|
O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura-qurilish universiteti texnologiya fakulteti “qurilish ob’yektlarini ekspluatatsiya asoslari“ fanidan mustaqil ishi mavzu
|
bet | 1/4 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 405,77 Kb. | | #152868 |
Bog'liq qurilish ob\'yektlari Abduraximov A. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI texnologiya FAKULTETI “qurilish ob’yektlarini ekspluatatsiya asoslari“ FANIDAN MUSTAQIL ISHi MAVZU: Ishlab chiqarish binolarini rekonstruksiyalash maqsad va vazifalari Gurux:23-21 BAJARDI:abduraximov. a Tekshirdi:mo’minov. a mavzu: Ishlab chiqarish binolarini rekonstruksiyalash maqsad va vazifalari - Reja:
- 1.Ob'yektlarmi rekonstruksiyasida ishlarning tarkibi
- 2.Qurilish konstruksiyalarini ajratish va buzish
- 3.Rekonstruksiya isharini bajarishda me' yoriy talablar
Ob'yektlarni rekonstruksiyasida ishlarning tarkibi - Ob'yektlarni rekonstruksiyasida ishlarning tarkibi
- Rekonstruksiya - bu mavjud binoni yangi talablarga javob beradigan holda qayta qurish. Ishlab turgan korxonaning gabaritlarini oshirmasdan Ishlab chiqarish, ish quvatini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va turlarini ko'paytirish, odamlarning yashashi va Ishlash uchun yaxshi sharoit yaratish maqsadida rekonstruksiya qilinadi.
- Texnik jihatdan qayta qurollantirish - bu korxonada ma'naviy va jismoniy eskirgan qurilmalarni yangi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish Jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga asoslangan yangi takomillashgan qurilmalarga almashtirish, yugori texnik-iqtisodiy darajaga oshirishdagi tadbirlar majmuasi tushuniladi.
- Ob'yektlarni rekonstruksiyalash qurollantirishda qurilish konstruksiyalaring ajranlo olish, buzish. Kuchaytirish va almashtirish, texnologik qurilmalarni va injenerlik tizimlarini demontaj) qilish, himoyalash va pardozlash qoplamalarini qayta tiklash (tuzatish) ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari saqlanib qolinayotgan konstruksiyalar va bino qismining turg'unligini ta'minlash zarur. Ob'yektlarni rekonstruksiyalashda alohida jihat - bu qurilish maydonining va ish frontining torligi va ishlarni bajarishdagi noqulay sharoitlar, hamda qurilish maydonidagi qurilishlarning zichligi ya uning yer osti kommunikatsiyalar bilan to'laligi, qurilish, materiallarini joylashtirish va taxlashda, konstruksiyalarni yiriklashtirib yig'ishda, qurilish mashinalarini o'rnatish va xarakatlanishda qurilishning transport xizmatida namoyon bo'ladi. Ish zonasida saqlanadigan konstruksiyalar va qurilmalaming mavjudligi ish frontini cheklaydi, ish o'rnini ko'ngildagiday tashkil etishga to'sqinlik qiladi, qurilish materiallarini uzatish, Joylashtirishni qiyinlashtiradi, hamda texnologik qurilmalarni shikastlanishidan saqlash ishlarini qo'shimcha paydo qiladi. Ob’yekt etaplar bo’yicha rekonstruksiya qilinsa qurilish ishlari yana ham murakkablashadi. Bu holatda ajralgan uchastkada barcha qurilish ishlarini belgilangan muddatda tamomlash talab etiladi, bu esa material - texnik va mehnat resurslarini birdaniga jamlashni taqozo etadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura-qurilish universiteti texnologiya fakulteti “qurilish ob’yektlarini ekspluatatsiya asoslari“ fanidan mustaqil ishi mavzu
|