O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus




Download 474.17 Kb.
bet13/58
Sana28.02.2022
Hajmi474.17 Kb.
#18217
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58
Bog'liq
sanoat-korxonalarida-elektr-energiya-sifat-ko-rsatkichlarini-tadqiq-etish
1-Sеntyabr mustаqillik bаyrаmi ssenariysi (1), Ekologik tushkunliklar, Mahmudova Dildora, chrome tarixi
Savol va topshiriqlar

  1. Metrologiya fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi to’g’risida gapirib bering.

  2. Metrologiya fanining mohiyati nimadan iborat?

  3. Metrologiya fanining rivojlanishida qanday bosqichlarni ko’rsatishimiz mumkin?

  4. Hozirda o’zbek metrologiya xizmatining olida turgan asosiy vazifa nimadan iborat?

  5. Tabiiy va antopometrik birliklar to’g’risida so’zlab bering.

  6. Kelgusida egallaydigan mutaxassisligingiz doirasida o’lchashlarning ahamiyati qanday?

  7. Ilm-fan va iqtisodiyotning rivojlanishida sharq metrologiyasining tutgan o’rni.

  8. Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta’minot haqida tushuncha bering.

  1. BOB. METROLOGIYANING HUQUQIY
    ASOSLARI


  1. O’zbekiston Respublikasining “Metrologiya to’g’risida” gi
    Qonuni


Ma’lumki, 1993 yilning 28 dekabrida Prezidentimiz tomonidan ketma-ket uchta, ya’ni “Standartlashtirish to’g’risida”, “Metrologiya to’g’risida” va “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish” Qonunlari imzolangan edi. Bu qonunlarning hayotga tadbiq etilishi respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi rivojlanish bosqichiga ko’tarilishiga asos bo’ldi. Shulardan biri, ya’ni “Metrologiya to’g’risida” gi qonun ustida biroz to’xtalib o’tamiz.
Bu qonun respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik ta’minot masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi.
“Metrologiya to’g’risida” gi qonun 5 bo’limdan iborat bo’lib, bu bo’limlar 21 moddani o’z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yo’lga qo’yish va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funksiyalari, bu boradagi javobgarliklar bo’yicha keng ma’lumotlar berilgan.
Qonunda ko’rsatilganidek, o’lchash vositalarining davlat sinovlarini o’tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro’yxatiga kiritish “O’zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunda yana bir masala - davlat ro’yxati belgisini qo’yish to’g’risida ham bayon etilgan. “Metrologiya to’g’risida” gi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o’lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat ro’yxati belgisi qo’yilishi shart.
Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi o’lchash vositalarining holati va ularni vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan o’tkazib turish har doim e’tiborda bo’lmoqligi lozim. Ular bo’yicha ro’yxatlar tuziladi va o’lchash vositalari turkumlarining ro’yxati “O’zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan bog’liq o’lchash vositalari, asboblari, qurilmalari hamda o’lchovlari “Metrologiya to’g’risida”gi Qonunning 17-moddasi asosida “O’zstandart” agentligining davriy ravishda qiyoslashdan o’tkazilib turilishi lozim bo’lgan o’lchash vositalari guruhining ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, shu qonunning 7-moddasiga binoan, amaliy foydalanishda bo’lgan o’lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi o’lchash natijalari bilan ta’minlashlari lozimligi alohida ko’rsatib o’tilgan.
Metrologiyaning aksiomalari
Har bir fanda bo’lgani kabi metrologiyada ham talaygina aksiomalarni ko’rishimiz mumkin. Lekin hozir biz shulardan uchta, eng asosiy va umumiylarini ko’rib chiqamiz. Ushbu aksiomalar har qanday o’lchashlar uchun xos bo’lib, bu o’lchashlar hoh oddiy, hoh murakkab bo’lsin, hoh yuzaki, hoh aniq bo’lsin, hoh tezlashtirilgan, hoh mukammal bo’lsin, ularning barchasida shu aksiomalarning uyg’unlashganini ko’rishimiz mumkin:

  1. Aksioma.


Download 474.17 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58




Download 474.17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

Download 474.17 Kb.