Nolinchi simga ulanishning ishlash prinsipi




Download 261,2 Kb.
bet37/39
Sana10.02.2024
Hajmi261,2 Kb.
#154140
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Mexanizatsiyalash muhandislari instituti buxoro-fayllar.org
metrologiya, VJI3rGkqoMCC24xswu9o8NOm6YrgsXhrgAHfd1Ce, dars ishlanma 9, Test savollari mexatronika tayyor, jo rayev-jahongir (1), ”Ikki eshik orasi “ romanida zamon, qahramon munosabatlarining badiiy talqini, Eyler almashtirishlari, moskva-stolica-2 u01o1, Оптика Ландсберг 2003 расп, sdasturlash tilini organish, Reja Lazer tarixi. Lazer nurining asosiy xususiyatlari. Lazer n-fayllar.org, Lazerlar va ularning amaliyjtdagi o\'rni.Sh Sodiqova.pdf 2, Asrning 90-yillarigacha bo’lgan davrda tarbiya, maktab va ta’lim, Funksiyanin, 2007-yil Toshkent Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishin
5.5.Nolinchi simga ulanishning ishlash prinsipi 
Neytrali erga ulangan 380/220 V kuchlanishli ustanovkada asbob-uskunalarning 
korpuslarini himoya tariqasida bevosita erga ulash ko‘pgina hollarda etarlicha
samara bermay qolishi mumkin, Chunki bunday tarmoqlarda juda ko‘p erga 
ulanishlar talab qilingan bo‘lardi va bularning hammasini qarshiligi juda ham
kichik bo‘lgan erga ulagichlardan qurishning iqtisodiy jihatdan imkoni bo‘lmas 
edi. Bunday qarshilik, odatda, 30 Om bo‘ladi. Ketma-ket ulangan ikki
qarshilikning (neytralning erga ulanish qarshiligi 
0

R
va shikastlangan elektr toki 
iste’molchisi korpusining himoya tariqasida ulangan korpusining qarshiligi

ер

)
izolyasiyasi teshilganida ularning qarshiligi Shunday bo‘lishi mumkinki, korpusga 
bir faza orqali tutashgan tok juda kam bo‘lib, u elektr iste’molchisini
shikastlanishdan himoya qiladigan suyuqlanuvchan saqlagichni ishga tushira 
olmagan bo‘lar edi.Nolinchi simga ulangan asbob-uskunadagi izolyasiya
teshilganida bir fazali qisqa tutashuv tokining zanjiri hosil bo‘ladi, bu zanjirning 
qarshiligi nisbatan katta bo‘lmaydi va faza hamda nolinchi simlarning
qarshiliklaridan iborat bo‘ladi. Bu erda hosil bo‘ladigan qisqa tutashuv toki 
odatdagi himoya tariqasidagi erga ulanish qo‘llanilgan , neytrali erga ulanmagan
tarmoqdagi bir fazali tutashish tokidan ancha katta bo‘ladi. Shuning uchun 
shikastlangan asbob-uskunani yoki tarmoq uchastkasini himoya qiluvchi
suyuqlanuvchan saqlagich yoki avtomatik ajratgich tezda ishga tushadi. Xususan, 
shikastlangan asbob-uskunani kuchlanish ta’siridan tez va to‘la xalos qilish
nolinchi simga ulashning himoya tariqasida erga ulashga nisbatan farq qiladigan 
himoyalash ishining asosidir. Holbuki, himoya tariqasida erga ulashda erga
ulangan qismlardagi kuchlanish izolyasiya shikastlanganida pasayadi, ammo uzoq 
vaqt saqlanib turishi mumkin. Nolinchi sim uzilgan holda uzilgan nuqtadan
naridagi hamma asbob-uskunalar faqat mutlaqo himoyasiz qolib ketmasdan, balki 
nolinchi sim bo‘lmagan holdagiga qaraganda hatto yomon sharoitga tushib qolgan
bo‘lardi, Chunki uzilgan nuqtadan narida nolinchi simga ulangan har qanday 
apparat yoki elektr dvigatelining izolyasiyasi shikastlanganida uning korpusida va


94
boshqa nolinchi simlarga ulangan korpuslarda ko‘pincha faza kuchlanishiga teng 


bo‘lgan kuchlanishlar hosil bo‘lgan bo‘lardi.Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun,


birinchidan, nolinchi simning uzilishining oldini olishga intiladilar. 


