• 3.4-rasm. Biometrik na‟munalarga misollar
  • Biometrik parametrlarga asoslangan autentifikatsiya




    Download 4,2 Mb.
    bet50/96
    Sana30.07.2024
    Hajmi4,2 Mb.
    #268923
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   96
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi 2022 (1)

    Biometrik parametrlarga asoslangan autentifikatsiya


    Biometrik parametrga asoslangan autentifikatsiya usulida biometrik parametr insonning uzi uchun kalit sifatida xizmat qiladi. Juda ham ko‗plab biometrik parametrlar mavjud, masalan, barmoq izi, yuz tasviri, ko‗z qorachigi, ovoz, xarakat tarzi, qulok shakli, qo‗l shakli va xak. Biometrik parametrlarga asoslangan autentifikatsiya usuli amalda keng qo‗llaniladi. Masalan, ko‗p qavatli uylarni kirish eshiklarida yoki tashkilotlarga kirishda barmoq iziga asoslangan autentifikatsiya usuli, noutbuklarda va mobil telefonlarda yuz tasviriga asoslangan yoki barmoq iziga asoslangan autentifikatsiyadan keng qo‗llaniladi (3.4-rasm).


    Barmoq izi Yuz tasviri Kuz korachigi Ovoz

    3.4-rasm. Biometrik na‟munalarga misollar


    Axborot xavfsizligi soxasida biometrik parametrlar parollarga karaganda yuqori xavfsizlikni ta‘minlovchi alternativ sifatida qaraladi. Biometrik parametrlarga asoslangan autentifikatsiya usuli quyidagi xususiyatlarga ega:

    • biometrik parametrga asoslangan usul o‗zida esda sakdash va birga olib yurish zaruriyatini talab etmaydi;

    • biometrik parametrga asoslangan autentifikatsiyani amalga oshirish parolga

    asoslangan usuldan qimmat va tokenga asoslangan usuldan arzon hisoblanadi (ba‘zi, istisno xolatlar mavjud);

    • biometrik parmetrni almashtirish imkoniyati mavjud emas, Ya‘ni, agar biometrik parametr qalbakilashtirilsa, U xolda autentifikatsiya tizimi shu foydalanuvchi uchun to‗liq buzilgan hisoblanadi;

    • turli biometrik parametrlarga asoslangan autentifikatsiya usullari insonlar tomonidan turli darajada qabul qilinadi.

    Autentifikatsiya soxasida foydalanish uchun ideal biometrik parametr quyidagilarni qanoatlantirishi shart:

    • universal bo‗lishi - biometrik parametr barcha foydalanuvchilarda bo‗lishi shart;

    • farqli bo‗lish - tanlangan biometrik parametr barcha insonlar uchun farq qilishi shart;

    • o‗zglik - tanlangan biometrik parametr vaqt o‗tishi bilan o‗zgarmayarmas qolishi shart;

    • to‗planuvchanlik - fizik xususiyat osonlik bilan to‗planuvchi bo‗lishi shart. Amalda fizik xususiyatni to‗planuvchanligi, insonning jarayonga e‘tibor berishiga ham bog‗lik bo‗ladi.

    Biometrik parametr nafaqat autentifikatsiya masalasini yechishda balki, identifikatsiyalashda ham keng qo‗llaniladi. Ya‘ni, ―Siz kimsiz?‖ degan savolga javob bera oladi. Masalan, BI da jinoyatchilarga tegishli barmoq izlari bazalari mavjud. Ushbu bazada barmoq izlari (barmoq izi tasviri, foydalanuvchi nomi) shaklida sakdanadi va bu orqali biror insonni jinoyatchilar ro‗yxatida bor yo‗qligini tekshira oladi. Buning uchun, tekshiriluvchi insondan barmoq izi tasviri olinadi va u RV1 bazasida mavjud bo‗lsa, u xolda tekshiriluvchi insonning nomi barmoq izi tasviriga mos foydalanuvchi nomi bilan bir xil bo‗ladi.

    Download 4,2 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   96




    Download 4,2 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biometrik parametrlarga asoslangan autentifikatsiya

    Download 4,2 Mb.