odob qadriyatlari aniqlangan.
    Umuminsoniy va kasb etikasi me’yorlariga auditorlik tashkilotining rahbari, har bir auditori va boshqa xodimlari qat’iy rioya qilishlari zarur. Auditor uchun eng yuqori ahloqiy me’yor har qanday vaziyatda ham qonunni ustun qo’yish, ishonchga sazovor aniq dilillarga asoslangan auditorlik xulosasi tuzish, yo’l qo’yilgan
    xato-kamchiliklarni tahlil qilib, ularni tuzatish yo’llarini aniqlash, korxona moliyaviy ahvolini yaxshilaydigan tavsiyalar berishdan iborat. Buning uchun auditorning kasb mahorati vijdon, or-nomus kabi ahloqiy fazilatlar bilan ham uyg’unlashgan bo’lmog’i lozim.
    Auditor hamma vaqt mustaqil bo’lishi kerak. Bu printsip, agar auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona o’rtasidagi munosabatlar (moliyaviy, qarindosh-urug’chilik yoki shaxsiy tobelik, boshqaruv organlari yoki umumiy loyihalarda qatnashish, buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha oldindan xizmat ko’rsatish va h.k.) auditorlik faoliyati natijalariga ta’sir ko’rsatadigan bo’lsa, auditorlik tashkiloti audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatishdan voz kechish lozimligini bildiradi.
    Audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatish chog’ida auditor professional
    kompetentlilikka rioya qilishi zarur. Audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatish bo’yicha majburiyat olgan auditor mazkur sohada o’zining kompetentliligiga ishonch hosil qilishi lozim. Xususan, o’z majburiyatini vijdonan bajarishi, auditorlik xizmatlarini kafolatlay olishi uchun zamonaviy metodikaga asoslangan va barcha amaldagi me’yoriy hujjatlar qoidalari hisobga olingan, etarli darajadagi bilim va tajribaga ega bo’lishi lozim.
    Auditor o’zining bilim va tajribasi etishmagan, hamda uning malaka sertifikatiga mos kelmagan hollarda auditorlik tekshiruvlari o’tkazmasligi va professional xizmatlar ko’rsatmasligi kerak.
    Auditorlik tashkiloti murakkab masalalarni hal qilishda auditorga yordam berish uchun malakali ekspert-mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Ta’bir joiz bo’lsa, Luqmoni Hakimning o’gli Saronga aytgan: «Bilmagan narsangda ustozlik qilma» degan nasihatini eslatishimiz o’rinlidir.
    Auditorlar buxgalterlik hisobi, soliqqa tortish, moliyaviy faoliyat va fuqarolik huquqi, auditni tashkil etish va rejalashtirish, qonunchilik, buxgalterlik hisobi va auditorlik faoliyatining milliy va xalqaro standartlari, hamda normalari sohasidagi o’z professional bilimlarini doimo yangilab borishlari lozim.
    Audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatishda auditor halol bo’lishi, barcha
    vujudga kelgan vaziyatlar va real faktlarni shaxsiy adovatlarga yo’l qo’ymasdan, xolisona o’rganishi, auditorlik faoliyatining xalqaro va milliy standartlari talablariga rioya qilishi lozim. Agar u halollikni rad etib, tez boylik orttirish maqsadida «imzosini sotish» yo’liga o’tib olsa, o’zining kasb mahoratini yo’qotadi. Natijada, auditorlik xizmati bozorida o’ziga o’rin topa olmaydi va auditorlik hamjamiyatida beobro’ bo’lib qoladi.
    Auditor soliq qonunchiligining barcha jihatlariga qat’iy rioya qilishi lozim. Soliqqa
    tortish bo’yicha professional xizmat ko’rsatish chog’ida auditor mijoz-korxona manfaatlarini himoya qiladi. Lekin u mijoz-korxona soliqni yashirish va soliq organini aldash maqsadida hujjatlarni qalbakilashtirishga yo’l ko’rsatmasligi kerak. Soliq hisob-kitoblari va to’lanishi bo’yicha tekshiruv jarayonida aniqlangan barcha xato-kamchiliklar to’g’risida mijozkorxona ma’muriyatiga bildirishi zarur.
    Auditor tekshiruv jarayonida olingan mijoz-korxona faoliyati to’g’risidagi barcha
    axborotlarni, uning bilan aloqa to’xtatilgan yoki davom etayotganligidan qat’iy nazar, cheklanmagan vaqt davomida maxfiy saqlashi lozim. Auditor ushbu axborotlarni o’z foydasi uchun yoki har qanday uchinchi tomon foydasi uchun, hamda mijoz-korxona manfaatlariga zid ravishda ishlatishga haqli emas. Auditorlik tashkiloti, auditor yordamchilari hamda boshqa xodimlari maxfiy axborotlarning saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
    Quyidagi hollarda mijoz-korxonalarning maxfiy axborotlarini chop etish va boshqa
    shaklda oshkor qilish professional etikani buzish hisoblanmaydi:
    O’zbekiston Respublikasi Auditorlik Faoliyati Milliy standartlariga rioya qilishda;
    Sudlashuv jarayonlarida auditorlarning professional manfaatlarini himoya qilishda;
    Tashkilot, ishtirokchi yoki professional organ tomonidan o’tkazilgan sharhlar
    sifatining muvofiqligini tekshirishda;
    Tashkilot, ishtirokchi yoki tartibga soluvchi organ tomonidan o’tkazilgan so’rov yoki tergov jarayonida savollarga javob berishda.