95


XULOSA 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2006 yil 7-avgustdagi 164-
son qarori bilan «Yoqilg‘i-energetika resurslari istemolchilarini energetika
tekshiruvidan o‘tkazish qoidalari» tasdiqlandi. Bunda energetika tekshiruvlarini 
o‘tkazishni namunaviy dasturi va sanoat korxonalari energetik pasporti shakli
berilgan. Energetik pasport asosan sanoat korxonasini energiya resurslaridan 
foydalanish bo‘yicha statistik ma’lumotlar to‘plamidan iborat bo‘lib, u energiya
auditi o‘tkazuvchi tashkilot tomonidan energetika tekshiruvlari orqali aniqlanadi. 
Sanoat korxonalarida energetik pasportni joriy etilishi navbatdagi ma’muriy to‘siq
emas, balki, korxona ma’muriyatiga energiya tejash imkoniyatlarini aniqlash va 
rejalashtirishga yordam bermog‘i lozim. Bu energetik pasportni ishlab chiqish
salmoqli xarajatlarni talab etishi bilan birga, korxonalarga bunday imkoniyatni 
ta’minlay olmaydi. Ushbu tadqiqotlarni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida
avtomatlashtirish tadqiqot muddatini va xarajatlarini qisqartirib uning sifatini 
oshirishni ta’minlaydi.Ma’lumotlar bazasida maxsus kiritish formalari tashkil
etilgan bo‘lib, istemol jarayonini tavsiflovchi kattaliklar kiritilganda joriy vaqtdagi 
energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlari maxsus dasturlarda tezkor hisoblanib
chiqariladi. Bunda ma’lumotlar bazasini nazorat elementlari bilan bilvosita Yoki 
bevosita bog‘lash imkoniyati mavjud. Bunda elektr energiyasini qayd qiluvchi
raqamli hisoblagichlar ma’lumotlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, 
bu hisoblagichlar elektr energiyasi istemoli bo‘yicha o‘nlab kattaliklarni qayd qilib
boradi va jumladan, energiya tejash tadbirlari uchun zarur ma’lumotlar ham qayd 
etadi. Energetik pasportni bunday tashkil etilishi korxonada elektr energiyasi
istemoli bo‘yicha tashqi va ichki nazoratni o‘rnatish imkoniyatini beradi. 
Ishlab chiqarishda ta’mirlangan asinxron motorlarning salmog‘i ortib
bormoqda. Ta’mirlash texnologiyasiga to‘la amal qilinmaganligi tufayli motor ish 
rejimi parametrlari pasport parametrlariga muvofiq kelmaganligini kuzatish
mumkin.Motorning 
energetik
ko‘rsatkichlari pasayib ketganligi tufayli 
korxonadagi isroflar miqdoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. BMIning maqsadi
ta’mirdan keyingi sinovlarni korxona imkoniyatlaridan kelib chiqib soddaroq 

96
usullarini ishlab chiqish va ushbu sinovlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar 


ishlab chiqish. Ta’mirdan keyingi asosiy kamchiliklar motor cho’lg‘amini noto‘g‘ri


hisoblash yoki noto‘g‘ri o‘rash bilan bog‘liqligini kuzatish mumkin. Taqdim 
etilayotgan ishda ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar
ishlab chiqilgan. O‘ylaymizki ushbu tavsiyalar motorlarni ta’mirlovchi korxonalar 
uchun foydali bo‘ladi.Asinxron motorlani ta’mirlash texnologiyasi to‘la amal
qilinmasdan bajarilishi ularni energetik ko‘rsatkichlarini pasaytirib yubormoqda. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, texnologik yuritmalarda qo’llanadigan
asinxron motorlarning zavod ko’rsatgan parametrlarini ta’minlanishi va ishlash 
rejimining yaqqol ko’rsatilishi lozim. Ishonch nazoratidan o‘tmagan ta’mirlangan
asinxron dvigatellar qo‘llanmasligi darkor.Texnologik elektr yuritmalarning 
asinxron motorlari ta’mirlangan taqdirda, ulardan faqat ishonch sinovlardan ijobiy
o‘tganlari qo‘llanilishi lozim.
BMIda olib borilgan ishlar bo‘yicha quyidagi natijalar olindi:
1.Asinxron motorni shikastlanish turlari tasniflanib o‘rganildi va ularni oldini olish 
tadbirlari tahlil qilindi;
2.Asinxron motorni ta’mirlash texnologiyasi tahlil qilindi va unga to‘la rioya 
qilmaslik oqibatlari o‘rganildi.
3.Asinxron motorni ta’mirdan keyingi tekshiruvlar tahlil qilindi va ularni 
takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi;
4.Asinxron motorlarni ishdan chiqish holatlarini kamaytirish uchun va oqilona 
ekspluatatsiya qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqildi.


97




Download 261,2 Kb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Download 261,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nolinchi simga ulanishning ishlash prinsipi

Download 261,2 Kb.