|
O„zbekiston respublikаsi oliy vа
|
bet | 65/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1) Sasser
Windows OT qurti birinchi marta 2004 yilda kashf yetilgan bo‗lib, uni Netsky qurti yaratgan talaba Sven Jaschan yaratgan. Ushbu chuvalchang Local Security Authority Subsystem Service (LSASS) tizimida bufer to‗lib toshishi mumkin bo‗lgan zaiflikdan foydalandi. Bu esa kompyuterning buzilishiga sabab bo‗luvchi lokal qayd yozuvi xavfsizlik siyosatini nazoratlash imkonini bergan. Bundan tashqari, u tizim manbalarini Internet orqali boshqa mashinalarga tarqatish va boshqalarga avtomatik ravishda yuqtirish uchun foydalanadi.
Bu virus aviakompaniyalar, axborot agentliklari, jamoat transporti, kasalxonalar va boshqa ko‗plab muhim infratuzilmalarga ta‘sir qilib, milliondan ortiq infeksiyalanish holatini qayd qildi. Umuman, zarar 18 milliard dollarga tushdi. Jaschen balog‗at yoshiga yetmaganlikda ayblanib, 21 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.
Viruslarga oid statistikalar.
Amerikaliklar kiberjinoatlardan juda ham qo‗rqadi 70% Amerikaliklar kompyuter va onlayn tarmoq orqali shaxsiy ma‘lumotlarini o‗g‗irlanishidan xavotirda. Boshqa holat, terrorizmdan esa 24% aholi va 17% i o‗ldirilishlaridan qo‗rqadi.
MS Office – birlamchi nishon
Eng keng tarqalgan viruslar asosan .exe kengaytmali fayllar ko‗rinishida bo‗lsa, ularni bosmaslik va pochta orqali qabul qilinganlarini yuklamaslikni hamma yaxshi biladi. Biroq, foydalanuvchilar oddiy .doc faylni yuklashdan shubhalanmaydilar. Hozirda zararli dasturlarning 38% Word hujjatlari sifatida yashiringan.
Ransomware hanuzgacha mavjud
Ransomware turidagi zararli dasturlarni hozirgi kunda tarqalishi kamaygan degan gaplar noto‗g‗ri. 2019 yilda tashkilotlar va foydalanuvchilar tomonidan 11.5 milliard dollar turli holatlar uchun to‗lanishi kutilmoqda. Ushbu hujumlarning asosiy qurbonlari mahalliy tashkilotlar bo‗lib, ularga Jackson County, GA, Orange County, NC, va Baltimore, MD larni keltirish mumkin.
Zararli dasturlarning zarar hajmi ortmoqda
2015 yilda zararli dasturlarning qiymati allaqachon ajablantirgan 500 milliard dollarni tashkil qilgan. Qisqa vaqt ichida kiberjinoatlarning iqtisodiy zarari 4 baravarga oshib, 2 trilion dollarga yetdi. Ushbu tendensiya bo‗yicha 2021 yilda kelib ularning qiymati 6 triloin dollarga etadi.
Xakerlarning qiziqishi mobil telefonlarga nisbatan ortdi
Mobil telefonlarning keng tarqalishi natijasida, ular hozirgi kunga kelib xakerlarning asosiy nishoniga aylandi. Mobil qurilmalar uchun zararli dasturlar asosan Android ilovalarining eski versiyalariga qaratilgan va ular hozirgi kunda Android va Appstoreda keng tarqalgan.
Har kuni 24000 yaqin zararli dasturlar bloklanadi.
Aksariyat zararli dasturiy vositalar pochta orqali kirib kelmoqda
Elektron pochta hozirgi kunda zararli dasturlarning keng tarqalishiga xizmat qilayotgan vosita bo‗lib, 50000 xavfsizlik insidentlarining 92% pochta orqali kirib keladi. Undan keyingi o‗rinda brauzerga asoslangan tarqalish usuli (masalan, ko‗chirish) o‗rin olgan.
Kiberjinoyatchilikning asosiy motivatsiyasi – pul
Hujumchilarning 76% amalga oshirilayotgan kompyuter hujumidan moddiy foyda olishni maqsad qiladi.
|
| |