mavjuddir. postulat -




Download 474.17 Kb.
bet16/58
Sana28.02.2022
Hajmi474.17 Kb.
#18217
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
Bog'liq
sanoat-korxonalarida-elektr-energiya-sifat-ko-rsatkichlarini-tadqiq-etish
1-Sеntyabr mustаqillik bаyrаmi ssenariysi (1), Ekologik tushkunliklar, Mahmudova Dildora, chrome tarixi
mavjuddir.

  1. postulat - kattalikning chinakam qiymatini aniqlash mumkin

emas.

  1. postulat - o’lchash amalida kattalikning chinakam qiymati

doimiydir.
Endi aytishimiz mumkinki, o’lchanayotgan kattalikning uchta qiymati bo’lar ekan:

  1. Chinakam qiymat (uni aniqlash imkoni mavjud emas);

  2. Haqiqiy qiymat (chinakam qiymatga yaqin);

3.Olingan qiymat (tajribadan olingan qiymat).
Tabiiyki, hakiqiy qiymatni qaerdan olamiz degan savol tug’ilishi mumkin. Yuqorida keltirgan misolimiz bo’yicha, olmani savdo do’koni tarozisida bir necha marta takroriy o’lchab, natijalarning o’rtacha qiymatini olsak, shu haqiqiy qiymat deb olinishi mumkin.

    1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining
      metrologiya to’g’risidagi qarorlari


Respublikamizda yuqori davlat hokimiyati dalolatnomalari bo’lib Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan qonunlar hisoblanadi. Respublikamizning asosiy qonuni - O ’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidir. Alohida sohalarda qonunlar majmuasi kodekslar deb nomlanadi. Mehnat haqida qonunlar kodeksi, jinoyat kodeksi va boshqalar. Qonuniy metrologiyaning asosiy dalolatnomalaridan biri bo’lib sifatsiz, standartlarga yoki texnikaviy shartlarga nomuvofiq mahsulotni qayta-qayta yoki katta o’lchamda ishlab chiqarish uchun jinoiy jazoni ko’zda tutuvchi jinoyat kodeksining muvofiq moddasi hisoblanadi.
Metrologiya bo’yicha qonuniy dalolatnomalar bo’lib hukumat qarorlari hisoblanadi. Ulardan birinchisi 1918 yilda “O’lchovlar va og’irliklar xalqaro metrik tizimini joriy etish haqida”gi dekret bo’lgan. 14.01.1941 yilda “Davlat qiyoslashi va tamg’alanishi majburiy bo’lgan tekshirish o’lchash asboblari va o’lchovlar haqida”gi qaror chiqdi. 1983 yilda qonuniy metrologiya sohasida hukumatning “Mamlakatda o’lchashlar birliligini ta’minlash haqida”gi eng muhim qarori qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 1992 yil 29 aprelda 211 - sonli “O’zbekiston Respublikasi standartlar, metrologik qoidalar va o’lchash vositalari ustidan davlat nazorati haqidagi qonunni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorni nashr qildi, bunda O’zbekiston respublikasida standartlar va o’lchash vositalari ustidan davlat nazoratining asosiy vazifasi, mahkamaviy bo’ysinuvi va mulk shaklidan qat’i nazar vazirliklar, idoralar, korxonalar va turli tashkilotlar bilan ta’minlash ekanligini ko’zda tutadi.
1993 yil 2 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O’zbekiston respublikasida standartlash bo’yicha ishlarni tashkil qilish haqida”gi 93-sonli qaror qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinishi munosabati bilan, respublikada standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish milliy tizimini yaratishning asoslari qurildi.
Shu munosabat bilan sobiq Davstandartning respublika hududida joylashgan tashkilotlari bazasida O’zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi (O’zdavstandart) tashkil qilindi.
Bu qarorda respublika hududida standartlashtirish ob’ektlariga qo’yiladigan talablarni aniqlovchi me’yoriy hujjatlar toifasi oldindan kelishib olindi, shuningdek O’zbekiston respublikasi standartlashtirish davlat tizimining asosiy prinsiplari va O’zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi haqidagi qonun tasdiqlandi.
1993 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan respublikada metrologiya bo’yicha faoliyat Davlat boshqaruvini tartibga soluvchi “Metrologiya to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
2002 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirishni takomillashtirish bo’yicha choralar haqida”gi 342-sonli qaror qabul qilindi. Bu qarorda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
O’zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish markazi (O’zdavstandart)ni O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O’zstandart” agentligi)ga aylantirish qaror qilindi.

