O„zbekiston respublikаsi oliy vа




Download 4,2 Mb.
bet69/96
Sana30.07.2024
Hajmi4,2 Mb.
#268923
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96
Bog'liq
Axborot xavfsizligi 2022 (1)

Nazorat savollari.


  1. IT security, kiberxavsizlik tushunchalari.

  2. Axborotni himoyalash konsepsiyasi.

  3. konfidensiallik, yaxlitlik,foydalanuvchanlik tushunchalari.



  1. Mavzu. Windows OT Foydalanuvchi qayd yozuvlarini boshqarish.




ASOSIY NAZARIY MA'LUMOT
Foydalanuvchi qayd yozuvi - bu tizimga ulanganida foydalanuvchini aniqlash uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni, shuningdek avtorizatsiya va audit uchun ma'lumotlarini o'z ichiga olgan yozuv.
Qayd yozuv quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi: foydalanuvchi nomi (login), parol, to'liq ism va hokazo. Foydalanuvchi qayd yozuvi tizimdagi foydalanuvchi xatti-harakatlarining turli xil statistik xususiyatlarini ham hisobga olishi mumkin: oxirgi kirish vaqti, tizimda oxirgi seans davomiyligi, kompyuterni ulash uchun ishlatilgan manzil va hokazo.
Windows 7 OT da kompyuterlar uchun foydalanuvchi qayd yozuvlarini va domenning tarkibiga kiritilgan kompyuterlar uchun foydalanuvchi qayd yozuvlarini yaratishingiz mumkin. Ushbu laboratoriya faqat mahalliy qayd yozuvlar va guruhlarni boshqarishga qaratilgan.
Foydalanuvchilar guruhi - bu ularning barchasini bir xil nom bilan bog'lash imkonini beradigan foydalanuvchi qayd yozuvlarining to'plami. Guruhlar ma'lumotlarga kirish ruxsatini sozlash uchun qulay hisoblanadi.
Kompyuterga o'rnatilgan yangi Windows 10 operatsion tizimida ikkita qayd yozuvi mavjud – Administrator va Guest. Boshqasi OS ni o'rnatish jarayonida administrator tomonidan yaratilgan va odatiy holda Administratorlar guruhiga qo'shiladi.
O'rnatilgan guruhlarning ro'yxati quyidagi guruhlarni o'z ichiga oladi: Administratorlar (Администраторы), tajribali foydalanuvchilar (Опытные пользователи), foydalanuvchilar (Пользователи), mehmonlar (Гости), kriptografik operatorlar (Криптографические операторы), arxiv operatorlari (Операторы архива), tarmoqni sozlash operatorlari (Операторы настройки сети), masofaviy ish stoli foydalanuvchilari (Пользователи удаленного рабочего стола) va boshqalar.
Barcha o'rnatilgan guruhlarning maqsadlari va farqlari tavsifini Microsoft veb-saytida topish mumkin.

Tizimda ishlaydigan barcha ob'ektlar (foydalanuvchilar, guruhlar, mahalliy


kompyuterlar, domenlar) Windows-da nafaqat nomlar bilan belgilanadi, ularning yagonaligini xavfsizlik identifikatorlari (Security Identifiers, SID) yordamida belgilash mumkin. Ularni har doim ham qo'lga kiritib bo'lmaydi.
Foydalanuvchi qayd yozuvi o'chirilganda xavfsizlik identifikatori ham yo'q qilinadi. Xuddi shu foydalanuvchi nomi va parol bilan, shuningdek boshqa xususiyatlar ham bir xil bo`lgan holatda yangi hisob yaratishda SID baribir boshqacha bo'ladi.
Tizimdagi ma'lum bir foydalanuvchi SID ni va u tarkibidagi guruhlarning SID ni konsolda whoami buyrug'idan foydalangan holda bilib olishingiz mumkin:
Windows 10 foydalanuvchi qayd yozuvlari va guruhlarini boshqarish uchun quyidagi usullarni taqdim etadi:

  • boshqaruv panelidagi «Foydalanuvchilar qayd yozuvi» (Учетные записи пользователей, User Accounts) dasturi;

  • boshqaruv panelidagi «Foydalanuvchilar qayd yozuvi 2» (Учетные записи пользователей 2, User Accounts 2) dasturi;

  • «Mahalliy foydalanuvchilar va guruhlar» (Локальные пользователи и группы) boshqaruv vositasi (Local Users and Groups, LUaG);


  • Download 4,2 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96




Download 4,2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikаsi oliy vа

Download 4,2 Mb.