• Ishlash tizimining muhim qismi
  • Ishlash obektlarini ajratishga quyidagi omillar tasir qiladi : 1. Neft va gaz kollektor - jinslarining geologik-fizik xususiyatlari.
  • Neft va gazning fizik-kimyoviy xususiyatlari
  • Neft va gaz konlarini ishlash jarayonini boshqarish sharoitlari
  • Quduqlarni ishlatish texnika va texnologiyasi
  • Neft konlarni ishlash. Ishlash tizimi haqida tushuncha




    Download 6,15 Mb.
    bet13/96
    Sana09.12.2023
    Hajmi6,15 Mb.
    #114566
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim

    2.3. Neft konlarni ishlash. Ishlash tizimi haqida tushuncha


    Neft konini ishlash tizimi deb, ishlash ob'ektni aniqlovchi, o'zaro bog'liq muhandislik echimlari yig'indisiga aytiladi. Masalan: konni burg'ulash, jihozlash ketma-ketligi va sur'ati; qatlamlardan neft, gaz va kondensat olish maqsadida ularga ta'sir qilish usullarini borligi; haydovchi va oluvchi-quduqlarning soni, nisbati, joylashishi; ehtiyoj quduqlari soni; konni ishlatishni boshqarish; er bag'rini va atrof muhitni himoyalash.
    Ishlash tizimining muhim qismi - ishlash ob'ektlarini ajratish.
    Ishlatish ob'ekti - bu ishlanayotgan kon hududida uglevodorodlarning sanoat ahamiyatidagi zahirasi bo'lgan, ularni er bag'ridan chiqarib olishi aniqlangan quduqlar guruhi yoki boshqa tog'-kon texnik inshoatlari yordamida amalga oshiriladigan qatlam yoki qatlamlar majmui.
    Qancha ko'p qatlamlar bir ob'ektga birlashtirilsa, shunchalik foydali ahamiyatga ega, chunki bu holatda quduqlar soni kamayadi. Biroq bu neft bera- olishlik koeffisietining pasayishiga va texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarni yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
    Ishlash ob'ektlarini ajratishga quyidagi omillar ta'sir qiladi:
    1. Neft va gaz kollektor-jinslarining geologik-fizik xususiyatlari. Qatlamlarni bir ob'ektga birlashtirib bo'lmaydi, agarda qatlamlarning umumiy va samarali qalinligi, kollektorlar o'tkazuvchanligi, bo'linish va qumlilik koeffisienti qiymatlarida farq bo'lsa, chunki buning oqibatida quduqlarning mahsuldorligini, ishlash jarayonida qatlam bosimini tushish sur'atini, quduqlarni ishlatish usullarini, quduqlar mahsulotini suvlanishi va zahiralar olinishini turliligiga ega bo'lamiz.
    2. Neft va gazning fizik-kimyoviy xususiyatlari. Neft, parafin, oltingugurt vodorodi va boshqalarining qovushqoqligining turliligi neft va boshqa komponentlarni qazib chiqarishni turli texnologiyalarini qo'llashni talab qiladi.
    3. Qatlamlar uglevodorodlarining fazaviy holati va ishlash tarzi. Qatlamlar uglevodorodlarining fazaviy holati va ishlash tarzlari turli bo'lganligi uchun quduqlar joylashishi, quduqlar soni va uglevodorodlarni qazib chiqarish texnologiyasi turlicha bo'ladi.
    4. Neft va gaz konlarini ishlash jarayonini boshqarish sharoitlari. Qanchalik ko'p qatlam va qatlamchalar bir ob'ektga kirgizilgan bo'lsa, suv-neft, gaz-neft chizig'ini va siquvchi agentni siljishini nazorat qilishni, qatlamchalarga alohida ta'sir qilishni, qatlamchalarsh qazib chiqarish tezligini o'zgartirishni amalga oshirish shunchalik qiyin bo'ladi.
    5. Quduqlarni ishlatish texnika va texnologiyasi.



    Download 6,15 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




    Download 6,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft konlarni ishlash. Ishlash tizimi haqida tushuncha

    Download 6,15 Mb.