• Kontur ortidan suv xaydash
  • Neft konlarini ishlatish tizimi




    Download 6,15 Mb.
    bet16/96
    Sana09.12.2023
    Hajmi6,15 Mb.
    #114566
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   96
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim
    Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishg, amaliy 1, 1-t-adilova
    2.4.Neft konlarini ishlatish tizimi

    Neft uyumlarini suv siquvi tarzida ishlatishda chekka va ostki suvlarning tabiiy bosimidan foydalaniladi. Suv siquvi yuzaga keladigan geologik sharoitlar o`tgan ma`ruzalarda bayon etilgan. qatlam bir turli bo`lganda xarakatlanayotgan chekka suvlar fronti tashki neftlilik konturiga parallel siljiydi. Bunday paytda qazib chiqarish quduqlarini tashki neftlilik konturiga paralel qatorlar bilan joylashtirish rejalashtiriladi.


    Ishlatish jaraenida qazib chiqarish quduqlari va uyumning aloxida qismlarini muddatidan avval suvlanishini bartaraf qilish maqsadida qazib chiqarish quduqlarining birinchi qatori ichki neftlilik konturi chegarasida joylashtirilgan. Lekin bunday xollarda suvlanish "til"larini hosil bo`lishi hisobiga neft suvneftli zonalardan kam xajmda olinadi, neftberuvchanlik koeffitsienti kamayadi, bu ishlatish tizimi bilan uning rejalashtirilgan kattaligi ta`minlanmaydi. SHuning uchun keyingi paytlarda qazib chiqarish quduqlarini uyumning suvneftli zonasida xam joylashtirish ko’zda tutiladi.
    Rejalashtirilgan ishlatish tizimlarida ishlatish nazorat qilinsa maksimal neft beruvchanlik koeffitsientiga erishiladi. Bunda qazib chiqarish quduqlari maxsulotining suvlanganlik darajasi va jadalligiga katta e`tibor beriladi. Birinchi qator quduqlari suvlanganda ular to’xtatiladi va qo`shimcha ichki qatori ishga tushiriladi.
    Qatlam suvlarining faol siquvi bilan massiv neft uyumlarini ishlatishda ularni qatlamning kesimi bo`ylab suvlanishi kuzatiladi, SNCH tez siljiydi. Qazib chiqarish quduqlarini suvlanish tezligini kamaytirish uchun qatlamning neftga to`yingan oraligini yuqori qismigina perforatciyalanadi (ochiladi). Bunda avval uyum oraligining quyi qismi, so’ngra tobora yuqori qismlari ishlatiladi. Quduqlar xam tobora pastdan yuqoriga suvlanib boradi.
    Neft va neftgaz konlarini ishlatish jarayonida qatlam bosimini ushlab turish maqsadida qamlamning geologik sharoitlaridan kelib chiqib turli usullarda suv xaydaladi.
    Kontur ortidan suv xaydash kengligi 4-5 km uyumlarni ishlatishda tavsiya etiladi. Uyum chegarasidа ichki va tashqi neftlilik konturlari aniq belgilangan bo`lishi kerak. Uyumlar bir turli tuzilishi, kollektorlik xossalarining Yuqoriligi, neftning qatlam sharoitidagi kovushkokligi past, qatlamlarda fatsial aralashuvlar bulmasligi, uyumning neftli va kontur orti qismi orasidagi gidrodinamik aloqa juda yaxshi bo`lishi bilan tavsiflanishi lozim. Qazib chiqarish quduqlari tashki neftlilik konturiga parallel qatorlar bilan joylashtiriladi, bunda burqilash asosan ichki neftlilik konturi chegarasida amalga oshirish tavsiya etiladi.
    Kontur ortidan suv xaydashda xaydovchi quduqlar tashki neftlilik konturiga maksimal yakinlashtirilgan bo`lishi kerak, lekin bu masofa xaydovchi quduqlar orasidagi masofaning yarmidan kam bo’lmasligi lozim. Neftlilik konturidan xaydovchi quduqlargacha bo`lgan masofa oshganda maxsuldor qatlamda suyuqlikning xarakatiga qarshilik ortadi (2.2. rasm).


    Download 6,15 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   96




    Download 6,15 Mb.