|
Kompyuterning qo`shimcha qurilmalari va ularning ishlash prinsiplari
|
bet | 6/7 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 22,72 Kb. | | #153231 |
Bog'liq Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari-fayllar.orgKompyuterning qo`shimcha qurilmalari va ularning ishlash prinsiplari.
Windows muxitida ishlaganimizda sichqoncha ko`rsatkichi doim bo`ladi. Ayrim vaqtlarda ko`rsatkich o`z ko`rinishini o`zgartirishi mumkin.
Sichqoncha yordamida quyidagi asosiy xarakatni bajarish mumkin:
ko`rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko`chirish;
sichqoncha tugmasini bosib, darhol qo`yib yuborish;
sichqoncha tugmasini ikki marta tez bosish yordamida biror ob’ektni tanlash.
S ichqoncha va trekbol. Sichqoncha vatrekbol kompyuterga
axborotni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi. Ular
klaviaturaning o`rnini to`laligicha almashtira olmaydi.
B u qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmachasiga ega.
Trekbol – “ag`darilgan” sichqonchani eslatuvchi qurilmadir.
Trekbolda uning korpusi emas, balki sharcha harakatga keltiriladi.
Bu esa kursorni boshqarish aniqligini sezilarli ravishda oshirishga
imkon beradi.
Kolonka. Kolonka kompyuterdan tovushli (ovozli) film, musiqa, o`yinlar o`ynagan paytda o`yinning maxsus effektli tovushlarini eshitish, tovushli programmalarni, maxsus tovushli o’rgatuvchi fayllarni bizga eshittirish uchun yordam beradigan moslama.
Modem va faks modemlar. Modem-telefon tarmog`i
orqali kompyuter bilan aloqa qilish va internet tarmog`iga
ulanish imkonini beruvchi qurilmadir.
Faks modem bu faksimil xabarlarni qabul qilish
va jo`natish imkonini beruvchi modemdir.
O`zining tashqi ko`rinishi va o`rnatilishi joyiga qarab modemlar ichki va tashqi modemlarga bo`linadi.
Printerlar matrisali ( ignali), purkaguvchi (oqimli),
lazerli, sublimasion printerlarga bo`linadi. Matrisali
Printerlar – ignalar soniga qarab (9, 24, 48 ta) printer-
Larga bo`linadi. Qanchalar nuqtalar soni ko`p bo`lsa,
shunchali bosma sifatli bo`ladi. Ishlash prinsipi bosish
moslamasida (golovkada) joylashgan ignalar yordamida
satr bo`ylab harakatlanib, kerakli raqam, simvol va
boshqalarni bo`yalgan lenta orqali qag`ozga uradi.
Purkagichli printerlarning ishlash prinsipi. Bosish
moslamasida naycha siyox purkashi orqali tasvir paydo
bo`ladi. Bosish moslamasi gorizontal harakatlanib, har bir qatorga uriladigan belgini bosib, qator oxiriga yetganda, qog`oz vertikal bo`yicha bir qatorga tortiladi, so`ng bosish yangi qatorning birinchi simvolidan boshlab davom ettiriladi. Lazerli printerlar. Eng sifatli va tez ishlaydigan printerlar. Bu printerlarda baraban bo`ladi. Barabanga kerakli formatdagi tasvirga lozim ma’lumotlar kompyuter komandalari yordamida yuboriladi va lazer ularni elektrlab bo`yoq ranglari bilan qoplaydi. So`ng bir urinish bilan so`ralgan tasvir qog`ozga bosiladi. Bir betga 3-15 sek vaqt yetarli.
Rangli bosma uchun maxsus printerlar qo`llaniladi. Tasviri eng yaxshi (fotografiya sifatiga o`xshash) ifodalar sublimasion ( Dye Sublimation) printerlarida hosil qilinadi.
Skanerlar. Skanerlar — kompyuterga matn, rasm, slayd, fotosurat ko`rinishida ifodalangan tasvirlar va boshqa grafik axborotlarni avtomatik ravishda kiritisshga mo`ljallangan qurilmadir.
Skanerlarning turli modellari mavjud. Eng ko`p tarqalgani — planshetli, rangli va stol usti kabi skanerlardir.
Shuningdek shaxsiy kompyuterning
Yana bir qancha qo`shimcha qurilmari
mavjud. Ulardan biri bu UPS. Tok kuchi
o`zgaruvchan bo`lganligi uchun normal
kuchlanishdan oshib yoki kamayib ketishi
kompyuterni bizilishiga olib kelishi
mumkin, UPS — ning vazifasi tok kuch-
lanishini o`zgarishini bir maromda ushlab
turish imkoniyatiga ega va tok kuchlanishi
birdan uzilib qolgan paytlarda UPSlar o`zi-
ning bir qancha daqiqagacham yetarli tok
manbaiga ega bo`ladi. Bu vaqtning ichida biz kompyuter qurilmalariga ziyon yetkazmasdan to`g`ri o`chirish imkoniyatiga ega bo`lamiz
Hozirgi kunga kelib kompyuterning juda ko`p qo`shimcha qurilmalari mavjud. Ulaning borligi biz kompyuterda ishlagan vaqtimiz bizning talabimizni to`liq qondirish uchun ish beradi.
|
| |