1.2. Energiya turlari xarakteri va xususiyatlari.
Qatlam suvi tayziqi energiyasi.
1 - rasmda chekka suvlar tayziqi mavjud bo`lgan uyum shakli sxematik tarzda tasvirlangan. Bu uyumda neft oqimi kontur chekka qismida H balandlikdagi suyuqlik sathi orqali bajariladi. Bunday uyumlarda burg’ulangan quduqqa neft oqib kelishi va yuqoriga ko`tarilish chekka suvlar tayziqi ta`sirida amalga oshadi. Bu holatda chekka suvlar tayziqi samaradorligi nafaqat qatlamning quduq ustki qismidan ham balandroq qismga chiqqanligi, balki qatlam tog’ jinslarining o`tkazuvchanligi va suyuqliklarning qovushqoqligiga ham bog’lik.
Tog’ jinslarining o`tkazuvchanligi yuqori bo`lgan hollaridagi mavjud tayziq ta`sirida qatlam tizimi orqali etarli miqdorda suyuqlik oqimi ta`minlansa, chekka suvlar tayziq energiyasi uzoq muddat suyuqlik oqimini ta`minlashi mumkin.
Siqilgan ozod gaz energiyasi.
Qatlam energiyasining boshqa turi sifatida siqilgan ozod gazning taranglik energiyasi xizmat qiladi. Uyumda gaz, gaz do`ppisi sifatida yoki qatlam bosimi to`yinganlik bosimidan kamayishi jarayonida suyuqlikdan ajralib chiqadigan gaz pufakchalari sifatida uchraydi. Yopiq turdagi uyumda asosiy energiya sifatida siqilgan ozod gaz energiyasi xizmat qilishi sharoiti 2 - rasmda keltirilgan.
B u holatda quduq tubi bosimi pasaytirilsa, gaz do`ppisi energiyasi va neftdan ajralib chiqqan gaz energiyasi ta`sirida quduqqa neft oqimi ta`minlanadi. Buning asosiy sababi sifatida neftning gaz bilan to`yinganligida va bosim pasayishi natijasida suyuqlikdan gazning ajralishida deb tushunish mumkin. Uyumda siqilgan gaz energiyasi zahirasi cheklangan bilib, u gaz do`ppisi hajmi, neft zahirasi, qatlam bosimi va neftda erigan gaz miqdoriga bog’liq.
Qatlamning taranglik energiyasi.
Qatlam er yuzasi bilan bog’lanmagan holatlarida ham, katta hajmli tizimlarda uyumni ishlatishning dastlabki davrida hal qiluvchi energiya sifatida tog’ jinsi va unda joylashgan suyuqlikning taranglik kuchlari bosim pasayishi sari ta`sir qila boshlaydi.
Uyumda bosim pasayishi bilan neft va suvning hajmi kengayadi, g’ovaklik kanallari esa torayadi, quduqqa nisbatan siqib chiqarilgan neft o`rnini suv egallaydi.
Qatlam suv bosimi tizimining taranglik kengayishi miqdori kichik bo`lishiga qaramay (1/700 dan 1/50000 gacha) bu hodisa katta maydonni egallagan neft konlarini ishlatishda alohida ahamiyatga ega.
Ayrim hollarda qatlamning tarangilik energiyasi zahirasi uyumdan katta miqdordagi neft olishni ta`minlaydigan mustaqil manba` sifatida xizmat qilishi mumkin.
Og’irlik (gravitatsiya) kuchlari.
Neft saqlovchi tog’ jinslari yotqiziqlari qandaydir burchak ostida joylashgan. Shuning uchun neft qatlam burchagiga nisbatan pastga qarab oqishga intiladi. Ba`zan og’irlik kuchi ta`siridagi energiya qatlamdan quduqqa nisbatan oqimni ta`minlovchi yagona manba` bo`lib xizmat qiladi.
Og’irlik kuchi energiyasi uyumni ishlatishning oxirgi davrida, ayniqsa boshqa energiya turlari so`ngan paytda namoyon bo`la boshlaydi.
Tabiiy sharoitda neft va gazning uyumdagi harakati jarayonida bir necha energiya turlari ta`sir etishi mumkin.
Shuningdek vaqt o`tishi mobaynida energiya manbai bir turdan ikkinchisiga o`tishi ham mumkin.
|