|
O„zbekiston respublikаsi oliy vа
|
bet | 59/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1) Virus tarixi
Ilk bora 1983-yil 11-noyabr kuni Janubiy Kaliforniya universiteti talabasi, amerikalik Fred Koyen 5 daqiqadan 1 soatgacha bo‗lgan tezlikda ko‗paya oladigan kompyuter virusi taqdimotini o‗tkazgan.
Shundan so‗ng, oradan bir yil o‗tib, Koyen kompyuter tarmoqlari bo‗ylab viruslarning tarqalish xavfi va antivirus dasturlarini yaratish imkoniyatlari haqida kitob yozadi.
Birinchi yaratilgan virus (1986 yilda yaratilgan) ―Brain‖ deb nomlangan bo‗lib, u faqat kompyuter disketlari orqali tarqalgan. Birinchi antivirus dasturi esa 1988-yilda ishlab chiqilgan.
Ichida virus joylashgan dastur zararlangan deb ataladi. Bunday dastur o‗z ishini boshlaganda, oldin boshqarishni virus o‗z qo‗liga oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va «zararlantiradi» hamda biror-bir zararli ishlarni (masalan, fayllarni yoki diskda fayllarni joylashish jadvalini buzadi, tezkor xotirani ishlash jarayonini pasaytiradi va h.k.) bajaradi. Virusni niqoblash uchun boshqa dasturlarni zararlantirish va zarar yetkazish bo‗yicha ishlar har doim ham emas, aytaylik ma‘lum bir shartlar bajarilganda bajarilishi mumkin. Virus unga kerakli ishlarni bajargandan keyin u boshqarishni o‗zi joylashgan dasturga uzatadi va u dastur odatdagiday ishlay boshlaydi. Shu bilan birga tashqi ko‗rinishdan zararlangan dasturning ishlashi zararlanmagandek kabi ko‗rinadi.
Viruslarning ko‗pgina ko‗rinishlari shunday tuzilganki, zararlangan dastur ishga tushirilganda virus kompyuter xotirasida har doim qoladi va vaqti-vaqti bilan dasturlarni zararlantiradi va kompyuterda zararli ishlarni bajaradi.
Virusning barcha harakatlari yetarlicha tez bajarilishi mumkin va biror-bir xabarni
bermaydi, shuning uchun foydalanuvchi kompyuterda birorta odatdan tashqari ishlar bo‗layotganini payqashi juda mushkuldir.
Kompyuterda nisbatan kam dasturlar zararlangan bo‗lsa, virusning borligi deyarli sezilarsiz bo‗ladi. Lekin vaqt o‗tishi bilan kompyuterda qandaydir g‗alati hodisalar ro‗y bera boshlaydi, masalan:
ba‘zi dasturlar ishlashdan to‗xtaydilar yoki noto‗g‗ri ishlaydi;
ekranga begona xabar yoki belgilar chiqadi;
kompyuterning ishlash tezligi sekinlashadi;
ba‘zi bir fayllar buzilib qoladi va h.k.
Bu vaqtga kelib, qoidaga ko‗ra, foydalanuvchi ishlayotganda yetarlicha ko‗p (yoki hatto ko‗pchilik) dasturlar viruslar bilan zararlangan, ba‘zi bir fayl yoki disklar esa ishdan chiqqan hisoblanadi. Bundan tashqari, foydalanuvchi kompyuteridagi zararlangan dasturlar disketalar yordamida yoki lokal tarmoq bo‗yicha foydalanuvchi hamkasblari va o‗rtoqlarining kompyuteriga o‗tib ketgan bo‗lishi mumkin .
Viruslarning ba‘zi bir ko‗rinishlari o‗zlarini yanada xavfliroq kirib tushadilar. Ular boshlanishda katta miqdordagi dasturlarni yoki disklarni bildirmasdan zararlantiradilar, keyin esa jiddiy shikastlanishlarini keltirib chiqaradi, masalan, kompyuterdagi butun qattiq diskni formatlaydi. Dastur – virus sezilarsiz bo‗lishi uchun u katta bo‗lmasligi kerak. Shuning uchun, qoidaga ko‗ra, viruslar yetarlicha yuqori malakali dasturlovchilar tomonidan Assembler tilida yoziladi.
