|
O„zbekiston respublikаsi oliy vа
|
bet | 63/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1)Troyan otlari
O‗zidan ko‗payish : yo‗q Sonini oshib borishi: nol Yuqumliligi: Ha
Ushbu turdagi zarar keltiruvchi dasturlar Greklar va Troyaliklar o‗rtasidagi urush dasrida ishlatilgan nayrangga asoslanadi va shu uchun shunaqa nom olgan.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarida troyan oti bu dastur bo‗lib, qandaydir sodda vazifani bajarishga mo‗ljallangan bo‗ladi. Biroq qo‗shimcha tarzda zarar keltiruvchi vazifani xufiyona bajaradi. Klassik namunasi sifatida tizimga kirishda parolni ushlab olish dasturini keltirish
mumkin, u «username» i «password» kabi autentifikatsiya so‗rovlarini qayd etadi va foydalanuvchi tomonidan axborot kiritilishini kutib turadi. Ushbu holat yuz berganda o‗zining yaratuvchisi uchun parollarni ushlab oluvchi dastur o‗ziga yozib quyadi, so‗ngra esa ―noto‗g‗ri parol‖ degan xabarni tizimga real kirish oldidan chiqaradi. Hech nimadan shubhalanmagan foydalanuvchi xato qilgandek bo‗ladi.
Backdoors (orqa eshik) O‗zidan ko‗payish: yo‗q Sonini oshib borishi: nol Yuqumliligi: mavjud
Backdoor (tuynuk) bu oddiy xavfsizlik tekshiruvidan o‗ta oladigan har qanday mexanizmdir. Dasturchilar ba‘zida orqa eshikni (tuynuk) qonuniy asoslarga ko‗ra hosil qilishadi.
Mantiqiy bombalar kabi orqa eshik (tuynuk) dasturlari ham dastur kodida yoki avtonom dasturlarda bo‗lishi mumkin. Orqa eshik (tuynuk) namunasi quyidagi kodda ko‗rsatilgan bo‗lib, u tizimga kirishda autentifikatsiya jarayonini aylanib o‗tadi. username = read_username ( )
password = read_password ( ) if username is ―133t h4ck0r‖:
return ALLOW_LOGIN
if username and password are valid:
return ALLOW_LOGIN else:
return DENY_LOGIN
Virus
O‗zidan ko‗payish: ha Sonini oshib borishi: ijobiy Yuqumliligi: ha
Barcha vaqtlarning eng kuchli 4 virusi
ILOVE YOU
ILOVEYOU hozirgi kunga qadar yaratilgan eng kuchli zararli viruslardan biri hisoblanadi. U butun dunyo bo‗ylab kompyuter tizimlariga vayronagarchiliklarni keltirib chiqardi va taxminan 10 milliard dollar zarar keltirdi. Dunyo
kompyuterlarining 10 foizi zararlangan deb hisoblangan. Hukumatlar va yirik korporatsiyalar infeksiyani oldini olish uchun pochta tizimlarini oflayn rejimga o‗tkazganlar.
Virus ikki filipinlik dasturchi Reonel Ramones va Onel de Guzman tomonidan yaratilgan. Bu virus sotsial injineriyadan foydalanib, odamlarni
―qo‗shimcha havolani‖ bosishga majbur qildi. Bu holda sevgini tan olish so‗rovi bo‗lgan. Ilova aslida TXT fayl sifatida shakllanadigan skript bo‗lgan. Chunki o‗sha paytda Windows ushbu faylning haqiqiy kengaytmasini yashirgan yedi.
Bosish tugmachasini bosgandan so‗ng, u foydalanuvchini yuborish ro‗yxatidagi har bir kishiga o‗zini yuboradi va fayllarni qayta yozishni davom yettiradi. Bu esa kompyuterni o‗chirib bo‗lmaydigan holatga tushiradi.
|
| |