    1. Metrologik qonunning ahamiyati va metrologik qoidalar
      buzilganligi uchun javobgarlik


«Metrologiya to’g’risida» gi Respublika qonunining eng ahamiyatli tomonlaridan biri-quyida keltirilayotgan holatlarning oldini olishdir:

  • ishonchsiz o’lchash asboblarining yoki uslublarining qo’ll- anilishi texnologik jarayonlarning izdan chiqishiga sababchi bo’lib, bundan tashqari, energetik resurslar asossiz sarflanib, avariya holatlari va brak mahsulot kelib chiqishi mumkin;

  • o’lchashlarning ishonchli natijalarini olishga katta sarf harajatlar ketishi (rivojlangan davlatlarda o’lchashlarga yalpi daromadlarning 6% sarflanadi);

  • iqtisodiy boshqaruvdagi o’zgarishlar metrologiyadagi tashqi milliy o’zgarishlarga olib keladi.

Va nihoyat, mazkur qonun metrologiya soxasida xalqaro hamkorlikning qonuniy asoslarini mustaxkamlab, quyidagi amallarga munosib zamin yaratadi;

  • alohida yondashuvdagi xalqaro shartnomalar bo’yicha majburiyatlarni qo’llab - quvvatlash;

  • O’zbekiston Milliy metrologiya markazining xalqaro

tashkilotlardagi obro’sini yanada oshirish;

  • Ikki yoqlama va ko’p yoqlama tashqi iqtisodiy

munosabatlardagi turli texnikaviy to’siqlarni bartaraf etish maqsadida o’tkaziladigan sinovlar, qiyoslash va kalibrlash uchun sharoitlar yaratish.
Davlat metrologik xizmatining huquqiy holatidagi alohida xususiyati shundaki, barcha metrologiya xizmatlari vertikal bo’yicha birgina maxkamaga - O’zdavstandartga buysunadi.
«Metrologiya to’g’risida» gi qonunda metrologik me’yor va qoidalarni buzganlar, unga rioya qilmagani uchun huquqiy javobgarlikka ham alohida e’tibor berilgan (16 modda). Bu esa o’z faoliyati davri da metrologik me’yor va qoidalar bilan muloqotda bo’luvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun tegishli hisoblanadi.
Metrologik qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik
“Metrologiya to’g’risida” Qonunga muvofiq, o’lchashlar birliligini ta’minlash doirasida me’yoriy-huquqiy hujjatlarning nizomlarini buzishda aybdor tadbirkorlik sub’ektlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv idoralari amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Davlat metrologik nazorat idoralari metrologik qoidalar va me’yorlar buzilgan hollarda, bunday buzilishga yo’l qo’ygan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan O’zbekiston Respublikasining qonunlariga va standartlar va o’lchash vositalari ustidan davlat nazorati to’g’risida Nizomga muvofiq huquqiy choralarni ko’radi.
Muayyan tekshiruv jarayonida aniqlangan metrologik me’yorlar va qoidalarning buzilishi, bu buzilish oqibatida etkazilgan zararning qiymatdorligiga qarab, quyidagi choralarga olib kelishi mumkin:
- buzilishga yo’l qo’ygan, tekshiriladigan sub’ektning mas’ul shaxsiga buzilishlarni bartaraf etish bo’yicha yo’riqnoma berish;

  • yuqori idorani yoki mas’ul shaxslarni metrologik me’yorlar va qoidalar talablarining buzilganligi to’hrisida xabardor qilish, kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha va buzilishga yo’l qo’ygan shaxslarni javobgarlikka tortish to’g’risida ko’rsatma yozish;

  • o’lchash vositalarining tasldiqlanmagan xilini yoki tasdiqlangan xiliga nomuvofiq xillarini chiqarishni va qo’llanishni taqiqlash;

  • o’lchash vositalariga tamg’alangan qiyoslash (kalibrlash) belgilarini o’chirish va (yoki) qiyoslash va kalibrlanganlik to’g’risidagi guvohnomani bekor qilish; attestatlanmagan o’lchashlar metodikasidan foydalanishni man etish;

