Quduq tubi zonasida va nasos-kompressor quvuri devorlarida parafin va asfalten cho’kindilari bilan kurashish




Download 6,15 Mb.
bet95/96
Sana09.12.2023
Hajmi6,15 Mb.
#114566
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim

14.5. Quduq tubi zonasida va nasos-kompressor quvuri devorlarida parafin va asfalten cho’kindilari bilan kurashish.

NKQ va chuqurlik nasoslarida cho’kma hosil qiluvchi parafin, nasos uskunasining mutadil (normal) ishlashiga xalaqit beradi.


O’zbekiston konlari neftlarining ko’pchiligi parafinli, ular tarkibida 24% gacha parafin bor, Fargonadagi Mingbulok konining nefti tarkibida 50% parafin bor.
Qatlam sharoitida parafin neft tarkibida erigan holatda bo’ladi. Yuqoriga ko’tarilishi va quvur uzatgichlarda xarakatlanganda neft xarorati pasayadi, eritma tuyina boshlaydi va ma`lum bir sharoitda parafin quvur uzatgich va NKQ devorlariga cho’kma xosil qila boshlaydi. Parafin yotqiziklari quvurni ko’ndalang kesim yuzasini qiskartiradi va natijada quvur uzatgich va quduqni o’tkazuvchanlik qobiliyatini 50% gacha pasaytiradi.
Tadqiqotlar ko’rsatishicha, yotqiziklar cerezinin va zich parafin asfal't qatlamli moddalar, mexanik aralashmalar, moylardan tashkil topgan.
Neft xarakat yunalishi davomida xarakat va bosim kamayadi, gaz ajraladi, oqim sovutiladi, neftning eruvchanlik xususiyatlari pasayadi, kattik parafin, asfal'ten va smola (mum) ajralib chiqadi. Bularning cho’kindilari quduq tubi zonasida, ko’tarish quvurlarida, shleyfda, yigish quvurlari va rezervuarlarda bo’lishi mumkin.
Parafin ko’proq ko’tarish quvurlarida ajraladi. Yigiladigan parafin qatlamining qalinligi noldan 900-300 metr chuqurlikda, maksimumgacha 200-50 metr chuqurlikda oshadi, so’ng esa yotqiziklarni oqim yuvishi natijasida kamayadi. Parafin yotqiziklari oqimning gidravlik qarshiliklarini ortishiga olib keladi va maxsulot miqdorining kamayishiga sabab bo’ladi.
Neft qazib olishda xaroratning pasayishi natijasida parafin ajralishini bartaraf etib bo’lmaydi. Parafinning kristallanishi (qotishi) neftning mexanik aralashmalarida va uskuna devorlarida sodir bo’ladi, xajm ichida ajralgan parafin yotkizik xosil qilishda deyarli ishtirok etmaydi. Bunday kristallar asosan rezervuarlar tubida chukadi. Shuning uchun parafinning uskuna devorida emas, balki xajm ichida ajratishga erishish maqsadga muvofiq bo’lardi.
Parafin chukindisini oldini olish. Chuqurlik nasoslari bilan ishlatiladigan quduqlarda parafinli neft qazib olishda, parafinning ko’tarish quvurlari devorlarida va nasosda tushib qolishi tufayli asoratlar yuzaga keladi.
Ko’tarish quvurlari devorlarida parafining chuqishi ularning ko’ndalang kesim yuzasini kichraytiradi, natijada shtangalar birikmasining siljishiga va suyukliq xarakatiga qarshilik ortadi.
Parafin cho’kindisining oshishi bilan tebratma - dastgoxning balansir boshchasiga bo’lgan kuchlanish ortadi va uning muvozanat holati buziladi, quvurlarning kuchli parafinlanishi paytida esa nasosning beraolishlik koeffitsienti kamayadi.