Kompyuter viruslarini paydo bo‗lishi va tarqatilishi sabablari, bir tomondan, inson shahsiyatining ruhiyatida va uning yomon xislatlarida yashirinadi (havaslar, qasos olishlar, tan olinmagan ijodkorlarning mansabparastligi, o‗z qobiliyatlarini konstruktiv qo‗llash imkoniyati yo‗qligi), ikkinchi tomondan esa, himoya qilishning apparat vositalarini va shaxsiy kompyuterning operatsion tizimi tomonidan qarshi harakatlarning yo‗qligi bilan bog‗liqdir.
Viruslarni kompyuterga kirib olishining asosiy yo‗llari olinadigan disklar (egiluvchan va lazerli) ham kompyuter tarmoqlari hisoblanadi. Qattiq diskni viruslar bilan zararlanishi kompyuterni virusni o‗zida saqlagan disketadan yuklaganda amalga oshishi mumkin. Bunday zararlanish tasodifiy bo‗lishi mumkin, masalan, disketani A diskovoddan chiqarib olmasdan va kompyuterni qayta yuklanganda, bunda disketa tizimli bo‗lmasligi ham mumkindir. Disketani zararlantirish juda oddiyroqdir. Unga virus hattoki, agar disketani zararlangan kompyuter diskovodiga qo‗yilganda va uning mundarijasini o‗qilganda, tushish mumkin.
Zararlangan disk bu yuklanish sektorida dastur – virus joylashgan diskdir.
Virusni o‗z ichiga olgan dastur ishga tushirilgandan keyin boshqa fayllarni
zararlantirish mumkin bo‗lib qoladi. Eng ko‗proq viruslar bilan diskning yuklanadigan sektori va .EXE, .COM, .SYS yoki BAT kengaytmasiga ega bo‗lgan fayllar zararlanadi. Kam matnli va grafikli fayllar kam zararlanadi.
Zararlangan dastur, bu unga tadbiq qilingan dastur – virusni o‗z ichiga olgan dasturdir. Kompyuter virusi bilan zararlanishda o‗z vaqtida uni payqash juda muhimdir. Buning uchun viruslarni paydo bo‗lishining asosiy belgilari to‗g‗risida bilimlarga ega bo‗lish kerak. Ularga quyidagilar tegishli bo‗lishi mumkin:
oldin muvaffaqiyatli ishlagan dasturlarning ishlashdan to‗xtashi yoki noto‗g‗ri ishlashi;
kompyuterning sekin ishlashi;
operatsion tizimni yuklash imkoni yo‗qligi;
fayl va kataloglarni yo‗qolib qolishi yoki ularning mazmunini buzilishi;
fayllarni o‗zgartirilganlik sanasi va vaqtining o‗zgarishi;
diskda fayllar soni bexosdan juda oshib ketishi;
bo‗sh tezkor xotira o‗lchamining jiddiy kamayishi;
ekranga ko‗zda tutilmagan xabarlarni yoki tasvirlarni chiqarish;
ko‗zda tutilmagan tovushli xabarlarni berish;
kompyuter ishlashda tez-tez bo‗ladigan osilib qolishlar va buzilishlar.
Ta‘kidlash kerakki, yuqorida sanab o‗tilgan hodisalar viruslarni kelib chiqishi bilan bo‗lishi majburiy emas, boshqa sabablarning oqibatlari ham bo‗lishi mumkin. Shuning uchun kompyuter holatini to‗g‗ri diagnostikalash har doim mushkuldir.
Kompyuter virusi kompyuterda mavjud bo‗lgan disklardagi istalgan faylni yetarlicha o‗zgartirish va buzishi mumkin. Lekin fayllarning ba‘zi bir turlarini virus «zararlantirishi» mumkin. Bu shuni bildiradiki, virus bu fayllarga «tadbiq» qilinishi mumkin, Ya‘ni ularni shunday o‗zgartiradiki, ular virusni o‗z ichida saqlaydi va bu virus ba‘zi bir holatlarda o‗zining ishini boshlashi mumkin.
Ta‘kidlash lozimki, dastur va hujjatlarning matnlari, ma‘lumotlar bazasining axborotli fayllari, jadvalli protsessor jadvallari va boshqa shunga o‗xshash fayllar virus bilan zararlanishi mumkin emas, bu fayllarni viruslar buzishi mumkin.
|
| |