    Auditorlik tashkiloti o’z professional xizmatlarining shart-sharoitlari va haq to’lash
    tartibini mijoz-korxona bilan oldindan kelishib, shartnomada aks ettirishi zarur. Auditorlik xizmatlari uchun to’lanadigan haq ko’rsatiladigan xizmatlarning hajmi va sifati bilan aniqlanib, ularning murakkabligi, auditorlarning malakasi, tajribasi, professional obro’si va mas’uliyatlilik darajasiga bog’liq. Auditorlik xizmatlarini reklama qilish halol, odob doirasidan chetga chiqmagan, mijozlarni aldash va adashtirish ehtimolidan uzoq bo’lishilozim.
    Auditorlar hamkasblari bilan yaxshi munosabatda bo’lishlari, ular bilan auditorlik
    tajribalarini almashishlari, ular faoliyatini asossiz tanqid qilmasliklari lozim.
    Hamkasblarining kamchiliklarini ko’rsatish faqat do’stona va samimiy tarzda bo’lishi kerak.
    Yuqorida ko’rsatilgan ahloq me’yorlariga rioya qilish auditorlarning yuqori ahloqi va professional mas’uliyatlari jamoatchilik fikrida ushbu kasbga hurmat va ishonchni saqlashning obektiv zarurligi bilan kafolatlanadi.
    Xalqaro amaliyotda «Auditorlarning kasb ahloqi Kodeksi» vaqti-vaqti bilan yangilanib, ayrim qoidalari yangi tahrirda tasdiqlanmoqda, ularga yangi tushuntirishlar va izohlar berib borilmoqda.
    2) Amerika Qo'shma Shtatlarida audit standartlari tarixan o'n umumiy qabul qilingan audit standartlari (odatda o'n standartlar deb ataladi ) moliyaviy hisobotlar auditi uchun poydevor bo'lib xizmat qilgan. Ayni paytda, PCAOB (ular o'z muvaqqat standartlari qismi sifatida PCAOB tomonidan qabul qilingan) standarti bu o'n standartlarni birlashtiradigan standart tashkil etdi. AICPA etti tamoyillari bilan o'n standartlari o'rnini almashdi. Tahriran audit standartlari farqi bo'lsa-da, asosiy maqsad audit sifatli tarzda amalga oshirilishi kerak. PCAOB qo’llanma- O’n Standartlar
    O'n standartlari uchta turga bo’linadi:
    Umumiy standartlari auditor va audit firmasi uchun amal qiladi va tanlash va
    jamoatchilik ishonchini qondirish uchun o'z mutaxassislarini tayyorlashda yo'l-yo'riq ko’rsatadi. Umumiy standartlar quyidagilarni talab etadi:
    1. Audit jaryoni auditor tomonidan yetarli texnik ta'lim va malakaga ega bo’lgan
    shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
    2. Auditorlar auditorlik tekshiruvini o'tkazishda ularning ruhiy munosabatda mustaqil bo'lishi (aslida mustaqillik) va foydalanuvchilar tomonidan mijozning (qiyofasi mustaqillik) mustaqil idrok qilinishi hisoblanadi.
    3. Audit -professional ehtiyotkorlik bilan standart asosida kuchli e’tibor asosida
    auditor tomonidan olib boriladi.
    Yordamchi standartlar audit o'tkazishda amal qiladi va quyidagilarni talab etadi:
    4. Audit to'g'ri rejalashtirilgan va nazorati ostida bo'ladi.
    5. Auditor muayyan audit testi ishlab chiqish muhim shart sifatida, mijozning nazorat tushunchasini rivojlantiradi.
    6. Auditor audit xulosasini taqdim etishda, yetarli darajadagi tegishli audit dalillarni olishini taminlaydi.
    Hisobot standartlar auditorlik tashkilotining xulosasi uchun amal qiladi va quyidagilarni talab etadi:
    7. Auditor moliyaviy hisobotlarni Umuman qabul qilingan Buxgalteriya tamoyillari
    (GAAP) yoki Moliyaviy hisobotning Xalqaro standartlar (IFRS) doirasida o’zining ijobiy xulosasini taqdim etidi.
    8. Auditor auditorlik hisobotida oldingi davrga nisbatan joriy davrda kuzatilmagan
    holatlarda buxgalteriya printsiplarini aniqlashtiradi
    9. Auditor yetarlilik darajasini ko'rib chiqadi, va auditor axborot izohlari yetarli emas deb xulosa qilsa, auditor buni auditorlik hisobotida aks ettirishi shart
    10. Auditor to’liq izholay olmagan fikrini moliyaviy hisobot buyicha auditorlik
    xulosasida bildiradi
    AICPA: auditini yetakchi tamoyillari
    AICPA o'n standartlari o'rniga, auditda yetakchi etti asosiy tamoyillarni ishlab chiqdi.