Quduqning er osti ta`miri paytida parafinning ko’turish quvurlarida cho’kiishi ma`lum bir qiyinchiliklarni keltirib chiqarib. Shtangalarni ko’tarishda plunjir yoki o’rnatma nasos quvur devoridagi parafinni kesib o’tadi va uzining ustida parafinli tiqin xosil qiladi, bu esa quvurdagi suyuqlikni yuzagа siqib chiqarib quduq atrofini ifloslantiradi. Ko’pincha shtangalarni ko’tarish neft va parafinning davriy chiqarib tashlashi bilan kuzatiladi, bunga sabab yuqoriga ko’tarilishi bilan neftdagi gaz ajralishi jadallashadi. Ba`zan parafin tiqini shunchalik zichlashadiki, shtangalar birikmasini ko’tarish ilojsiz bo’ladi. Bunday xollarda shtangallarni yuqoridan burab ochib aloxida bo’lakli qilib chiqariladi yoki quvurlar bilan birga ko’tariladi.
Quduqlarni ishlatishda parafinning cho’kishiga qarshi xar xil choralar qabul qilingan.
Kam parafinli neftni qazib olishda, parafin cho’kish jadalligi yuqori bo’lmaganida, quvurlar yuqorida ko’tariladi va ulardagi parafin kuchma bug qurilmasi yordamida olib tashlanadi. Quvurlarni tozalashning bunday usuli quduqning uzoq vaqt to’xtab turishi bilan boglik, shuning uchun uni parafinning bir necha oy ichida sekin-asta, asoratlarni yuzaga keltirmay yigilishida ko’llash mumkin.
Yuqori parafinlangan neftni qazib olishda, quduqni to’xtatish va quvurlarni yuzaga chiqarish talab etilmaydigan parafinni bartaraf etish usullari qo’llaniladi:
1) Shtangalar birikmasida o’rnatilgan turli konstruktsiyali tozalash;
2) Quduqni quvur orti bo’shlig’iga issik neft yoki bug haydash bilan ko’tarish quvurlarini isitish;
3) Эlektrodeparafinizatsiya – ko’tarish quvurlarini elektr toki yordamida isitish.
Эlektrodeparafinizatsiya usuli elektr energiyaning katta sarfi va xizmatchi xodimlar uchun o’ta xavfliligi tufayli cheklangan xolda qo’llaniladi. Nasos quvurlarini parafinsizlashning mexanik usuli keng tarqalgan. Bu usulda shtangalar birikmasida qirgichlar o’rnatiladi, ular shtangalarning xarakati jarayonida quvurlar devordagi parafinni kesib chiqaradi.
Sanoat asosan parafin yon qirralari bilan kesuvchi yassi qirg’ichlar qo’llaniladi. Bunday qirgichlarni normal ish sharoitini yaratish uchun, shtangalar birikmasi xar bir pastga yo’nalishida ma`lum bir burchak ostida buriladi.
Quvurlar parafindan qirgich va issiqlik ta`sirida tozalanadi. Sanoatda asosan parafindan tozalashning mexanik usuli ko’llaniladi. Bunda plastinkasimon va shaklli (figurniy) qirgichlar qo’llaniladi. Qirgichlar shtangaga biriktiriladi va quduq tubidan quduq ustigacha bulgan parafin yotqiziklari qirib olinadi. Qirgichlarning diametri NKQning ichki diametriga nisbatan 2-3 m kichik bo’lishi kerak. SHtanganing xarakatida qirgichlar parafinni kirib tushiradi.



14.2-Rasm. Parafin qirg’ich.


Plastinkali qirgichlarni qo’llashda shtangalar shtanga aylantirgichga osiladi, unda uning xar bir xarakatida shtanga va qirgichlar qandaydir bir burchakka buriladi. Bu natijasida qirgichlar quvur devoridagi parafinlarni kesadi. Shtangani aylantirgich, tebratma dastgox balansir boshchasini yuqori va pastga tebranishi natijasida xarakatlanadi.


