|
Loyihaviy ishlarni bajarilish ketma-ketligi va tarkibi
|
bet | 12/96 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #114566 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim2.2. Loyihaviy ishlarni bajarilish ketma-ketligi va tarkibi
Neft konlarini ishlashni loyihalashtirish va tahlil qilish bo'yicha hujjatlar qo'yidagi asosiy qismlardan iborat:
1)uyumni geologik tasnifi, ishlash tizimlarini loyiha-lashtirish uchun boshlang'ich ma'lumotlarni kon-geologik asoslash;
2) uyumni ishlash tizimlari variantlarni texnologik asoslash;
3) burg'ilash usullarini, qatlamlarni ochish va quduqlarni o'zlashtirishni, burg'ilash ishlarini tashkil qilishni asoslash;
4) quduqdarni ishlatish texnologiyasi va texnikasini asoslash
5) ishlash variantlarii texnik-iqtisodiy tahlili va ma'qul variantni tanlash;
6) neft olishni jadallashtirish va neft beraolishlikni oshrish maqsadida qatlamlariga ta'sir qilish usullarini asoslash;
7) ishlash loyihasini amalga oshirishda ishlash jarayonini nazorat qnlish va muvoffiqlashtirish usullarini asoslash;
8) neft, gaz va suvii yig'ish va tayyorlash uchun hudud va konni jihozlash tarxini tanlash va asoslash;
9) er bag'rini va atrof-muhitni saqlash bo'yicha choralar;
10) konni ishlash tizimlarini tavsiya qilinadigant variantini qisqacha ta'rifi;
11) xulosalar.
Konlarni ishlashni loyihalashtirishda quyidagilarni inobatga olish kerak: konning geologik tuzilishi va uning xususiyatlarini o'rganish, hamda loyihalashtirish uchun boshlang'ich ma'lumotlarni tayyorlash; gidrodinamik hisob-kitoblar asosida qatlamga ta'sir qilish tizimi, oluvchi quduqlarni joylashtirish tarxi va shu bilan farq qiluvchi turli variantlar uchun konni ishlashninng geologik-texnik ko'rsatgichlarini hisoblash; ishlash texnologiyasini turli variantlarini iqtisodiy ko'rsatgichlarini xisoblash; ko'rilgan variantlarni kompleks kon-geologik, texnologik va texnik-iqtisodin tahlili asosida konni ishlashni ma'qul tizimini tanlash.
Sinov va sinov-sanoat ishlatish loyihasini shunday tuzish kerakki, unda ishlashning loyihaviy hujjatlaridagi masalalar ko'rib chiqilsin.
Ishlashning loyihaviy xujjatlarida quyidagilar asoslanadi:
- ishlatuvchi ob'ektlarni ajratish;
- ob'ektlarni ishga tushirish tartibi;
- qatlamga ta'sir qilish usullari va agentlarni tanlash;
- oluvchi va haydovchi quduqlarni joylashtirish tizimi va to'ri zichligi;
- quduqdarni ishlatish rejimi va usuli;
- qatlamlardan neft, gaz va suyuqlik olishni, hamda ularga siquvchi agentni xaydash darajasi sur'ati va dinamikasi;
- ishlashni amalga oshiriladigan suv xaydash tizimlarini samaradorligini organish masalalari;
- qatlamlardan neft qazib chiqarishni oshirishni fizik-kimyoviy, issiqlik va boshqa usullarini qo'llash xususiyatlariga bog'liq masalalar;
- tavsiya qilingan quduq ustki va ichki jihozlarini va ularni ishlatish usullarini tanlash;
- quduqlarni ishlatishda bo'ladigan mushkulotlarni oldini olish va yo'qotish bo'yicha tadbirlar;
- qatlamga suv xaydash tizimlariga. Ishlatiladigan agent sifatiga qo'yiladigan talablar;
- quduqlar konstruksiyasiga va burg'ilash ishlariga, qatlamlarni ochish usullarigacha quduqlarni o'zlashtirishga qo'yiladigan talablar va tavsiyalar;
- ishlash jarayonini nazorat qilish va muvoffiqlashtirish bo'yicha tadbirlar;
- quduqlarni kompleks geofizik va gidrodinamik tadqiqot qilish;
- quduqlarni burg'ilash va ishlatishda, texnika xavfsizligida, qatlamlardan neft qazib chiqarishni oshirish usullarni qo'llaganda, konsanitariyasi va yong'in-xavfsizligida er bag'rini va atrof-muhitni saqlash bo'yicha maxsus tadbyrlar;
- konni qidirishni tugallash bo'yicha bajariladigan ishlarni hdjmi va turi;
- yangi texnologiya va texnik echimlarni sinov-sanoat tadqiqot qilish bilan bog'lik masalalar.
|
| |