Kompyuter viruslari va ularning klassifikatsiyalari




Download 4,2 Mb.
bet60/96
Sana30.07.2024
Hajmi4,2 Mb.
#268923
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96
Bog'liq
Axborot xavfsizligi 2022 (1)

Kompyuter viruslari va ularning klassifikatsiyalari


Barcha kompyuter viruslari quyidagi alomatlari bo‗yicha klassifikatsiyalanishi mumkin:

  • yashash muhiti bo‗yicha;

  • yashash muhitining zaxarlanishi bo‗yicha;

  • zararkunandalik ta‘sirning xavfi darajasi bo‗yicha;

  • ishlash algoritmi bo‗yicha.

Yashash muhiti bo‗yicha kompyuter viruslari quyidagilarga bo‗linadi:

    • tarmoq viruslari;

    • fayl viruslari;

    • yuklama viruslar;

    • kombinatsiyalangan viruslar.

Fayl viruslari bajariluvchi fayllarga turli usullar bilan kiriti ladi (eng ko‗p tarqalgan viruslar xili), yoki faylyo‗ldoshlarni (kompan‘on viruslar) yaratadi yoki faylli tizimlarni (linkviruslar) tashkil etish xususiyatidan foydalanadi.
Yuklama viruslar o‗zini diskning yuklama sektoriga (boot sektoriga) yoki vinchesterning tizimli yuklovchisi (Master Boot Record) bo‗lgan sek torga yozadi. Yuklama viruslar tizim yuklanishida boshqarishni oluvchi dastur kodi vazifasini bajaradi.
Makroviruslar axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlarning makro dasturlarini va fayllarini, xususan MicroSoft Word, MicroSoft Excel va h. kabi ommaviy muharrirlarning fayl xujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi.
Tarmoq viruslari o‗zini tarqatishda kompyuter tarmoqlari va elektron pochta protokollari va komandalaridan foydalanadi. Ba‘zida tarmoq viruslarini "qurt" xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tarmoq viruslari Internet qurtlarga (Internet bo‗yicha tarqaladi), IRCqurtlarga (chatlar, Internet Relay Chat) bo‗linadi.
Yashash muhitining zaxarlanishi usuli bo‗yicha kompyuter viruslari quyidagilarga bo‗linadi:

    • rezident;

    • rezident bo‗lmagan;

Rezident viruslar faollashganlaridan so‗ng to‗laligicha yoki qisman yashash muhitidan (tarmoq, yuklama sektori, fayl) hisoblash mashinasining asosiy xotirasiga ko‗chadi. Bu viruslar, odatda, faqat operatsion tizimga ruxsat etilgan imtiyozli rejimlardan foydalanib yashash muhitini zaxarlaydi va ma‘lum sharoitlarda zararkunandalik vazifasini bajaradi.
Rezident bo‗lmagan viruslar faqat faollashgan vaqtlarida hisoblash mashinasining asosiy xotirasiga tushib, zaxarlash va zararkunandalik vazifalarini bajaradi. Keyin bu viruslar asosiy xotirani butunlay tark etib yashash muhitida qoladi. Agar virus yashash muhitini zaxarlamaydigan programmani asosiy xotiraga joylashtirsa bunday virus rezident bo‗lmagan virus deb hisoblanadi.
Foydalanuvchining informatsion resurslari uchun xavf darajasi bo‗yicha kompyuter viruslarini quyidagilarga ajratish mumkin:

    • beziyon viruslar;

    • xavfli viruslar;

    • juda xavfli viruslar;

Yashash makonini o‗zgartirmaydigan viruslar o‗z navbatida ikkita guruhga ajratilishi mumkin.

    • viruslar-«yo‗ldoshlar» (companion). Viruslar-«yo‗ldoshlar» fayllarni o‗zgartirmaydi. Uning ta‘sir mexanizmi bajariluvchi fayllarning nushalarini yaratishdan iboratdir.

    • Viruslar-«qurtlar» tarmoq orqali ishchi stansiyaga tushadi, tarmoqning boshqa abonentlari bo‗yicha virusni jo‗natish adreslarini hisoblaydi va virusni uzatishni bajaradi.

Algoritmlarning murakkabligi, mukammalik darajasi va yashirinish xususiyatlari bo‗yicha yashash makonini o‗zgartiradigan viruslar quyidagilarga bo‗linadi:

    • talaba viruslar;

    • «stels» viruslar (ko‗rinmaydigan viruslar);

    • polimorf viruslar.

Talaba-viruslar malakasi past yaratuvchilar tomonidan yaratiladi. Bunday viruslar, odatda, rezident bo‗lmagan viruslar qatoriga kiradi, ularda ko‗pincha xatoliklar mavjud bo‗ladi, osongina taniladi va yo‗qotiladi.
«Stels» viruslar malakali mo‗taxasislar tomonidan yaryatiladi. «Stels»- viruslar operatsion tizimning shikastlangan fayllarga murojaatlarini ushlab qolish yo‗li bilan o‗zini yashash makonidagiligini yashiradi va operatsion tizimni axborotning shikastlanmagan qismiga yo‗naltiradi. Virus rezident hisoblanadi, operatsion tizim programmalari ostida yashirinadi, xotirada joyini o‗zgartirishi mumkin. «Stels» - viruslar rezident antivirus vositalariga qarshi ta‘sir ko‗rsata olish qobiliyatiga ega.
Polimorf viruslar ham malakali mo‗taxasislar tomonidan yaratiladi, va doimiy tanituvchi guruxlar-signaturalarga ega bo‗lmaydi. Oddiy viruslar yashash makonining zaxarlanganligini aniqlash uchun zaxarlangan obyektga maxsus tanituvchi ikkili ketma-ketlikni yoki simvollar ketma-ketligini (signaturani) joylashtiradi. Bu ketma-ketlik fayl yoki sektorning zaxarlanganligini aniqlaydi.

Download 4,2 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96




Download 4,2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter viruslari va ularning klassifikatsiyalari

Download 4,2 Mb.