Plastinkali qirgichlar 2,5 - 3 mm li, uzunligi 20-40 sm li varaqsimon po’latdan yasaladi va shtangaga xomutchalar yordamida ko’tiriladi. Metal qirgichlarning ko’p konstruktsiyalari ishlab chiqilgan. Tozalovchi vositalari gardishlar, pichoq va simli shyotka. Agar neft uzatgich doim metal qirgichlar yordamida tozalanib turilsa, bunda ular 100 km gacha muammolarsiz uzatilishi mumkin.
Vaqt-vaqti bilan quvurni issik neft va bug’ yordamida yuvish yuli bilan bartaraf etiladi. Bug’, xarakatlanuvchi bug’ qurilmasi zil avtomobiliga bug’ koteli o’rnatilgan (PPUlar) tomonidan ishlab chiqariladi.
Parafin yotqizigi elektr toki (1400 A dan yuqori, V = 50 -250 vol't) yordamida xam tozalanishi mumkin. Lekin bu usul keng tarqalmadi.
Parafinli neftlar tashilayotgan quvur uzatgichlarini ishlatishda parafin yotkiziklari xosil bo’lishini oldini olish maqsadida profilaktika tadbirlari o’tkazib terili shart. Ularning eng muximlari quyidagilar:
- quvur uzatgichlarida yigilib qolgan parafin aralashmalarini xaydashni kuchaytirish;
- yuqori parafinli neftlarga issiqlik ta`sir etish, ya`ni neftni ma`lum bir xaroratgacha qizdirish;
- parafinli neftni kam parafinli neft yoki gazolin bilan aralashtirish;
- parafinli neftlarga maxsus aralashmalar ko’shish, ular qovushqoqligini va quvur uzatgich devorlarida parafin yotqiziklari paydo bo’lishini kamaytiradi.
Parafinnnig cho’kish jarayoni yuzaga singish tavsifiga ega. Shu tufayli quvurlarni xo’llanuvchi materiallar bilan koplash, parafin cho’kishi bilan kurashishda yanada samaraliroq xisoblanadi. Ximoyalanuvchi qatlamlarni xosil qilish uchun, lak buyoq materiallari (bakelitli, epoksidli, bakelit - epoksidli modifikatsiyalashgan YuЭL turidagi laklar,) shisha va shisha emali ishlatiladi.
Oqimga kimyoviy reagentlarni kushish quvur devorini xo’llanilishiga, oqimdagi parafin kristallanish markazlari sonining ortishiga, neftdagi parafin zarralarini sochilishini ortishiga ko’maklashadi. Bunday reagentlarga suvda yoki neftda eruvchi SFM (sirt faol maddalari) tegishli bo’ladi.
Xozirgi vaqtda chuqurlik nasoslarini ishlatishda, shisha yoki laklar bilan giloflangan nasos kompressor quvurlari keng qo’llamda qo’llaniladi.
Bunday quvurlarda parafin chukmaydi va quduqni ishlatish normal sharoitida davom etadi.
Biroq shisha qoplamli quvurlar bilan jixozlangan quduqlarda quvurladagi kuchlanishlar, shtanга muftalarini quvurlar bilan ishqalanish va urilish natijasida shisha parchalanishi, so’ng cho’kib nasosga tushishi tufayli plunjerning qisilishiga olib keladi.
Nasosli quduqlarda bakelit - epoksidli laklar bilan qoplangan quvurlarni qo’llash parafin cho’kishini bartaraf etishda yaxshi natija beradi; bakelit - epoksidli qoplamlar uzining yuqori mexanik mustaxkamligi va elastikligi bilan tavsiflanadi, metallning egiluvchanlik chegarasida buzilmasligi va shu bilan ta`mirlashlar aro muddatini ta`minlaydi.



Download 6,15 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Download 6,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quduq tubi zonasida va nasos-kompressor quvuri devorlarida parafin va asfalten cho’kindilari bilan kurashish

Download 6,15 Mb.