Windows OTda foydalanuvchi qayd yozuvlari va guruhlari bilan ishlash uchun ikkita konsol komandasidan foydalaniladi – ular mos ravishda net user va net localgroup komandalari.
net user komandasi buyruqlar satrida tizimdagi foydalanuvchilar ro'yxatini ko`rastish vazifasini bajaradi. Qayd yozuv nomi bilan bir xil bo`lgan buyruqni kiritish orqali foydalanuvchi to'g'risidagi batafsil ma'lumotlarni ko`rish mumkin (2.9-rasm).
Yangi foydalanuvchini yaratish uchun /add parametridan foydalangan holda
net user buyrug'i ishlatiladi (2.10-rasm), o'chirishda - /del (2.11-rasm).
3.27-rasm. net user buyrug'i bilan foydalanuvchi ma'lumotlarini ko'rish
3.28-rasm. net user buyrug`i bilan «testing3» foydalanuvchi yaratish.
3.29-rasm. net user buyrug`i bilan «testing3» foydalanuvchini o`chirish.
Mavjud foydalanuvchi uchun ham foydalanuvchi parolini o'rnatish mumkin. Parol foydalanuvchi nomidan keyin kiritiladi. Terilgan parolning ekranda ko'rinmasligi uchun parol o'rniga * belgisini kiritish kerak (2.12-rasm).
3.30-rasm. Yangi va mavjud foydalanuvchi uchun parolni kiritishga misol
net localgroup buyrug'i net user buyrug'iga o'xshab ishlaydi. Buyruqlar satrida parametrlarsiz net localgroup buyrug`i tizimdagi guruhlarning ro'yxatini ko'rsatadi. net localgroup buyrug`idan keyin guruh nomini ko`rsatish orqali ushbu guruh a'zolarining ro'yxatini ko'rish mumkin (2.13-rasm).
Yangi guruhni yaratish uchun net localgroup buyrug'i /add parametri bilan, o'chirish uchun /del bilan foydalaniladi (2.14-rasm).
Foydalanuvchini guruhga qo'shish uchun guruh nomidan keyin foydalanuvchi nomi /add parametri bilan yoziladi, guruhdan o'chirish uchun - /del (2.14-rasm).
3.31-rasm. Guruh ma'lumotlarini net localgroup bilan ko'rish
3.32-rasm. Yangi guruh yaratish (o`chirish), net localgroup buyrug`i yordamida foydalanuvchini guruhga qo`shish (o`chirish)
Ushbu amaliy ishda yuqorida aytib o‘tilgan barcha usullar bilan foydalanuvchi qayd yozuvini yaratishni o‘rgandim, shuningdek foydalanuvchilar guruxi, har bir qayd yozuvga parol qo‘yish, o‘zgartirish, foydalanuvchilarni guruxga qo‘shish va o‘chirishni ko‘rib chiqdim. Umuman olganda shaxsan menga foydalanuvchi qayd yozuvini yaratish buyruqlar satri bilan amalga oshirilishi maqul bo‘ldi.
|