    Ularning o'ziga xos tamoyillari to'rt kategoriya bo’lib, ular quyidagilar:
    Audit jarayonida auditning maqsadi.
    1. Auditning maqsadi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotning ishonch darajasini oshirishdan iborat. Auditor moliyaviy hisobot ustida xulosa bildirganda bu maqsadga erishiladi.
    2. Audit bu menejmentning javobgarligidagi tayyorlangan moliyaviy hisobotlar,
    moliyaviy hisobotlar ustidan ichki nazoratni ta’minlash, va auditor uchun tegishli axborot bilan ta’minlash va auditorga foydalanishga ruxsat bulishiga asoslangandir.
    Majburiyatlar
    3. Auditorlar tegishli vakolat va imkoniyatlarini saqlab qolish uchun audit davomida professional shubha va axloqiy talablarga rioya qilish kerak
    Bajarish
    4. Auditor moliyaviy hisobotlardagi muhim xato mavjud bo’lganda sabablarini bilishi lozim.
    5. Asosli sabablarini olganda auditor rejalashtirish va kuzatishi, jiddiylik darajasini
    aniqlashi, jiddiy xatolarni riskini aniqlashi, audit jarayonini tuzish va amalga oshirish uchun risklarni baholashi.
    6. Auditda auditor moliyaviy hisobotlarda mavjud jiddiy xatolar haqida mutlaq
    ishonch bilan ta'minlash imkoniyatiga ega bo’lmagab tabiiy cheklovlar mavjud.
    Hisobot
    7. Auditor to’liq izholay olmagan fikrini moliyaviy hisobotda jiddiy xatolik buyicha auditorlik xulosasida bildiradi Auditorlik xulosasini shakllantirish jarayoni
    Auditor sifatida siz faqat bir tashkilotning moliyaviy hisoboti auditni amalga oshirrishingiz mumkin, yoki siz tashkilotning moliyaviy hisobotlar auditi va moliyaviy hisobotlarni ustidan ichki nazorat integratsiyasini amalga oshirishingiz mumkin. Kompleks audit AQShda yirik
    aktsiyonerlik kompaniyalari uchun talab qilinib, uni asosiy tamoyillari har qanday moliyaviy hisobotlar auditi uchun amal qiladi. "Kompleks auditning ijobiy tomoni” amaliy auditda ko'rsatilishicha, moliyaviy hisobot auditi va ichki nazorat integratsiyasi auditda samaradorlikka olib keladi.
    Audit xulosasini shakllantirish jarayoni asosan moliyaviy hisobot auditi va kompleks audit uchun bir xil bo'ladi. Biroq, kompleks auditda auditor moliyaviy hisobot ustidan ichki nazorat tizimining samaradorligi fikrini beradi va moliyaviy hisobotlar ustida xulosa berishda qo'shimcha audit ishini amalga oshiradi. Xususan, auditor mijozning balans
    sanasidagi ichki nazorat sharotida jiddiy xatolik mavjud bo’lganda auditorning rejalashtirish va amalga oshirish ishi.
    Har qanday darajadagi va har qanday faoliyat xarakteridagi korxona muayyan hududiy mansublik va davlat hokimiyatining muayyan hududiy boshqaruvi qonunlariga bo'ysunish asosida ishlaydi. Agar tijorat tadbirkorligi haqida alohida gapiradigan bo'lsak, bu erda hisobot hujjatlarining to'g'ri to'ldirilishi va tegishli organlarga o'z vaqtida taqdim etilishi ustidan nazorat juda jiddiy darajada amalga oshiriladi. Shunga ko'ra, bu omil katta va kichik firmalarning rahbarlari tashqi audit to'lashdan oldin o'z korxonasidagi ishlarning holatini tushunish va chuqur o'rganish uchun o'z bo'ysunuvchilari va butun bo'limlari faoliyatini dastlab mustaqil ravishda nazorat qilishga moyil bo'lishiga yordam beradi. ayniqsa shubhali nuqtalarga e'tibor bering. Shu sababli, yirik firmalarning egalari nazorat va audit faoliyatini amalga oshirish uchun tashqi mutaxassislarni jalb qilishlari va ularning tizimli ish jarayonidagi mumkin bo'lgan nomuvofiqliklar va zaifliklarni aniqlashlari odatiy hol emas.kompaniyalar. Shunday qilib, korxonada ichki audit tashkil etiladi, uning maqsadi buxg alteriya bo'limining ishlashini va umuman kompaniyada amalga oshiriladigan tegishli operatsion protseduralarni tekshirishdan iborat.

    Download 293,08 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 293,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi toshkent moliya instituti sbha 81-guruh talabasi nagashibayev temur sabit uli

    Download 293,08 Kb.