  • xilini tasdiqlash maqsadida sinovlardan yoki metrologik attestatlashdan o’tmagan, qiyoslanmagan (kalibrlashdan o’tmagan), shu jumladan qiyoslash muddati tugagan (kalibrlanganlik muddati tugagan) yoki texnik nosoz o’lchash vositalaridan foydalanishni taqiqlash;

  • o’lchash vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, sotish, ijaraga berish huquqining ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi guvohnomani bekor qilish;

  • o’lchash vositalarini sinash, qiyoslash, kalibrlash, o’lchash vositalari va o’lchashlarni bajarish metodikalarini metrologik attestatlash huquqiga akkreditlanganlik sertifikalarini (attestatlarini) bekor qilish bo’yicha takliflar berish;

  • metrologik talablarga mos kelmaydigan qadoqlangan mollarni tayyorlash va sotishni man etish;

  • metrologik me’yorlar va qoidalarni buzuvchilarga nisbatan amaldagi qonunlarga ma’muriy ta’sir choralarini qo’llanish.

Davlat va xo’jalik boshqaruv metrologik xizmatlarining idoralari o’z tuzilmalariga kirgan tadbirkorlik sub’ektlariga, metrologik nazorat natijalari bo’yicha metrologik me’yorlar va qoidalarning buzilishlarini bartaraf etish bo’yicha ko’rstamalar berishga huquqlidir.
GOST 8.002-71ga muvofiq korxonada me’yor, qoida va metrologik ta’minot doirasidagi talablar buzilishi aniqlanganda Davstandartning davnazorat organlari quyidagi huquqlarga ega:
standart va texnik shart talablariga javob bermaydigan tayyorlangan va ta’mirlangan o’lchash vositalarini muomalaga chiqarilishini taqiqlash, agar bunday o’lchash vositalari sotilgan bo’lsa, iqtisodiy sanksiyani qo’llash;
qo’llashga yaroqsiz bo’lgan (texnik talablarda belgilanganga mos bo’lmagan, nosoz va muddatida qiyoslanmagan) o’lchash vositalarini muomaladan olinganligi to’g’risidagi bajarilishi zarur bo’lgan yozma buyruqni berish;
ro’yxatga olish guvohnomasidan muhim kamchiliklar topilgan ish turlarini o’chirish, yoki o’lchash vositalarini tayyorlash, ta’mirlash yo qiyoslash huquqiga berilgan ruyxatga olish guvohnomasini bekor kilish;
korxonani ishlab chiqarishdan yoki ta’mirlashdan chiqarilayotgan o’lchash vositalarini birlamchi qiyoslovdan o’tkazish huquqidan mahrum kilish va bunday qiyoslash o’rniga davlat metrologik xizmati organlarida yalpi yoki tanlab o’tkaziladigan qiyoslovdan o’tkazishga buyruq berish;
korxonaning foydalanilayotgan barcha yoki ma’lum bir nomenklaturadagi o’lchash vositalarini davlat metrologik xizmati organlarida yalpi bir vaqtdagi kiyoslovdan o’tkazishni tayinlash;
o’lchash vositalarini davlat va idoraviy qiyoslash uchun qisqartirilgan qiyoslash orasidagi intervallarni o’rnatish;
standart yoki texnik shartlar metrologik ta’minot masalalari bo’yicha standart talablariga yoki mahsulot sifatini oshirish masalalariga javob bermasa, ularni bekor qilish, amal kilish muddatini cheklash yoki qayta ko’rib chiqish to’g’risidagi takliflarni kiritish.
Metrologik me’yor, qoida, talablarning buzilishi standart va texnik shart talablariga mos bo’lmagan mahsulot ishlab chiqarilishiga olib kelgan hollarda, O’zstandartning davnazorat organlari uning etkazib berilishini ta’qiqlaydi, agar bunday mahsulot sotilgan bo’lsa, u xolda iqtisodiy sanksiyani qo’llaydi. Bundan tashqari, davnazorat organlari korxona va sifatsiz maxsulotning aniq aybdorlarga konuniy jazolar qo’llash choralarini ko’radi.

Download 474.17 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Download 474.17 Kb.