|
Uslubiy qo’llanma yaratishni rejalashtirish
|
bet | 11/64 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 2,26 Mb. | | #746 |
Uslubiy qo’llanma yaratishni rejalashtirish.
Uslubiy qo’llanmalar majmuini yaratish ta’lim tizimining har bir bosqichi(umumiy o’rta ta’lim, akademik litseylar va kasb hunar kollejlari hamda oliy ta’lim) uchun istiqbolga (masalan, 5 – 10 yilga) va bir yilga rejalashtiriladi. Istiqbol nashr uchun rejalshtirish oldindan har bir ta’lim vazirligi o’quvchi va talabalarning o’quv adabiyoti bilan ta’minlanganlik holatini tahlil qiladi.
Uslubiy qo’llanmalarini yaratishda takliflar qilayotganda mualliflar tarkibiga o’quv yurtlarining eng malakali mutaxassislari jalb qilinishini ta’minlash lozim. Istiqbol rejaga tavsiya qilingan darslik va o’quv qo’llanmalarni yaratishda mualliflar ko’rsatilmagan hollarda ularni vazirliklarning tegishli fan sohalari bo’yicha o’quv – uslubiy kengashlari tanlashlari lozim.
Uslubiy qo’llanma nashrining yillik rejalari istiqbol rejalari asosida tuziladi. Yillik rejalarga uni tuzish vaqtida ta’lim vazirliklarining tegishli o’quv – uslubiy kengashlari tegishlicha sinov va muhokamadan o’tkazib tavsiya qilgan qo’lyozmalar, o’quv jarayonida o’zini oqlagan kitoblar kiritiladi.
|
| |