• MOZM faoliyatining asosiy yunalishlari quyidagilardan iborat
  • Savol va topshiriqlar
  • Metrologiya soxasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot /MOZM/




    Download 474.17 Kb.
    bet17/58
    Sana28.02.2022
    Hajmi474.17 Kb.
    #18217
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58
    Bog'liq
    sanoat-korxonalarida-elektr-energiya-sifat-ko-rsatkichlarini-tadqiq-etish
    1-Sеntyabr mustаqillik bаyrаmi ssenariysi (1), Ekologik tushkunliklar, Mahmudova Dildora, chrome tarixi
    Metrologiya soxasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot /MOZM/. Xalqaro miqyosida metrologiya soxasida qonunlashtiruvchi tashkilot ham mavjuddir. Uni qisqartirilgan holda MOZM (mejdunarodnaya organizasiya zakonadatel metrologii) deb ataladi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi davlat metrologik xizmatlarini va boshqa milliy muassasalarning faoliyatlari xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir.
    MOZM faoliyatining asosiy yunalishlari quyidagilardan iborat:

    • MOZM ga a’zo bo’lgan mamlakatlar uchun o’lchash vositalari- ning uslubiy - me’moriy metrologik tavsiflarini belgilash;

    • Qiyoslash uskunalarini, solishtirish usullarini, etalonlarni tekshirish va attestasiya namunaviy va ishchi o’lchash asboblarini uygunlashtirish;

    • Xalqaro ko’lamda birxillashtirilgan o’lchash birliklarini mamlakatlarda qo’llanishini ta’minlash;

    • Metrologik xizmatlarni eng qulay shakllarini ishlab chiqish va ularni joriy etish bo’yicha davlat ko’rsatmalarining birligini ta’minlash;

    • Rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta’min etish va ularni zarur texnik vositalari bilan ta’minlashda ilmiy texnikaviy yordamlashish;

    • Metrologiya soxasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun - qoidalarni belgilash.

    MOZM ning oliy raxbar idorasi metrologiya bo’yicha qonun chi- qaruvchi xalqaro konferensiyasi hisoblanib, u har yilda bir marta cha- qiriladi. Ronferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi, ishchi idoralarning mavzularini tasdiklaydi, byudjet masalalarini muhokama qiladi. MOZM ning rasmiy tili - fransuz tilidir.
    Savol va topshiriqlar

    1. O’zbekiston Respublikasining “Metrologiya to’g’risida ” gi qonunini ahamiyati haqida gapirib bering.

    2. Metrologiyaning eng asosiy va umumiy aksiomalarini ayting.

    3. Metrologiyaning asosiy postulatlarini ayting.

    4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining metrologiya to’g’risidagi qarorlari.

    5. Metrologik qonunning ahamiyati nimadan iborat?

    6. Metrologik qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik.

    7. Metrologiya soxasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot to’g’risida tushuncha bering.

    1. BOB. KATTALIKLAR

    1. Kattaliklar xakida

    Atrofimizdagi hayot uzluksiz tarzda kechadigan muayyan jarayonlar, voqealar, hodisalarga nihoyatda boy bo’lib, ularni ko’pini aksariyat hollarda sezmaymiz yoki e’tiborga olmaymiz. Chetdan qaraganda ularning orasida bog’liqlik yoki uzluksizlik bilinmasligi ham mumkin. Ba’zilariga esa shunchalik ko’nikib ketganmizki, aniq bir so’z bilan ifodalash kerak bo’lsa, biroz qiynalib turamizda, “...mana shu-da!” deb qo’yamiz. Butun suhbat barchamiz bilib- bilmaydigan, ko’rib-ko’rmaydigan va sezib-sezmaydigan kattaliklar haqida boradi.
    Rattaliklarning ta’rifini keltirishdan oldin ularning mohiyatiga muqaddima keltirsak.
    Yon-veringizga bir nazar tashlang, har xil buyumlarni, jonli va jonsiz predmetlarni ko’rasiz. Balki oldingizda do’stlaringiz ham o’tirishgandir (albatta dars tayyorlab!). Garchi bu sanab o’tilganlar bir-birlaridan tubdan farq qilsa ham hozir ko’rishimiz kerak bo’lgan xossalar va xususiyatlar bo’yicha ulardagi muayyan umumiylikni ko’rishimiz mumkin. Masalan, ruchka, stol va do’stingizni olaylik. Bular bir-biridan qanchalik o’zgacha bo’lmasin, lekin o’zlarida shunday bir umumiylikni kasb etganki, bu umumiylik ularning hammasida ham bir xilda tavsiflanadi. Agarda gap ularning katta- kichikligi xususida boradigan bo’lsa, biror bir yo’nalish bo’yicha olingan va aniq chegaraga (oraliqqa) ega bo’lgan makonni yoki masofani tushunamiz. Aynan mana shu xossa barcha uchta ob’ekt uchun bir xil ma’noga ega. Ushbu ma’no nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, ular orasidagi tafovut faqat qiymatdagina bo’lib qoladi. Yoki og’irlik tushunchasini, ya’ni misol tariqasida olingan ob’ektlarning Erga tortilishini ifodalaydigan xususiyatini oladigan bo’lsak ham, mazmunan bir xillikni ko’ramiz. Bunda ham ular orasidagi tafovut ularning Erga tortilish kuchining katta yoki kichikligida, ya’ni qiymatidagina bo’ladi. Biz buni oddiygina qilib og’irlik deb atab qo’yamiz. Bu kabi xususiyatlar talaygina bo’lib, ularga kattalik nomi berilgan.
    Kattaliklar juda ko’p va turli-tuman, lekin ularning barchasi ham ikkitagina tavsif bilan tushuntiriladi. Bu sifat va miqdor tavsiflari.
    Sifat tavsifi olingan kattalikning mohiyatini, mazmunini ifodalaydigan tavsif hisoblanadi. Gap masofa borasida ketganda muayyan olingan ob’ektning o’lchamlarini, uzun-qisqaligini yoki baland-pastligini bildiruvchi xususiyatni tushunamiz, ya’ni ko’z oldimizga keltiramiz. Buni oddiygina bir tajribadan bilishimiz mumkin. Bir daqiqaga boshqa ishlaringizni yig’ishtirib, ko’z oldingizga og’irlik va harorat nomli kattaliklarni keltiring... Xo’sh, ularning sifat tavsiflarini seza oldingizmi. Bir narsaga ahamiyat bering-a, og’irlik deganda qandaydir bir mavhum, og’ir yoki engil ob’ektni, aksariyat, tarozi toshlarini ko’z oldiga keltirgansiz, harorat to’g’risida gap borganda esa, issiq-sovuqlikni bildiruvchi bir narsani gavdalantirgansiz. Aynan mana shular biz sizga tushuntirmoqchi bo’lgan kattalikning sifat tavsifi bo’lib hisoblanadi.
    Endi olingan ob’ektlarda biror bir kattalik to’g’risida so’zlaydigan bo’lsak, bu ob’ektlar o’zida shu kattalikni ko’p yoki kam “mujassamlashtirganligini” shohidi bo’lamiz. Bu esa kattalikning miqdor tavsifi bo’ladi.
    Mana endi kattalikning ta’rifini keltirishimiz mumkin:

    Download 474.17 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58




    Download 474.17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metrologiya soxasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot /MOZM/

    Download 474.17 Kb.